Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ismoil Malikov: “Biz avval futbol o‘ynardik, keyin pul so‘rar edik”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, “Andijon” futbol klubi matbuot xizmati tarixga nazar tashlagana holda, jamoaning Oliy ligadagi uchrashuvlar statistikasini yilma-yil e’tiboringizga havola etib kelmoqda.

Endi matbuot xizmati nafaqat Oliy ligadagi ishtiroklarni, balki, chempionatimizga endi asos solinganidan buyon “Navro‘z” (“Andijon”) jamoasi tarkibida o‘ynagan futbolchilar bilan intervyu uyushtirishni ham o‘z rejamizga kiritdi.

Bugungi “mehmonimiz” chap qanot himoyasida ajoyib harakatlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan, to‘p uchun kurashlarda qo‘rqmay kurashgan, sochlarini yelkasigacha o‘stirib olib maydonda harakat qilgan Ismoil Malikov!

Ismoil Malikov

F.I.O:  Ismoil Maxammadjonovich Malikov

Tug‘ilgan yili: 19.01.1973 yil.

Tug‘ilgan joyi: Qirg‘iziston Respublikasi.

Ampluasi: Himoyachi.

“Andijon” (o‘sha paytda jamoa nomi “Navro‘z” deb atalar edi) jamoasi tarkibida 1991 yilgi mavsumda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.

1992 yilgi mavsumda 27 ta o‘yin, 3 ta gol;

1993 yilgi mavsumda 28 ta o‘yin, 5 ta gol;

 1994 yilgi mavsumda 27 ta o‘yin, 2 ta gol;

1995 yilgi mavsumda 4 ta o‘yin, gol yo‘q;

1997 yilgi mavsumda 4 ta o‘yin, gol yo‘q.

Ismoil Malikov “Andijon” jamoasidan tashqari Qirg‘iztonning “Spartak” (Tokmak), “Semetey” (O‘sh), “Jashtik Oq Oltin” (Qorasuv) va “Dinamo Oloy” (O‘sh) jamoalarida o‘ynagan.

Ismoil Malikov

- Assalomu aleykum, Ismoil aka! Andijonlik muxlislar Sizni unutishgani yo‘q.

- Va aleykum assalom. Men ham Andijonni, andijonlik muxlislarni unutganim yo‘q, unutmayman ham!

- Faoliyatingizni qachon yakunladingiz?

- Futbolchilik faoliyatimni 2010 yili “Jashtik Oq Oltin” jamoasida o‘ynovchi murabbiy sifatida yakunladim. Aniqroq qilib aytganda, yakunlashga majbur bo‘ldim. Sababi, O‘shdagi voqealar sababli, faoliyatimni yakunlab, Rossiyaga ketdim.

- Rossiyada nima ishlar bilan shug‘ullanmoqdasiz?

- Rossiyada nima ish qilishim mumkin? 2010 yili Rossiyaning Murmansk shahriga kelganman. Kelgan paytlarimda Rossiya fuqaroligi yo‘qligi uchun katta ombor bor edi, o‘sha yerda ishlab turdim. Tasodifni qarangki, men ishlayotgan omborning rahbarlari futbolni sevisharkan. Shundan so‘ng, turli xil turnirlarda ishtirok etdik. Shu yildan e’tiboran Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldim va bolalar murabbiyi bo‘lib ishlashni boshladim. “Nevskiy front” futbol maktabida faoliyat yurityapman. Ushbu futbol maktabi “Zenit” klubiga tegishli.

Yevropa Ligasi doirasi bo‘lib o‘tgan "Zenit"-"Bordo" uchrashuvida

- Andijon haqidagi xotiralaringizni eslab turasizmi?

- Albatta! Andijon mening ikkinchi Vatanim hisoblanadi. Men u yerda sport internetda tahsil oldim, futbolga ilk qadamimni qo‘yib, 1989 yili Qo‘rg‘ontepaning “Savay” klubida o‘ynashni boshladim. Shu sababli, Andijonni umuman unutmayman. 1993 yil esa umuman unutilmas yil bo‘lib qoladi. Sababi, jamoamiz juda kuchli edi, Jukovskiy murabbiy edi. Mamatkazin eng katta o‘yinchimiz hisoblanardi. Jamoaning ichki muhiti esa shunchaki super edi.

- O‘sha davrdagi jamoadoshlaringiz bilan aloqa bo‘lib turasizmi?

- Albatta. Juda ko‘plab jamoadoshlarim bilan aloqani uzmaganmiz. Masalan, 1993 yili darvozamizni qo‘riqlagan Vladislav Frank bilan doim aloqadamiz. Hozirgi kunda u Yangi Zelandiyada istiqomat qilmoqda. Adashmasam, Frank faoliyatini yaqinda yakunladi. Avvaliga u Germaniyaga ketgandi, keyinchalik Yangi Zelandiyaga o‘tdi.

- O‘sha paytdagi tarkibni eslay olasizmi?

- Keling 1993 yilni eslab ko‘ramiz. Darvozaga Vladislav Frank edi. Himoya markazida Andrey Shipilov va Fazliddin Shoyimqulovlar o‘ynashardi. O‘ng qanot himoyada Mamatkazin, chap qanotda esa men o‘ynardim.  Gohida Mamatkazin bilan o‘rnimizni almashtirib ham o‘ynardik. Qanot yarim himoyasida Farhod Qodirov va Rustam Sobirov o‘ynardi. Maydon markazida kim o‘ynardi? (Uzoq o‘ylanib) markaziy yarim himoyachilarni eslay olmadim. Hujumda Otabek Qilichev zahiradan maydonga tushardi. Karen Safarov asosiy tarkibda o‘ynardi. Shuningdek, Bahodir Karimov ham asosiyda o‘ynardi. Rustam Abdiyev o‘ynardi.

- O‘sha yillarda Sizga qarshi o‘ynagan hujumchilarning eng kuchlisi deb qaysi birini ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

- Ular ko‘pchilikni tashkil qilishardi. 1993 yillari Oleg Shaskix hujumchilarning qiroli edi. Igor Shkviringa qarshi o‘ynash ham juda qiyin edi. “Navbahor” tarkibida Rustam Zabirov bor edi. Asad aka Do‘rmonov bor edi “Neftchi” tarkibida. Ravshan Bozorovni ham alohida ko‘rsatgan bo‘lardim. O‘sha paytlarda hujumchilar kuchli bo‘lgan. O‘sha paytlar futbol saviyasi juda yuqori edi hozirgiga qaraganda. Biz katta pul olmas edik, biz futbol o‘ynar edik. Avval futbol o‘ynardik, keyin pul so‘rardik. Hozir esa aksincha bo‘lib qolgan. Men O‘zbekiston futbolini muntazam kuzatib boraman. Hozirgi kunda hali hech qanday karomat ko‘rsatmasdan turib katta-katta ko‘tarma pullar so‘rashadi. Biz ko‘tarma puli so‘ragani uyalardik. Hali chempionat boshlanmasdan turib, hali biror yorqin o‘yin namoyish etmasdan turib ko‘tarma puli talab qilishni hech bir futbolchi hazm qila olmas edi u yillarda.

- Farzandlaringiz futbol bilan shug‘ullanadimi?

- Yo‘q! Farzandlarim futbol bilan shug‘ullanmaydi. Birinchi oilamdan o‘g‘lim bor. U ham Rossiyada. Irkutsk shahrida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi oilamdan esa qizim bor. Qizim men bilan Piterda istiqomat qiladi, nabiramni tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

(Shu orada Ismoil Malikovga hozirgi kunda “Andijon” futbol klubida darvozabonlar murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Qobil Olimjonovni rasmini yubordim va “Esladingizmi” degan savolni berdim)

- Buni qanday tanimay bo‘ladi? Qobil Olimjonov-ku! U endi futbolchilik faoliyatini  boshlaganida “Shahrixon”da birga o‘ynaganmiz. U paytda ancha yosh bo‘lgan edi. Qobil Olimjonov bilan oxirgi marotaba 2007 yili Qorasuv shahrida ko‘rishgandim. O‘shanda u “Jalolobod” jamoasida bizga qarshi o‘ynagandi.

- Andijonlik futbol muxlislari va Andijon halqiga tilaklaringiz

- Andijonlik barcha meni tanigan futbol muxlislariga alangali salomimni yo‘llayman! Andijon halqiga esa tinchlik-omonlikni tilab qolaman! Andijonlik muxlislarni va Andijonni sog‘indim...!

Keyingi "mehmonimiz" qisqa muddat ichida andijonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Sergey Dub bo‘ladi. Bizni kuzatishda davom eting!

 “Andijon” futbol klubi matbuot xizmati

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 12:53, 20.09.2019. O'qildi: 3217 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик