Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona” diktatori ishga jiddiy kirishdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi bir necha yil davomida Xosep Mariya Bartomeu o‘zining g‘alati transferlari, “Barsa” akademiyasining so‘nishi, klub marketing xizmatidagi kamchiliklar va boshqa ko‘plab sabablarga ko‘ra tanqid toshlari ostida qolib ketmoqda.

Pandemiya davrida “Barselona” yana bir moliyaviy jihatdan barqaror klub emasligini futbolchilar maoshini 70 foizga kamaytirgan xolda isbotlab qo‘ydi. “Real Madrid” o‘z futbolchilarining maoshini bir tekis berishda davom etayotgan bir paytda, “Barselona” klub xizmatchilarining ham maoshini o‘z futbolchilariga yuklab qo‘yganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, jamoa tez orada o‘z futbolchilariga maoshlaridan voz kechishlari borasida iltimos bilan chiqishi ham kutilmoqda.

Mana shunday voqealar ichida Kataloniya klubida bir yo‘la 6 ta director iste’foga chiqarildi. Biror bir sababsiz, hech qanday faktlarsiz Xosep Mariya Bartomeuni qo‘llab-quvvatlamagan direktorlar kengashi a’zolarining 6 tasi ishdan olindi...

Iste’fodan so‘ng, klub rasmiy sayti jamoani tark etgan direktorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgancha ular bilan xayrlashdi.

“Bartomeu menga qo‘ng‘iroq qildi va direkorlar kengashi tarkibini qayta ishga tushirmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Aytishicha, u meni va ayrim kengash a’zolaridan ko‘ngli to‘lmayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u meni klub boshqaruv tizimini tanqid qilishda aybladi. Men esa shunchaki OAV bilan aloqada bo‘lishimni va hech qachon futbolchilarni tanqid qilmaganimni aytdim. Boshqaruvdagi insonlarga keladigan bo‘lsak, barcha kompaniyalarda salbiy insonlar bor ekanligini barcha yaxshi biladi.

Men Bartomeuni boshqacharoq toifadagi menejerlar bilan ishlamoqchi ekanligini to‘g‘ri qabul qildim, biroq bu ishni 3-4 haftadan keyin ham amalga oshirsa bo‘lar edi. Menga vaziyatning bunday xunuk ko‘rinish olishi yoqmadi. Ular shunchaki qo‘ng‘iroq qilishdi va ishdan bo‘shatilganim haqida xabar berishdi. O‘ylashimcha,kimdir klub g‘aznasidan pul o‘g‘irlamoqda. “I3 Ventures”ga ko‘rsatilgan xizmat uchun million yevro to‘lagan. Vaholanki, bunday xizmat uchun 100 ming yevrodan ortiq hech kim to‘lamaydi. Haqiqatdan ham boshqaruv a’zolaridan biri klub g‘aznasida pul o‘marmoqda. Uning kim ekanligini aniq ayta olmayman, biroq gumonim bor”, – ishdan bo‘shatilgan 6 direktordan biri Emil Ruso.

“Rusoning aytgan barcha so‘zlari g‘irt yolg‘on! Bunday ayblov e’lon qilishdan oldin yetalicha dalilga ega bo‘lish talab etiladi. Dalil va isbot yo‘q. Sababi, rahbariyat toza ishlamoqda. Xatolar bo‘lishi mumkin, biroq jinoiy ish haqida gap ketmoqda. Hech kim klub g‘aznasidan hech narsa olayotgani yo‘q. Biz hech qachon bilib turib klubga ziyon yetkazmaganmiz. Hatto pora borasida ham biror marotaba bizga qarshi dalil hech kim ko‘rsata olmagan. Ko‘rsata olmaydi ham. Sababi, rahbariyat o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondoshmoqda”, — deb Rusoning so‘zlariga javob berdi “Barselona”ning rasmiy vakili Jozep Vivas. Uning aytishicha, Rusova uning tarafdorlari futbolchilarning maoshlari kamaytirilishi borasida tashabbus bilan chiqqan ekan. Shunga qaramay, “Barselona” rahbarini avval ham klub rasmiylarikeskin tanqid qilishganidan xabaringiz bormi?

“Barselona”da bo‘lib o‘tayotgan ishlar shunchaki sharmandali ahvolga kelib ulgurdi. Shaxsiy qiziqishlar va yakkahokimlikka intilish, noroziliklar, kelishmovchiliklar va boshqa ko‘plab muammolar yuzaga qalqib chiqmoqda. Bilishimcha, Bartomeu normal inson, biroq bu siyosat. Men hech qachon siyosat bilan shug‘ullanishni istamaganman. Uning rahbarlarga o‘tkazayotgan bosimi yaxshilik bilan yakunlanmasligi aniq. Bir yarim yil davomida uning boshqaruvida klub yomon harakat qilmadi, biroq “Barselona” prezidentlari doimo barchasini juda xunuk yakunlashiga o‘rganib qolganmiz” — dedi Gabriel Masfurrol.

“Rahbariyat “sochilib ketgan”. Men buni ancha avval payqaganim uchun 2019-yilning iyulyoyida ketmoqchi edim. Biz bir jamoa emas edik. Endilikda vaziyat portlash arafasida turibdi va buning ajablanarli yeri yo‘q. Men direktorlar kengashi tobora uyushgan jinoiy guruhga aylanib borayotganini payqadim. Ish ancha jiddiylashib ketgan.

Agar kimdir sening istaklaringga qarshi chiqayotgan bo‘lsa, kim aslida kim ekanligini darrov anglab olish mumkin. Men Bartomeuni yaxshi bilaman. U tanqidni to‘g‘ri qabul qiladigan insonlar sirasiga kiradi. Uni tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatib yuborishiga ishonish mushkul. Shunchaki, Xosep doimo hissiyotlarga berilgancha qaror qabul qiladi. Ruso bildirgan fikrlarga qo‘shilmagan bo‘lar edim. Agar menga klub prezidenti ketishni buyursa, hech ikkilanmay narsalarimni yig‘ishtirib klubni indamay tark etgan bo‘lar edim”,- deydi klubning sobiq vise-prezident Jordi Mestre.

Endilikda klub boshqaruvida qolgan 13 kishidan birortasi iste’foga chiqarilmaydi. “Diario Sport”nashri bergan xabarlara qaraganda, 13 kishining barchasi klub prezidentini to‘liq qo‘llab-quvvatlovchi tarafdorlar emush. Bartomeuning amalga oshirayotgan harakatlari yakka hokimlikni o‘rnatishga o‘xshab bormoqda. Yaqindagina “El Confedencial” nashri “Barselona”da bo‘layotgan ichki nizolar borasida katta maqola e’lon qildi. Ushbu maqoladagi eng muhim fikrlar bilan tanishtirib o‘tamiz: “Bartomeu o‘zi uchun noqulay bo‘lgan direktorlarni ishdan olib tashlash orqali qolgan bir yarim yil davomida prezidentlik lavozimini ushlab qolmoqchi. Emil Ruso uning uchun chinakam boshog‘rig‘i edi. Sababi, u doimo shaffoflikni talab qiluvchi media odam. U o‘zi istamagan holda klubning hisob-raqami haqida ma’lumotlarni oshkor qilib qo‘yishi hech gap emas. “Barselona” prezidenti tarafdorlarini atrofiga yig‘ish orqali norozi bo‘lganlarni “o‘yindan chiqarib yubordi”. Messi, Buskets, Pike singari yetakchi futbolchilar rahbariyatning klub ishiga ortiqcha aralashayotganidan ranjigan edi, prezident ularga 6 ta direktorning “boshini” keltirdi. Prezidentning klub futbolchilari tomoniga o‘tishi ichki nizolar chog‘ida siyosiy qadam vazifasini bajarib berdi.

Bartomeu juda ayyor inson. Uning oqko‘ngilligi ostida juda xafvli shaxs yashiringan. U juda aqlli inson bo‘lgani uchun klub sardorlarini o‘z tomoniga og‘dirib olishni uddaladi. U futbolchi va muxlislar oldidagi mavqei ijtimoiy tarmoqlardagi bahs-munozarlardan so‘ng keskin tushib ketganini anglab turibdi. Shu sababli klub yetakchilari bilan birga harakat qilishni boshladi. U klubdagi menejment bilan muammolarni yashirish maqsadida ham futbolchi va muxlislar tomonida ekanligini oshkor qilib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Qaysidir ma’noda bu ishning uddasidan ham chiqdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:06, 14.04.2020. O'qildi: 6620 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.