Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 33 65
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 33 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Osasuna 33 42
10 Atletik Bilbao 33 41
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolchilar nimalardan qo‘rqishadi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Saytimiz orqali viloyatimizning mashhur Berdiyevlar oilasi vakili, futbol bo‘yicha ruhshunos murabbiy, 2017 yilda nashrdan chiqqan “Orzu” kitobining muallifi – Mahmayusuf Berdiyevning futbol va futbolchilar “bosh og‘riqlari” haqidagi fikr mulohazalarini turkum maqolalar orqali berib borishga qaror qildik. Albatta ushbu maqolalar millionlar o‘yini bo‘lmish – futbol bilan shug‘ullanayotgan yoshlarimizga, ularning ota-onalariga va bu sohada murabbiylik qilayotgan mutaxasislar uchun juda foydali bo‘ladi. 

Muallif haqida: Mahmayusuf Berdiyev 1969 yilda Kitob tumani Ko‘mirtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining fizika fakultetini tugatgan. Dastlab Maydanak observatoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan. “Kitob” futbol jamoasi o‘yinchisi, bolalar va o‘smirlar futbol maktabi murabbiysi, direktori singari vazifalarda qariyb yigirma yil faoliyat olib borgan. FIFA “S” toifasidagi lisenziya sohibi.
…Agar futbolchilardan, “Siz nimadan qo‘rqasiz?” – deb so‘rasangiz, aksariyat hollarda “hech narsadan”,-degan javobni olasiz. Bu xato, yanglish javob. Kim ham o‘zini qo‘rquv iskanjasida qolgan, undan ham ruhiy, ham jismoniy aziyat chekkan, deb hisoblardi?
Qo‘rquv tuyg‘usi ongda shunchalik chuqur joylashib, tutqich  bermas bo‘lganki, futbolchilar o‘z qo‘rquvlari oldida ojiz qolgan bo‘lsalar-da, bu to‘g‘rida o‘ziga biror marta ham hisob bermaydilar. Faqat mardona tahlilgina futbolchilarning umumiy dushmani nimadan iborat ekanligini namoyish etadi. Unga murojaat qilib, o‘z fe’lingizga diqqat bilan nazar tashlang. Yordam sifatida men sizga bir necha alomatlar haqida ma’lumot beraman. Bu har bir futbolchi uchun o‘zini, o‘zligini topishga yordam beradi.
Albatta qo‘rquvning turlari ko‘p. Kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqish, qashshoqlikdan qo‘rqish, keksalikdan qo‘rqish, o‘limdan qo‘rqish, ilon – chayonlardan qo‘rqish, sevgida omadsizlikdan qo‘rqish, odamlar oldiga chiqib gapirishdan qo‘rqish… va hokazo.
Lekin bizga eng keraklisi futbolga oid qo‘rquvlardir. 
Xo‘sh, futbolchilar nimalardan QO‘RQISHADI!
Siz raqobatdan QO‘RQASIZ!
Siz jarohat olishdan QO‘RQASIZ! 
Siz golli vaziyatlarni ko‘kka sovurishdan QO‘RQASIZ!
Siz mag‘lubiyatga uchrashdan QO‘RQASIZ!
Siz o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan chegarangiz (zona komfortnost)dan chiqishdan QO‘RQASIZ!
Eng asosiy siz tanqiddan QO‘RQASIZ!
Siz… qolganini o‘zingizni tahlil qilgan holda davom ettiring.
Bilasizmi, eng hayratlanarlisi va achinarlisi, siz qo‘rqayotgan barcha narsalar hayotingizda sodir bo‘ladi. Aslida voqealikka chuqurroq nazar solinsa, bu yerda hayratlanadigan yoki achinadigan hech narsa yo‘q. Hammasida qonuniylik bor.
Muvaffaqiyatga erishishimizga xalaqit beruvchi eng asosiy dushmanimizning o‘zi nima?
Bu ikkilanish, shubha – gumon va qo‘rquvdir.
Bu uchchalasi oddiy oilaning a’zolari bo‘lib, bittasini payqadingizmi, boshqa jufti ham yaqinida bo‘ladi.
Qo‘rquv ikkilanishdan o‘sib chiqadi. Shuni esslab qoling! Ikkilanish shubhalanishdan shaffof (kristal) holga kelib u aralashadi, natijada qo‘rquv yuzaga keladi.
Ba’zan mazkur jarayon juda sekin yuz beradi. Shuning uchun bu uchlik nihoyatda xavflidir. Siz uning mavjudligi haqida hech qanday shubhaga bormaganingizda u tug‘iladi va rivojlanadi.
Qo‘rquv aqlni falajlab, tasavvurni barbod qiladi, o‘z o‘ziga ishonchni o‘ldiradi, g‘ayrat – shijoatni parchalab tashlaydi, tashabbusni sovutadi, maqsadni o‘pirib yuboradi, o‘z – o‘zini nazorat qilishni man etadi. U futbolchini umidsizlik sari yo‘llab, aniq fikrlashni xiralashtiradi, xatti – harakatlarni bir nuqtaga (konsentrasiya) yig‘ishga xalaqit beradi. U qat’iyatdan mahrum qiladi, kuch – quvvatni sug‘urib oladi va omadsizlik sari tortaveradi.
Futbolchining qo‘rqqani o‘ziga nisbatan sustlik qilayotgani, ya’ni harakatsiz degani. Biz siz bilan qo‘rquv nima ekanligini anglab yetsak, qo‘rquv yo‘qoladi.
Bu orqali SIZ endi, nega hujumchi darvoza yaqinida, ya’ni olti metrlik to‘sinlar orasiga aniq zarba bera olmasligini tushungandirsiz.
Renat Ernazarov tayyorladi.
Manba: nnews.uz
Kiritildi: 21:57, 03.02.2020. O'qildi: 5310 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик