Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ularga hech kim ishonmagan edi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ularga hech kim ishonmagan ediFutbolchilarga rahbariyat va murabbiylar tomonidan bildirilayotgan ishonchi juda muhim. Sababi, bunday futbolchilar o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi tufayli ko‘plab muommolarni osonliki bilan bartaraf eta olishadi. Shunday bo‘lsada, futbol olamida ayrim futbolchilar bor-ki, ularga biror bir yutuqqa erishishlaridan avval hech kim ishonqiramagan va kelajagiga shubha ko‘zi bilan qaragan edi. Bugun ana shunday hech kim ishonmagan futbolchilar va ular erishgan yutuqlar haqida so‘z boradi.

Dani Alvez

Braziliyalik futbolchi «Sevilla»dan «Barselona» jamoasiga o‘tgach qisqa muddat ichida Gvardiolaning maydondagi eng havfli quroliga aylandi va jamoaning ajoyib g‘alabalariga munosib ulushini qo‘sha boshladi. Dani klublar miqyosida deyarli barcha musobaqada zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. 2013 – yilga kelib futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetdi va «Barselona» 33 yoshlik futbolchi bilan shartnoma tuzishdan bosh tortdi. To‘g‘riroq aytsak, Dani Alvezga ishonmadi. Uning kariyerasi tugadi deb hisoblagan «Barselona» rahbarlari katta xatoga yo‘l qo‘yishdi. Braziliyalik futbolchi klubdan hafa bo‘lmadi va erkin agent maqomida «Yuventus» bilan bir mavsumlik shartnoma imzloadi. Aslida futbolchi Turin klubi bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzmoqchi edi, biroq «Yuventus» 33 yoshlik futbolchiga ishonmadi. Shunday bo‘lsada, Alvez fantastik mavsumni o‘tkazdi va «PSJ» jamoasiga o‘tib ketdi. Oradan 2 yil o‘tib edni «PSJ» 36 yoshlik futbolchiga ishonmadi va u bilan shartnoma tuzmadi. Futbolchi «Kopa Amerika» musobaqasida fantastik o‘yin ko‘rsatdi va unga ishonmaganlarga yana bir bor saboq berib qo‘ydi. Hozida futbolchi istalgan klubni kuchaytira oladigan salohiyatga ega desak, adashamagan bo‘lamiz.

Kevin De Bryoyne

2012 – yilda Londonning «Chelsi» jamoasiga o‘tgan belgiyalik futbolchi yangi darajaga chiqishi uchun Germaniyaning «Verder» jamoasiga ijaraga beriladi. O‘zining ijaradagi ilk mavsumidayoq Kevin 10 gol kiritadi va 9 bor golli uzatmani amalga oshiradi. Uning sermahsulligi evaziga «Chelsi» «sariq bola»ni yana ortga qaytaradi. Afsuski, Kevinga atigi 3 tagina o‘yinda ishtirok etishga imkon berishadi. Oqibatda De Bryoyne yana «Bundesliga»ga qaytadi. «Volsburg» jamoasidagi ajoyib mavsumdan so‘ng, uni «Manchester Siti» 54 million yevroga harid qiladi.
Kevin De Bryoyne «shaxarliklar» safida bir necha bor chempionlikni qo‘lga kirtdi va jamoaning yetakchsiga aylanadi. APLning eng kuchli yarim himoyachilaridan birning  transfer qiymati 150 million yevro atrofida baholanmoqda.

Antuan Grizman

Yaqindagina 120 million yevroga baholanayotgan futbolchining bu ro‘yxatda joy olishi sizlarni haron qoldishi mumkin. Gap shundaki, Grizmanning yoshligi juda mushkul o‘tgan. 12 yoshigacha futbolchiga birorta havaskor jamoa ham ishonmagan va unga o‘z tarkibidan joy bermagan. Uning kichik jussasi va nozik harakteri bois birorta murabbiy u bilan ishlashni istamaydi. Grizman Fransiyaning : «Lion»,  «Metsz», «Soshso» va «PSJ» jamoalari ko‘rigidan o‘ta olmaydi va butkul tushkunlikka tushib qoladi.
Aynan shunday omadsiz ko‘riklardan birida Antuanni ispaniyalik skaut ko‘rib qoladi va uni «Real Sosyedad»ga taklif etadi. Aynan shu jamoa safida Antuan dunyoga taniladi. Ayniqsa uning YECHL bahslari doirasida azaliy raqibi «Lion» darvozasiga qaychi uslubida kiritgan goli «Atletiko Madrid» rahbarlarining e’tiborini tortadi. Bu hikoyaning davomini juda yaxshi bilasiz…

Muhammad Salah

Londonning «Chelsi» jamoasi tomonidan boy berilgan yana bir iqtidor egasi. 2014 – yilda «Bazel»dan harid qilingan futbolchi yangi mavsumda atigi 13 ta uchrashuvda maydonga tushadi va muxlislarning ko‘nglidan joy ola bilmaydi. U ochiqchasiga APL darajasidan pastroq futbolchi deb e’tirof etiladi. Uning kelajagiga ishonmagan «Chelsi» keyingi yili misrlikni «Fiorentina»ga ijara asosida qo‘yib yuboradi. Salah «A seriya»da yo‘qolib qolmaydi va uning chaqqon harakatlari «Roma» jamoasi e’tiborini tortadi. Oqibatda  «Chelsi» o‘z futbolchini o‘ylab ham o‘tirmay sotib yuboradi. Rim klubidagi ajoyib  ikkita mavsumdan so‘ng, «Liverpul» Salah uchun 40 million yevro to‘laganida ko‘plab tanqidchilar Salahning APLda o‘ynab ketishiga ishonchsizlik bilan qarashasdi. Xatto klubning sodiq muxlislari ham Salahdan ortiqcha mo‘’jiza kutmayotganlarini ochiqchasiga e’losn qilishadi, lekin oradan bir mavsum o‘tib Muhammad «Enfild»ning yoqimtoyiga aylanadi. Fantastik ilk mavsumdan so‘ng, uning o‘yinida pasayish bo‘lishini tahmin qilashadi, biroq futbolchi keyingi mavsumda bir mavsumlik futbolchi emasligini isbotlab, «Oltin butsa» va YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritadi. Hozirda misrlik futbolchining transfer qiymati qariyb 4 barobar ko‘tarilgan bo‘lib, tahminan 160 millioni tashkil etmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:29, 31.07.2019. O'qildi: 7414 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.