Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Kapadze: «Maqsadimiz – kengaytirilgan tarkibdagi futbolchilarni ham ko‘rib olish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, shu yilning oktyabr oyida yurtimizda U-19 Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan Temur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Bugundan navbatdagi yig‘inlar boshlandi. Yig‘inning dastlabki 14 - 18 yanvar, ikkinchisi esa 21 - 25 yanvar kunlari o‘tkazilib, ularda ikki xil tarkib jalb etilishi rejalashtirilgan. Shunda murabbiylar shtabi tomonidan 44 futbolchi ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Yig‘inlar doirasida Kapadze shogirdlari to‘rtta o‘rtoqlik o‘yinida ham ishtirok etishadi. 16 yanvarda “Bunyodkor” yoshlari, 18 yanvar AGMK U-19,  23 yanvarda “Lokomotiv” yoshlar tarkibi va 25 yanvar kuni “Paxtakor” jamoasi yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Yoshlar terma jamoamiz ustozi O‘FA rasmiy saytiga mazkur yig‘inlar bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi:  

- Bugundan yangi yig‘in boshladik. Dekabr oyida ham yig‘in tashkil etib, Saudiyada o‘tgan Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etgan futbolchilarning harakatlarini kuzatish, ularga baho berish imkoniga ega bo‘lgan edik.

Jamoaning o‘zagi ancha shakllanib ulgurgan, deyish mumkin. Bir qator salohiyati katta o‘yinchilarni hozirdanoq aytib o‘tsa bo‘ladi. O‘tgan yig‘indan keyin 5-6 nafar futbolchini yanvar oyidagi ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga ham jalb etishga qaror qildik. Qolgan barcha futbolchilar terma jamoa safiga yangi chaqirilgan o‘yinchilar. Ushbu kengaytirilgan tarkibda bor bo‘lgan futbolchilarni ham kuzatib, ularnig imkoniyatlarini bilib olamiz.

Qayd etib o‘tishni istardimki, mazkur yig‘inimiz 2 qismdan iborat bo‘ladi. Dastlabki qism 14-18 yanvar oralig‘ida, keyingisi esa 21-25 yanvar kunlari o‘tkaziladi. Ikkala yig‘inning har birida 22 nafardan futbolchilar ishtirok etishadi. Yig‘in davomida o‘rtoqlik o‘yinlari ham o‘tkazamiz va barcha futbolchilarga o‘ynash imkonini taqdim etamiz. Shundan keyingina menda ushbu futbolchilar xususida yetarlicha tasavvur bo‘ladi.

Yig‘indan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz – kengaytirilgan tarkibdan o‘rin olgan barcha futbolchilarni ko‘rib olish. 

Oldimizda turgan asosiy musobaqaga qadar 9 oy vaqt qolmoqda. Shu boisdan endilikda har oy yig‘inlar tashkil etamiz va xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida ham muntazam maydonga tushib boramiz.

Bilasizmi, biz futbolchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibmiz. Telegramda ham alohida guruhimiz bor, unda shogirdlarim bilan onlayn tartibda nazariy mashg‘ulotlar ham o‘tkazib turibmiz. Ba’zan men ularga jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlardan videokesmalar yuboraman va ular ushbu vaziyatda aslida qanday harakat qilishi lozim bo‘lgani haqidagi fikrlarini bildirishadi. Men shogirdlarim o‘yinni o‘qiy olish, yaxshi tahlil qilishni o‘zlashtirishlarini juda ham istayman. Zero bu jihat hozirgi kunda zamonaviy futbolning ajralmas qismidir, - dedi mahoratli murabbiy.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:40, 14.01.2020. O'qildi: 5195 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик