Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi: «ECHLda qiyin guruhdan o‘rin olganmiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yevropa chempionlar ligasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

YECHLdagi raqiblar haqida
«Chempionlar ligasi har yili bir xil saviyada bo‘ladi, ammo ba’zida unda g‘olib chiqish qiyinroq bo‘ladi. Ushbu musobaqada faqat eng kuchlilar yig‘ilgan. Bu holat uni o‘ziga xos musobaqaga aylantiradi.

Bizning guruhda «Borussiya» bor. Men "Barselona" safida o‘ynayotganimdan beri bu jamoaga to‘qnash kelmaganmiz. Ularning stadionini televizor orqali ko‘rganman. Muxlislarning o‘zini tutishi menga yoqqan edi.

Shuningdek, «Inter» bilan ham to‘qnash kelamiz. Bu jamoa o‘tgan mavsumda ham o‘ynagan edik, ammo men jarohat tufayli safarda o‘yinda maydonga tusha olmagan edim. Bu qiyin guruh, ammo biz uchun qiziqarli sinov bo‘ladi».

«Barselona» haqida
«Boshqa jamoalar haqida fikr yurita olmayman. Boisi, men yoshligimda «Barselona» safiga qo‘shilganman. Men biladigan yagona narsa shundan iborat.

«Barselona» – o‘z falsafasi, futbolga nisbatan qarashi, o‘z akademiyasi tufayli o‘ziga xos klub. «Barselona» har bir o‘yinga alohida yondashadi».

Frenki de Yong haqida
«U Chempionlar ligasi va Gollandiya chempionatining o‘tgan mavsumini yaxshi o‘tkazdi. U top-jamoalarga qarshi o‘yinlarda ajralib turdi.

U yaxshi saviyadagi, aqlli va serharakat o‘yinchi. U maydonda yaxshi harakatlanadi va oyoq bilan yaxshi ishlaydi. Bu sifatlar biz uchun qadrli. U bizning tizimga o‘xshash bo‘lgan jamoadan keldi. Shu bois, uning «Barselona»ga moslashishi oson kechadi.

Bosim haqida
«Professional futbolchiga aylanganimga ancha yillar bo‘ldi. Bosimga o‘rganib qolganman. Tanqidning turli toifalari bor. Ulardan ayrimlari xavotirga soladi. Ammo bu o‘yinning bir qismi. Biz buni qabul qilgan holda faqat o‘yin haqida o‘ylashimiz lozim».

«Liverpul»ga jarimadan urgan goli haqida
«Har safar jarimadan bo‘lgani kabi zarba berishga harakat qildim. Masofa odatdagidan uzoqroq edi. Men katta kuch bilan zarba berdim. Ba’zida bu foyda beradi, ba’zida yo‘q. Bu safar omadim keldi va to‘p darvozaga kirdi».

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:53, 17.09.2019. O'qildi: 6041 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик