Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Qo‘qon-1912
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ertaga O‘zbek futbol vatani Qo‘qonda katta futbol bayrami. “Qo‘qon-1912” jamoasi Ho‘qandi latifda boshlangan “Xalqaro hunarmandchilik festivali” doirasida Tojikistonning “Xo‘jand” klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bahs oldidan ayrim ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu ikki jamoa sobiq Ittifoq birinchiliklarida (2-liga 7-mintaqa) to‘rt bor to‘qnash kelishgan.

1988 va 1989 yillari bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning ikkitasida Xo‘jandliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, bitta bahsda vakillarimiz g‘alaba qozonishgan. Bitta o‘yinda esa hisob ochilmagan. To‘plar nisbati - 5:5.

Aytgancha, bu jamoalar joriy yilning 17 iyul kuni o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Mazkur bahsda ham nursiz durang qayd etildi.

“Xo‘jand” haqida qisqacha ma’lumot
Klub rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston futbolining birinchi tamal toshlari aynan Xo‘jandda qo‘yilgan. 1920 va 1930 yillar oralig‘ida Tojikistondagi birinchi futbol klubi aynan Xo‘jand shahrida tashkil etilgan.

1925 yilda Xo‘jand va Dragomirovo shaharlari jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning birinchi to‘qnashuvida xo‘jandliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Takroriy o‘yinda ham raqibimiz 1:0 hisobida zafar quchgan ekan.

Xo‘jand shahri futboli tarixidan o‘rin olgan va o‘sha birinchi jamoada futbolchilar bilan tanishing: Danilov, Stan, Vitovskiy, Yolkin, Sretenskiy, Proskuryakov, Zorov, Vasilev, Manasyans, Lukashin, Lamzin, Trofimov.

Keyinchalik Xo‘jand shahri shafarini himoya qiladigan jamoani “Gornyak” deb atay boshlashdi. Ushbu jamoa sobiq Ittifoq chempionati “B” klassida ishtirok etdi. Ma’lum vaqtdan keyin jamoa nomini “Pomir” deb o‘zgartirishdi. “Pomir” bir necha bor sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.

1976 yilda bugungi “Xo‘jand” jamoasi tashkil topdi. Jamoaning birinchi murabbiyi sport ustasi Vladimir Burin. Aynan o‘sha yili Markaziy Osiyo chempionati (“B” klass) yo‘lga qo‘yildi. “Xo‘jand” klubi ushbu musobaqada 15 yil ishtirok etdi.
Tojikiston mustaqillikka erishgach, “Xo‘jand” o‘z mamlakati chempionatida muntazam qatnashib kelmoqda va bugungi kunga qadar ko‘plab yutuqlarga erishdi.
Bugungi kunda raqibimiz Tojikiston chempionatining 13-turidan keyin 20 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda. Tojikiston birinchiligida 8 ta klub ishtirok etadi. Xo‘jandliklar shu kunga qadar chempionatda 22 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Raqibimizning transfer narxi
Dunyoga mashhur transfermarkt.de saytining ma’lumotiga ko‘ra, “Xo‘jand” jamoasining taxminiy transfer narxi 650 ming yevroni tashkil etmoqda. Jamoaning eng qimmatbaho o‘yinchisi Davron Ergashevdir. 1988 yilda tug‘ilgan ushbu yarim himoyachining taxminiy transfer bahosi 300 ming yevroga teng. Yana bir futbolchi Jahongir Aliyevning taxminiy transfer narxi 150 ming yevro deb baholangan.

   
  MA’LUMOT UCHUN:
“Xo‘jand” futbol klubi.
Tashkil topgan yili: 1976.
Klub Prezidenti: Rajabboy Ahmadzoda.
Ijrochi direktor: Murodjon Umarov.
Laqabi: Xo‘jandliklar, Shimoliklar, So‘g‘diylar.
Shahar: Xo‘jand.
Rasmiy veb-sayt: fc-khujand.tj.
Stadioni: Mustaqillikning 20 yilligi.
Stadion sig‘imi: 25 000
Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko.
Jamoa sardori: Manuchehr Ahmedov.

JAMOANING ERISHGAN YUTUQLARI:
Tojikiston chempionati kumush medal sohibi (6):
1998, 2002, 2003, 2015, 2017, 2018.
Tojikiston chempionati bronza medal sohibi (5):
1996, 1997, 2000, 2008, 2009.
Tojikiston kubogi g‘olibi (4): 1998, 2002, 2008, 2017.
Tojikiston kubogi finalchisi (2): 1997, 2010.

Jamoa tarkibi:
DARVOZABONLAR
1. Daler Barotov
13. Mo‘minjon Gadoyboyev
91. David Kupatadze (Gruziya)
HIMOYACHILAR
2. Sohibjon Hakimov
4. Davronjon Ergashev
5. Parviz Bokiyev
14. Oybek Abdug‘aforov
21. Firdavs Chakalov
22. Manuchehr Ahmedov
44. Asil Begimqulov (O‘zbekiston)
YARIM HIMOYACHILAR
6. Hojiboy Ziyoyev
7. Komron Mirzonajod
8. Baxtiyor Choriyev
11. Amirjon Rahimov
18. Parviz Aliyev
23. Dilshod Karimov
HUJUMCHILAR
10. Dilshod Bozorov
11. Tursunali Rustamov (Qirg‘iziston)
15. Damir Azimov
17. Dilshod Vasiyev
62. Jahongir Ergashev

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 11:11, 10.09.2019. O'qildi: 2879 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик