Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qirni unut, toqqa intil, Valverde

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qirni zabt etishni yuqori natija deb hisoblaydigan inson uchun toqqa chiqish fantastikadek gap, uning uchun toqqa chiqa olmaslik fojia emas. Tog‘ni zabt etish uchun esa insonda o‘shanga yetadigan aql, salohiyat, daraja bo‘lishi kerak. Faqat xohish bilan ish bitmaydi.

Ayni damda La Ligada “Barselona”ning ishlari yurishmayapti. Tan olish kerak, joriy mavsum starti so‘nggi yillardagi eng yomonlaridan biri bo‘ldi. Bu borada esa eng katta ayb Ernesto Valverdeda. Aynan Valverde kelganidan keyin “Barselona”da ko‘p narsa qorishib ketgandek.

OCHIQ ESHIKLAR

“Barselona” deganda ko‘z oldimizga kuchli, tajribali futbolchilardan iborat jamoa keladi. “Barselona”da o‘ynash shu paytga qadar uncha-buncha futbolchiga nasib qilmagan. Kataloniya klubida faqat o‘z pozisiyasining ustalarigina to‘p surishgan. Ammo keyingi yillarda “Barselona” istalgan futbolchi eshigini bir ochib-yopadigan ayvonga o‘xshab qolgandek. Fikrimizni isbotlashga harakat qilamiz.

Arturo Vidal. Chililik futbolchining iqtidoriga shubha yo‘q, ammo bu iqtidor “Barselona” darajasi bilan taqqoslansa, tafovut sezilib qoladi. Qolaversa, Vidal 19-22 yoshlardagi futbolchi emas, yoshi ham o‘tib boryapti. “Barselona” ana shu futbolchini sotib oldi. Nega? Yaqin o‘tmishda “Barselona” Vidalning holatidagi futbolchilarga kamdan-kam murojaat qilgan. Yoki Boateng, Kevin Prins-Boateng. Butun faoliyati davomida o‘rtamiyona o‘yin ko‘rsatgan futbolchi. Yoki Andre Gomesh. Bularni shunchaki o‘yini qovushmadi, deb bahona qilib bo‘lmaydi, bular aslida ham “Barsa” darajasiga mos bo‘lmagan futbolchilar. Xo‘sh, Valverde nega bu transferlarga rozilik bildirdi? Chunki u faoliyati davomida “Neksiya”, boringki, “Lasetti” minib yurgan, shunga o‘rgangan haydovchi. Uning ko‘ziga boshqa “Neksiya” ham yaxshi ko‘rinadi. “Barselona”ga esa kamida “Malibu” yoki “inomarka” haydaydigan haydovchi kerak. “Neksiya” yoki “Lasetti”ga qanoatlanmay, yaxshirog‘ini xohlaydigan, yaxshiroq mashina minib o‘rgangan haydovchi kerak. Valverde esa buni istadi, ammo xohishning o‘zi kamlik qildi. “Neksiya”ni 100 tezlikda boshqarib o‘rgangan mutaxassis “Malibu”ni ham beixtiyor shu tezlikda boshqaryapti. Refleks. Tamom-vassalom.

NOQULAY TAKTIKA

Bu oldin ham tanqid qilingandi, hozir ham shunday. “Barselona” ayrim futbolchilarni “juvonmarg”  qildi. Masalan, Filippe Koutinyoning o‘ynab keta olmagani omadi kelmaganidan emas, undan noto‘g‘ri foydalanishganidan. Markazda o‘ynab o‘rgangan futbolchini Valverde qanotga qo‘ydi, oqibatda braziliyalik futbolchining samaradorligi sezilarli darajada pasaydi. Oxir-oqibat jamoadan ketdi.

“Barselona”ning taktikasidagi daraja pasaydi. “Barselona” darajasidan Valverde darajasiga tushdi. Valverde “Barselona”ning darajasiga ko‘tarilishga qiynalyapti, natijada “Barselona” Valverdega moslashib borayotgandek. Agar-ku shiddatkorlikka e’tibor berib, o‘yin va taktikani yaxshilasa, nur ustiga nur, aks holda “Barselona” murabbiy bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.

PSIXOLOG EMAS

Har bitta bosh murabbiy psixolog bo‘lishi kerak. Xosep Gvardiolaga e’tibor bering, futbolchilar bilan juda yaxshi munosabatda. Yurgen Kloppga qarang, kezi kelsa, do‘stlardek, tengdoshlardek birga quvonadi, hazillashadi, xatoga yo‘l qo‘yilganida esa ayamasdan koyiydi. Kerak paytda murabbiy, kerak paytda do‘st, ulfatdek.

Joze Mourinyo ham fikrimizni isbotlaydi. Psixologiya borasida no‘noq bo‘lgan mutaxassis aynan xarakteri tufayli futbolchilarning e’tiroziga duch keldi, o‘yin qovushmadi va o‘zi boshqargan jamoalardan haydaldi. Bunday misollarni istagancha keltirish mumkin. Valverdeda ham ana shunday psixologik mahorat yetishmayotgandek, nazarimda.

BARQAROR TARKIB

Ayni damda Valverdening asosiy vazifasi barqaror asosiy tarkibni tanlab olish. Jamoada esa keraksiz o‘yinchilar me’yoridan ko‘proq. Hozirda jamoaning ashaddiy ishqibozlari ham “Barselona”da o‘z ishining ustasi bo‘lgan 11 ta futbolchidan iborat tarkibni topib bera olishmaydi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, o‘yinlardan birida Arturo Vidalni murabbiy “Barselona”ning najotkori sifatida maydonga tushirdi, o‘yinni kuchaytirish, omadsizlikdan qutulib qolish uchun Vidalni tanlashga majbur bo‘ldi, chunki zaxirada o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchi yo‘q edi. Natija nima bo‘ldi, Vidal tushdi, ammo hech narsa qila olmadi. “Barselona” shunday jamoaki, undagi har bitta futbolchi o‘z ishini qoyillatishi, kerak paytda jamoani torta olishi lozim. Valverde esa rahbariyatga xarid qilish uchun kerakli futbolchini topib bera olishi, keraksiz futbolchini xarid qilish fikridan esa qaytarishi kerak.

Toqqa chiqib o‘rgangan inson bundan kamiga ko‘nmaydi, har safar yanada balandroq tog‘ni zabt etgisi kelaveradi. “Barselona” esa qirga ko‘nikib qolgan Valverdeni tog‘ni zabt etishga undashi, agar mutaxassis bunga o‘rgana olmasa, toqqa chiqishni xush ko‘radigan mutaxassisni olib kelishi kerak.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:56, 30.09.2019. O'qildi: 6795 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик