Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Real”ning eng yaxshi o‘yini: “qirollar” uyg‘onmoqda

Baho:
+2 | -1
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

YECHL guruh bosqichi navbatdagi tur doirasida “Real” “PSJ”ni qabul qildi.

Ochig‘i, “Real”dan bunday o‘yin kutmagandim. Ayniqsa, “PSJ” boshlang‘ich tarkibida Mbappeni ko‘rib, shuningdek, Neymarning ham maydonga tushishi mumkinligini bilib, ochig‘i, “Real” qiynalsa kerak, deb o‘ylagandim. Chunki oldinroq Kilianning “Real”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo o‘yindan oldin “Men “PSJ”ga qarshi o‘yinda eng yaxshi “Real”ni ko‘rmoqchiman”, degan Zidan niyatiga yetdi.

KURTUA OMILI

Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni o‘qirkanman, Kurtuani yana tanqid qilishganiga guvoh bo‘ldim. Ammo kecha belgiyalik futbolchi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Kiritilgan ikkita golda Tiboni ayblab bo‘lmaydi. Birinchi gol Varanning xatosi bilan kiritildi, ikkinchisi ham himoyachilarning xatosi bilan yuzaga keldi. Parij klubi futbolchisi shunchalik mukammal zarba berdiki, Kurtuaning bu zarbani qaytarishi mushkul edi.

Kurtua o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashni boshlayapti. Kechagi o‘yinda ham belgiyalik charm to‘p ustasi ajoyib harakat qildi va bir-ikkita vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

VALVERDE VA AZAR

“Real”ning kechagi katta ustunligida ikkita futbolchini alohida qayd etish lozim: bu Valverde va Azar. Ayniqsa, Eden Azarning kechagi xatti-harakatlarini tomosha qilib, “Chelsi”dagi Azarni ko‘rgandek bo‘ldim. Raqib futbolchilarini ko‘rdim demasdan aldab, jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minlagan belgiyalik futbolchi o‘z formasini tiklayotganini isbotladi.

Federiko Valverdega to‘xtaladigan bo‘lsak, oldinlari shu futbolchidan asosiy tarkibda maydonga tushayotganidan norozi bo‘lardim. Ammo kechagi o‘yinda Valverde Zidanning ishonchini oqlashga jiddiy kirishganini isbotladi. Tan olish kerak, aynan Federiko ketganidan keyin markazda kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi hatto uning o‘rniga tajribali Modrich tushganidan keyin ham. Zidanning Valverdeni tarbiyalayotgani Peresga ham yoqayotgani shubhasiz, axir yosh futbolchini tarbiyalab, ajoyib yarim himoyachiga aylantirgan qayoqdayu falon pulga futbolchi sotib olgan qayoqda. Masalan, agar Valverde shu tarzda davom etsa, “Real” Pogbani sotib olishga ehtiyoj sezmaydi.

Yana bir jihat. Zidan Valverdeni o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynatdi. Vaholanki, Federiko markaziy yarim himoyachi. Shunday bo‘lsa-da, kecha yosh futbolchi qanotda ham yaxshi o‘ynab, universal futbolchi vazifasini bajara olishini isbotladi.

Kecha “Real” tarkibida ijobiy taassurot qoldirgan futbolchilardan yana biri Isko bo‘ldi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan ispaniyalik futbolchi o‘yinga chanqoq ekanligini ko‘rsatdi. Tinimsiz yugurdi, pressing qildi, raqiblarini tinch qo‘ymadi va sharhlovchi Davron Fayziyev ta’biri bilan aytganda raqiblarni kamida bir marta aldab o‘tmaguncha tinchimadi. Shunday xulosaga keldik: “Isko “Real”ga kerak”.

Kecha “qirollik klubi” muxlislarini durang u qadar ranjitgani yo‘q. Chunki Zidan shogirdlari muxlislarga haqiqiy spektakl ko‘rsatib berishdi.

Umid qilamizki, “El-klasiko”da ham “Real” “Barselona”ga kutilmagan syurpriz tayyorlaydi.

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:48, 27.11.2019. O'qildi: 10676 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик