Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng katta daromad olayotgan futbolchilar beshligi bilan tanishing

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz futbol chempionatlari tanaffusga chiqqan bir pallada, futboldagi boshqa omillar haqida fikr almashadi.

Yaqindagina taniqli France Football nashri dunyoning eng katta daromad olayotgan futbolchilar beshligi bilan tanishtib o‘tdi.

Lionel Messi

Bu ro‘yxatda hech qanday yangilik yo‘q. Tasavvur qilganingizdek, eng katta daromad Argentina va “Barselona” jamoasi sardori Lionel Messiga tegishli. Qahramonimiz bugungi kunda nafaqat futbolda, balki butun dunyo sportidagi eng katta daromad oladigan sportchi sanaladi. Qizig‘i shundaki, Leo o‘z daromadining katta qismini “Barselona” jamoasidan oladi. Bugungi kunga kelib Kataloniya klubi argentinalik futbolchiga oyiga 7 million yevro maosh to‘lamoqda.

Bu yiliga 84 million yevro degani. Qahramonimiz shuningdek mualliflik huquqi va turli reklama kompaniyalaridan yiliga 46 million yevro daromad oladi. “FranceFootbal” nashri ma’lum qilishicha, Messi yiliga 130 million yevro daromad oladi, biroq bu summaning 25 foizini soliq sifatida davlat hisobiga o‘tkazib beradi.

Krishtiyanu Ronaldu

 

Portugaliyalik futbolchi ham Leo bilan har jabhada raqobat qilishda davom etmoqda. Uning yillik daromadi 113 million yevroni tashkil etadi.

Qahramonimizning “Yuventus”dagi yillik maoshi 70 million yevroga teng. Qizig‘i shundaki, bu raqamlar Ronalduning “Real Madrid”dagi maoshidan 10 million yevro ko‘proq. Krish daromadining qolgan qismini o‘z nomidagi brend va turli reklama kompaniyalaridan oladi.

Neymar

Brazliyalik hujumchi Neymar bu borada asosiy raqobatchilaridan orqada bo‘lishi mumkin, biroq uning reklama olamidagi imkoniyatlari ularnikidan yaxshiroq. “FranceFootball” nashri ma’lum qilishicha, Neymar suratga tushgan reklama roliklari mahsulot egalariga juda katta daromad keltirsada, kompaniyalar Neymarning janjalkashligi va ma’suliyatsizligi sababli, u bilan ishlashdan bosh tortishmoqda. Shunga qaramay, Neymar Junior yiliga 91,5 million yevro ishlab topmoqda.

Kelajakda Neymar yillik daromad borasida Ronaldu va Messini quvib o‘tishi hech gap emas. U raqobatchilaridan yoshroq va unda yuqori saviyada to‘p surish uchun ko‘proq imkoniyat bor.

Agar braziliyalik futbolchi jismoniy tayyorgarligi borasida ishlashdan to‘xtab qolmasa, ko‘p o‘tmay bu ro‘yxatning birinchi o‘rniga ko‘tarilib olishi aniq.

Antuan Grizman

Fransiyalik futbolchi “Barselona”ga o‘tgach, reklama kompaniyalaridan takliflarga “ko‘milib” qolishi kutilgan edi, biroq barchasi mutaxassislar kutganidek bo‘lib chiqmadi.

Bugungi kunda qahramonimiz bir nechta kichik rekalma agentliklari bilan hamkorlik qilmoqda, biroq Antuanhech bo‘lmasa Neymarga yaqinlashishga hozircha qodir emas. Uning mediaodam emas ekanligi shu yerda biroz pand berib qo‘ymoqda. Solishtirish uchun aytadigan bo‘lsak, xatto Joze Mourinoning reklamadan oladigan daromadi Antuannikidan ko‘proq.

Bugungi kunda Grizman uchun “Barselona” yiliga 47,5 million yevro maosh to‘lamoqda. Aynan shu omil sababli Grizman dunyoning eng katta daromad oluvchi futbolchilar beshligidan o‘rin olmoqda.

 

Garet Beyl

Qanchalar g‘alati eshitilmasin, Beyl bugungi kunda “qirollik klubi”da eng katta maosh oluvchi futbolchi sanaladi. U yiliga Madridda 40 million yevro ishlab topmqoda.

Jamoa sardori Serhio Ramos ham bu borada uyelslik futbolchiga yaqin kela olmasligini inobatga olsak, Beylning agenti amalga oshirgan ishga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

O‘z davrining eng katta transferi sifatida “Real”ga ko‘chib o‘tgan futbolchi so‘nggi yillarda maydonda o‘zini ko‘rsata olmayotgan bo‘lishi mumkin, biroq daromad borasida kuchli beshlikdan pastga tushib ketgani yo‘q. Uning o‘yiniga sira mos kelmaydigan maoshi sababli boshqa klubga transfer qilinishida ko‘plab muammolar kelib chiqmoda.

“Marca” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Real Madrid” Beylnin katta maoshi tufayli kelasi mavsumda tekinga qo‘yib yuborishga ham tayyor bo‘lib turibdi.

“FranceFootbal” nashri e’lon qilgan ro‘yxat olingan ma’lumotlarga asoslangan xolda tuzilgan. Bu ro‘yxat aslida umuman o‘zgacha ko‘rinish olishi ham mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:00, 01.04.2020. O'qildi: 11279 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик