Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Malyorka 22 24
15 Sevilya 22 24
16 Xetafe 22 23
17 Valensiya 22 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
22-тур Malyorka 4-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Onasini yig‘latmaslikka va’da bergan va buni bajarib kelayotgan futbolchi

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Belgiya terma jamoasi hamda “Inter” hujumchisi, gavdasi va katta boshi tufayli “Tank” laqabini olgan Romelu Lukaku onasiga shunday va’da bergan: “Siz va bobomga g‘amxo‘rlik qilaman, siz hech qachon yig‘lamaysiz”.

Qashshoq bolalik

Romelu Menama Lukakuning tomirida akasi Jordanniki kabi futbolchining qoni oqadi. Chunki otasi ham Belgiya jamoalarida o‘ynagan, onasi Adolfina esa farrosh bo‘lib ishlagan. Romelu futbolga mehr qo‘yganida otasi allaqachon faoliyatini tugatgan edi. Oila juda qashshoq yashardi, ishlab topilgan mablag‘ning bir qismi, Kongo Respublikasidagi qarindoshlarga jo‘natilardi. Ko‘pincha uyda issiq suv va eletr bo‘lmasdi, stolda non va sut turardi, xolos. Maktab direktori yosh Romeluga avtobusda yurishga puli bo‘lmagani uchun velosiped sovg‘a qilgandi. Qo‘shni do‘konlar esa qarzga narsa berishardi.

Doim guvohnomasini olib yurgan

Lukaku ta’lim bilan birga sport maktabiga ham qatnardi, u qatnaydigan maktabga otasi ham yoshlar murabbiyi sifatida ishlay boshladi. Qolaversa, bu maktabga o‘g‘illarini kuzatish uchun ota-onalarning ham kelishiga ruxsat berilgandi.

Romelu faoliyatini mahalliy yoshlar jamoasida boshladi. U doimo tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olib yurishga majbur edi, chunki gavdasi tufayli ota-onalar uning o‘g‘illari bilan tengdosh ekanligiga ishonishmas, uni ataylab yoshi kichiklar orasida o‘ynab yuribdi deb ayblashardi. Futbolchi intervyularidan birida bundan har safar jahli chiqishini, har safar “Shu oxirgi marta maydonga chiqishim”, deb qaror qilishini aytgan. Ammo doim o‘zida yana maydonga chiqish uchun kuch topa olardi.

Murabbiy bilan garov

11 yoshida Lukaku Belgiyaning “Lyers” klubi yoshlari tarkibiga borib qo‘shiladi. 12 yoshida esa 34 ta o‘yinda 76 ta gol uradi. 14 yoshida esa «Anderlext U-19» klubiga borib qo‘shiladi. Bu esa Romeluning hayotida o‘ziga xos burilish edi. Romelu murabbiyi bilan garov o‘ynaydi: agar Lukaku 6 oyda 25 ta gol urmasa, zaxira o‘rindig‘iga mixlanadi, bordiyu bu ishni amalga oshirsa, murabbiy Lukakuning jamoadoshlari uchun xizmat avtobusi olinishiga yordam beradi va jamoa uchun ziyofat uyushtiradi. Natija shunday bo‘ladiki, rojdestvo arafasida futbolchi tufayli jamoadoshlari shirinliklar bilan siylanadi. Bundan tashqari, Lukaku 16 yoshga to‘lgach, “Anderlext” unga shartnoma va xizmat avtomobili, oilasiga esa yangi uy taklif qiladi. Romelu onasiga “hayotimiz hali o‘zgarib ketadi” deya bergan va’dasini bajaradi.

Lukaku o‘zi uchun birinchi navbatda sevimli televizorini sotib oladi va kabel televideniyesini o‘rnatadi. Maqsadi Belgiya chempionati finalini tomosha qilish edi. Keyinroq esa uni “Anderlext”ning asosiy tarkibiga chaqirishadi. Maktabni tugatish arafasida, aniqrog‘i bitiruv kechasi vaqtida Romelu Yevropa ligasida maydonga tushadi.

Futbol

Romelu o‘zining birinchi professional mavsumidayoq mamlakat  to‘purariga aylanib, “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga o‘sha paytda Dik Advokat boshqarayotgan terma jamoa safiga chaqirildi. Keyin esa «Chelsi», «Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublari yosh iqtidorga qiziqish bildirishdi. “Chelsi” varianti qulayroq chiqdi, qolaversa, bu transferga Didye Drogba ham qo‘shildi. Lekin “aristokratlar” xo‘jayini yosh va mashhur bo‘lmagan futbolchi uchun 2 mln funt sterling juda qimmat deb hisobladi. Bir yil o‘tgach “Chelsi”, baribir, Lukakuni sotib oldi, ammo endi Roman Abramovich 15 mln to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Lukakuning “Chelsi”, “Everton” hamda “MYU”dagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tishni doiz topmadik.

Eng yaqin sirdoshi

Romeluning eng yaqin do‘sti va sirdoshi — onasi. “Anderlext”dagi 9-raqam — tug‘ilgan kunining bir qismi. Onasi o‘g‘lini garchi haftasiga 130 ming funt sterling maosh taklif qilingan bo‘lsa-da, “Everton” bilan shartnomani uzaytirish fikridan qaytargan. Adolfina, aslida, Lukakuning menejeri hisoblanadi, garchi futbolchi “Roc Nation Sports” agentligi bilan hamkorlik qilsa-da (bastakor Jay-Zga tegishli agentlik).

Romelu Lukaku va sevgilisi

Lukakuning sevgilisining ismi Juliya Vandenvege. Juftlikning birgalikdagi suratlari OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda kamdan-kam tarqaladi.

Juliya sayyohlik agenti bo‘lib ishlagan, ammo keyin Lukakuning iltimosiga ko‘ra uning yordamchisi bo‘lgan. Romeluning o‘zi ham turizm va reklama bo‘yicha diplomga ega, qolaversa, 6 ta tilni biladi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 20.10.2019. O'qildi: 8519 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.