Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abramov bizni jahon chempionatiga olib chiqa oladimi?

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ayni paytda millliy terma jamoamizga kimning bosh murabbiy bo‘lishi futbolga qiziqqan va qiziqmaganlarni birdek o‘ylantirmoqda, desak hecham mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

To‘g‘ri-da, ne-ne umidlar bilan Argentinaday joydan olib kelingan «olam uzra dong‘i ketgan» mutaxassis bilan ham hech narsaga erisholmaganimiz bir alam qilsa, o‘sha murabbiyning navbatdagi o‘yinga sanoqli kunlar qolganda bir dunyo pulni orqalab, «quyonni surib» qolgani ikki marta alam qilyapti.

Bunday vaziyatda odatda mahalliy mutaxassislarning yordamiga tayaniladi. Chunki, ayni paytda xorijdan yanada taniqliroq va yanada tajribaliroq murabbiyni olib kelish deyarli imkonsiz. Katta ehtimol bilan «Bunyodkor» bosh murabbiyi Vadim Abramov terma jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi va oxir-oqibat muxlislar oldidagi yuksak obro‘sidan ham ayriladi.

Negaki, milliy terma jamoamiz bu safar ham mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi. Barcha javobgarlik har doimgidek bosh murabbiyning zimmasida qoladi. Tarixiga nazar solsak, milliy terma jamoamiz aynan Vadim Karlenovich boshchiligida o‘z tarixidagi eng chiroyli va tajovuzkor futbolni namoyish etganini ko‘ramiz. Eng yaxshi natijaga ham aynan Abramovga tegishli (Osiyo kubogining yarim finali). Agarda mutlaqo kutilmagan vaziyatda iste’foga chiqarilmaganda, balki Braziliyadagi jahon chempionatiga ham borgan bo‘larmidik?!

Shu kunlarda taqdir bizga, to‘g‘rirog‘i, Vadim Abramovga yana bir karra imkoniyat berayotganday, go‘yoki u terma jamoaga qaytsa hammasi joyiga tushib ketadiganday tuyulmoqda muxlislarimizga.

Ammo 2011-2012 yillarda futbolimizda erishilgan muvaffaqiyatlarni faqat Abramov nomi bilan bog‘lash, yumshoq qilib aytganda, insofsizlik bo‘lardi.

Aynan o‘sha yillarda rahmatli Mirabror Usmonov amalga oshirilgan ishlar o‘zining ilk samaralarini bera boshlagan edi. O‘smirlarimiz Meksikada shov-shuv ko‘targan, «Nasaf» OFK kubogini qo‘lga kiritgan, «Bunyodkor» va «Paxtakor» Osiyo chempionlar ligasida har qalay hozirgidan ancha yaxshi ishtirok etishgan va kvotalarimiz ham ancha ko‘paygan edi. Keyinchalik Dilshod Nuraliyev boshligidagi o‘smirlarimiz o‘z tengqurlari orasida Osiyoda tengsiz ekanligini isbotlashdi. Ahmadjon Musayev bosh murabbiy bo‘lgan yoshlarimiz ham qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Aytmoqchimanki, Vadim Abramov milliy va olimpia terma jamoalarimizni birgalikda boshqargan yillar o‘zbek futboli tarixidagi eng ko‘tarinki davr edi. Ammo o‘shadan so‘ng yana hammasi negadir orqaga keta boshladi. 2015 yildan buyon birorta terma jamoamiz jahon chempionatlariga chiqa olmayapti. Klublarimiz uchun OCHLda guruhdan chiqish, hatto pley-offdan o‘tish tobora qiyinlashib bormoqda. O‘smirlarimiz bilan Osiyoni titratgan Aleksiy Yevstafiyev, Dilshod Nuraliyev kabi murabbiylar keyinchalik o‘zlariga topshirilgan mas’uliyatli vazifalarni uddalay olishmadi.

Vadim Abramov shubhasiz malakali mutaxassis. Balki O‘zbekiston undan kuchliroq murabbiyning o‘zi yo‘qdir. Afsuski, uning salohiyati ham bizni jahon chempionatiga olib chiqolmaydi. Uning terma jamoa ruligi kelishi chiroyli o‘yin va shiddatkorlikni ta’minlashi mumkin, natijani emas.

Agar terma jamoa unga ishonib topshiriladigan bo‘lsa, Yaman, Singapur kabi jamoalarni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lub etishimiz, hatto hal qiluvchi uchinchi bosqichni ham yuqori kayfiyatda boshlashimiz mumkin. Ammo, ming afsuski, mundial yo‘llanmasi taqdirini hal etadigan uchrashuvlarda jamoamizga nimadir yetishmay qoladi. Ya’ni, kimningdir qo‘pol xatosi yoki hakamning raqiblarga ochiqcha yon bosishi jahon chempionati haqidagi orzularimizni yana to‘rt yilga kechiktirib yuboradi.

Taassufki, Vadim Abramov futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham dunyo miqyosidagi yirik musobalarda ishtirok etmagan. Asosiy raqiblarimiz Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya kabi terma jamoalarda esa shunday saviyadagi murabbiylar ishlashmoqda. O‘sha tajriba ularga eng muhim, ta’bir joiz bo‘lsa, hayot-mamot masalasini hal qiladigan o‘yinlarda qo‘l keladi. Chunki bunday murabbiylarda har qanday holatda, aytaylik, ikkita to‘p bilan orqada qolayotganda yoki kimdir qizil kartochka bilan maydonni erta tark etganda qo‘llanadigan zaxira rejalar albatta bo‘ladi.

Xarakter va tajriba o‘z so‘zini aytadigan o‘yinlar 2021 yilning taxminan shu paytlarida bo‘lib o‘tadi. Biz esa vaqtda «Eh, Suyunov o‘sha to‘pni qaytarganda yutardik», «Shomurodov o‘sha vaziyatni golga aylantirganda yutqazmas edik» degan gaplar bilan ovunib qolaveramiz. Tan olish olish kerak, Abramov jamoalari osonlikcha taslim bo‘lmaydi, oxiriga kurashib, yutqazsa ham chiroyli o‘ynab yutqazadi. Biroq chiroyli va xunuk o‘yindagi mag‘lubiyat birdek alamli.

Kamina xodimingizdagi badbin xayollar o‘zbek futbolida olib borgan qariyb chorak asrlik kuzatuvlarning achchiq hosilasi. Negaki, shuncha yillardan buyon bizda murabbiylarni tayyorlash, ularning tajribasini oshirish borasida hech qachon tizimli ishlar amal oshirilmagan. Turli yoshdagi terma jamoalar o‘rtasida uzviylik ta’minlamagan. Uzoq yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar hech qachon bo‘lmagan.

Qolaversa, ishongan tog‘imiz Abramov «Lokomotiv» va «Neftchi»dan qoniqarsiz natijalar uchun ishdan bo‘shatilgan. Ya’ni futbolimizdagi umumiy tushkunlik unga ham ta’sir etmasdan qolmagan.

Agar sayt ushbu qaydlarni e’lon qilgan va siz uni o‘qigan bo‘lsangiz, terma jamoa taqdiriga befarq emassiz. Sizdagi nekbin kayfiyatni sondirib qo‘yganim uchun uzr, qadrdon muxlis. Agar terma jamoamiz mundialga chiqsa, yana bir marta uzr so‘rashga tayyorman. Va o‘sha uzrni so‘rayotganimda mendan baxtiyor odam bo‘lmaydi.

Elbek JUMANOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:37, 23.09.2019. O'qildi: 10110 marta. Fikrlar: 29 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик