Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilias Iliadis: «O‘zbek dzyudo jamoasi murabbiy bo‘lib kelish men uchun katta sharaf»

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Dzyudo
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbek dzyudosi o‘z tarixida yangi davrni boshdan o‘tkazmoqda. Balki bu hol siz-u bizga ushbu davrda yashayotganimiz uchun bilinmas, ammo vaqt o‘tib barchasi aks etadi. Hozir O‘zbekiston terma jamoasida murabbiylik qilayotgan gresiyalik Ilias Iliadis terma jamoaga “yangi qon” olib kirmoqda. Boshqa mahalliy murabbiylarga hurmat saqlagan holda aytish mumkinki, Iliadis o‘z mashg‘ulotlari bilan dzyudochilarimizni qaytadan kashf qilmoqda. Mashg‘ulotlarni kuzatar ekanmiz, yangicha yondashuv, uning o‘zbek tilida ham so‘zlayotganiga guvoh bo‘ldik. E’tiboringizga afsonaviy dzyudochi bilan o‘tkazgan intervyumizni havola qilamiz:

– Kelishingizdan avval o‘zbek dzyudosini qanday tasavvur qilgan edingiz-u, hozir qanday?
– O‘zbek dzyudosi haqida butun dunyo biladi. Bu yerdan ko‘p karra Olimpiada sovrindorlari, jahon chempioni bo‘lgan Abdullo Tangriyev, Rishod Sobirov kabi afsonaviy dzyudochilar chiqqan. O‘zbekistonda o‘ziga xos dzyudo an’anasi bor. Bu jamoaga murabbiy bo‘lib kelish men uchun katta sharaf. Endi men bu an’anani davom ettirishim kerak.

– O‘zbek dzyudochilari qaysi tomoni bilan kuchli edi va qaysi jihatlarni rivojlantirish kerak?
– Men bir gapni ko‘p takrorlaganman. Har bir Olimpiadada dzyudo o‘zgaradi. Biroq bunga qaramasdan o‘zbek dzyudosi o‘zining texnikasi va jismoniy tayyorgarligi bilan chiroyli bo‘lib kelgan. Hozir umuman boshqacha dzyudo ketyapti. Ayni paytda texnikaning o‘zi yetarli bo‘lmay, jismoniy kuch va tayyorgarlik ko‘p narsani hal qilib yuboryapti. Hozir jamoa bilan shu tomonlar ustida ishlamoqdamiz.

– Hozir butun dunyoda tarqalib borayotgan koronavirusning IJF (Xalqaro dzyudo federasiyasi) va bizning jamoaga ta’siri qanday?
– Jahondagi yetakchi dzyudochilar ham, bizning polvonlar ham oddiy odam. Butun dunyo bo‘ylab amal qilinayotgan qarorga biz ham bo‘ysunamiz. Ammo bu bilan bo‘shashib qolmaymiz. O‘zimizning ichki mashg‘ulotlar davom etadi. Oradagi vaqtda ancha motivasiya va kuch yig‘ib olamiz.

– Maygacha bo‘lgan musobaqalarning bekor qilinishi rejalaringizga xalaqit bermaydimi?
– Ha, ko‘p rejalar o‘zgarib ketdi. Lekin nima ham qilar edik, bu hayot. Bugunni o‘ylab yashash kerak. Chunki ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Bugun o‘z ishimizni qilaylik, ertaga nima bo‘lishini ko‘ramiz.

– Jamoada kim sizning sevimli shogirdingizga aylandi?
– Hammasi. Mana, qo‘limizdagi 5 ta barmoq. Men qanday qilib birini ikkinchisidan ko‘proq yoqtiraman deya olaman? Men uchun hammasi bir xil. Shunchaki, ularning xarakteri turlicha. Xuddi oilada ham turli xarakterga ega aka-ukalar bo‘lganidek. Murabbiy bo‘lar ekansan, ularning tabiatini o‘zgartirishing ham talab etiladi.

– Federasiya tomonidan siz istaganchalik sharoitlar yaratib berilmoqdami?
– Albatta. Bu borada hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. Barcha o‘z ishiga professionallarcha yondashgan holda ishlayapti. Hatto davlat rahbarining e’tiborini alohida aytib o‘tmoqchiman. Olimpiada siklida mamlakat Prezidentining qo‘llab-quvvatlashi sportchiga juda katta kuch beradi. Faoliyatim davomida ko‘p davlatlarda bo‘ldim. Lekin O‘zbekistondagidek sharoitni hech qayerda uchratganim yo‘q. Shu jihat meni bu mamlakatda ishlashimga undadi va ko‘plab davlatlar orasida O‘zbekistonni tanladim.

– Keling, endi jahon dzyudosiga ham o‘tib ko‘ramiz. Yaponiya terma jamoasi -66 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchisidan tashqari barcha vaznlardagi vakillarini e’lon qildi. Sizningcha, ular bu vaznga kimni qo‘yishadi?
– Bu men uchun qiziq emas. Raqiblarga hurmat saqlagan holda shuni aytamanki, qolgan jamoalarning tarkibi meni qiziqtirmaydi. Meni o‘zimning jamoamdan boshqasi bilan ishim yo‘q. Qaysi vaznga kimni qo‘yishlari ham mening ishim emas. Men uchun hammalari birdek raqib.

– Rinerning Parijdagi mag‘lubiyatiga qanday qaraysiz? Bu kutilgan voqelikmidi yoki tasodif?
– Bu meni ajablantirgani yo‘q. Teddi ham inson. Bir narsani tushunmayman, odamlar bundan juda vahima yasab yuborishdi. O‘sha kun uning uchun emas ekan. Dzyudochi bo‘lganim uchun uni ham tushunaman. Hech kim g‘alaba bilan abadiy qololmaydi. Teddi men uchun afsonaviy dzyudochi va shunday bo‘lib qoladi ham. Bitta mag‘lubiyat uning shuhratini to‘ka olmaydi. Masalan, futbolda Braziliya o‘z uyidagi jahon chempionatida 1:7 hisobida yengilgan. Nima, braziliyaliklar kuchsiz bo‘lib qoldimi bu bilan?! Bu ham shunga o‘xshash vaziyat.

– Ayni holatda qizlarimizdan ikki nafari yo‘llanma zonada turibdi. Lisenzion davr yakunlanguncha uchinchisini ham qo‘lga kiritishimiz mumkinmi?
– Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar o‘zimga ishonchim bo‘lmasa, bu gaplarni aytmagan bo‘lar edim. Biz olib borayotgan mashg‘ulotlar bilan ko‘p narsaga erishsa bo‘ladi. Har kuni shunday tempda ketmoqdamiz. Nasib qilsa, mavsum oxirida qizlarda ham uchinchi yo‘llanmani olishimiz mumkin.

– Mashg‘ulotlarda ko‘rdikki, o‘zbek tilini ham ancha-muncha o‘rganib olibsizmi?
– Juda unchalik emas (kuladi). Shogirdlarimga kurash payti zarur bo‘ladigan kerakli so‘zlarni o‘rganib olganman. Lekin bu bilan o‘zbekchani bilib oldim deya olmayman.

– Sizningcha, jahonda avval va hozirgi davrda eng kuchli dzyudochi kim?
– Bu men uchun ham juda qiziq savol. Bilasizmi, men uchun ajralib turadigan odam yo‘q. Dzyudo tarixida ham, hozir ham har bir vazn toifasida o‘ziga yarasha kuchlilar bor. Ularning barchasini hurmat qilaman. Birini ikkinchisidan ajrata olmayman.

Ma’lumot uchun, Ilias Iliadis 1986 yil 10 noyabr kuni Gruziyaning Axmeta shahrida grek oilasida tavallud topgan. Gresiya terma jamoasi a’zosi. 2004 yil Afinada o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida -81 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, dzyudo tarixida eng yosh (17 yosh) Olimpiada chempioniga aylangan. Tokio (2010), Parij (2011) va Chelyabinsk (2014)da o‘tgan jahon chempionatlari g‘olibi. Shuningdek, JCHlarning 2 karra kumush va 1 bor bronza medali sovrindori. Pekin-2008 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida Gresiya terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:48, 17.03.2020. O'qildi: 3238 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.