Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Kristal Pelas - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu rukn ostidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etishda davom etamiz.

Zidan Mbappe bilan aloqani uzgani yo‘q

«Real Madrid» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Mbappeni qo‘lga kiritish rejasidan voz kechganicha yo‘q. U 20 yoshlik futbolchini o‘z klubiga olib kelish uchun Mbappe bilan tez-tez aloqada bo‘lishni kanda qilmayapti. Mbappening agenti bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, quyidagi so‘zlarni keltirib o‘tdi: “ Killian Zidanning birinchi raqamli transfer rejasi bo‘lib turibdi. Aslida Zidan Azarni emas, Mbappening trasnferini istagan edi. Afsuski, «PSJ» o‘z futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Endi Mbappening transferi keyingi mavsumga qoldi. Men uning agenti sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, u keyingi mavsumda «Real Madrid»ning birinchi transfer nishoniga aylanadi.

Lukaku klubda qoladiganga o‘xshamoqda

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Lukaku o‘z klubida qoladigan ko‘rinadi. Britaniya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar» futbolchi sotib yuborishni istashmayapti. Lukakuning «Manchester Yunayted» klubi bilan yana 3 yillik shartnomasi bor futbolchining o‘zi ham APLdan boshqa birinchilikda to‘p surishni istamayapti. Futbolchiga «Inter» tomonidan bildirilayotgan qiziqish esa  Ikardining transferini tezlashtirishdan boshqa narsa emasga o‘xshab ko‘rimoqda. Sababi, «Inter» Lukaku uchun 80 million atrofida pul sarflashi uchun bir nechta futbolchilarini sotishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari Konte o‘tgan mavsum kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Laturo Martinezga imkon bermoqchi ekanligni yashirib o‘tirmayapti.

APL chempioni boshqa klubga o‘tadi

«Manchester Siti» futbolchisi Fabian Delf shu kunlarda Angiliyaning boshqa bir klubiga o‘tish arafasida turibdi. Uning keyingi manzili katta ehtimol bilan «Everton» bo‘ladi. Britaniya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra «Everton» APL chempioni uchun «Man Siti»ga 10 million yevro atrofida mablag‘ to‘lashi zarur.
Hozirda «Everton» klubi mutasaddilari 29 yoshlik futbolchining transfer qiymatini pasaytirish ustida ish olib borishmoqda. Futbolchining klub bilan tuzan shartnomasi 2020 – yilda o‘z yakuniga yetadi. Agarda «shaxarliklar» o‘z futbolchisini tezroq sotib yuborishmasa, u erkin agent sifatida  boshqa klubga o‘tishga haqli bo‘ladi.

Fekir uchun yangi taklif bor

Fransiyaning «Lion» klubi sardori Nabil Fekir o‘z faoliyatini Ispaniyaning «Betis» klubida davom ettirishi mumkin. O‘tgan mavsumda «Liverpul» va «Barselona» singari klublarning e’tibor markazida turgan futbolchi uchun bu taklif ko‘rimsizdek tuyulgani bilan, «Betis» futbolchining klubi uchun 60 million yevro ajratishga tayyor ekanligini bildirdi. Gap shundaki, «Betis»ni shu kunlarda Lo Chelso tark etishi kutilmoqda va jamoa uning o‘rnini Fekir yordamida to‘ldiqmochi.
Futbolchining o‘zi u qadar taklifdan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsada, uning klubi «Betis» bilan muzokaralarni boshlash arafasida turibdi.

«Yuventus» aql bilan ish tutmoqda

Turin super klubi «Djenoa» a’zosi Kristian Romeroni harid qildi va uni 2020-yilga qadar sobiq klubida ijarada to‘p surishiga rozilik bildirdi. Himoyachining umumiy transfer summasi 26 millionni tashkil etmoqda va u «Yuventus» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Kristian Romero o‘tgan mavsumda 27 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, uning hisobida 2 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:10, 13.07.2019. O'qildi: 18385 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик