Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 03.07.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • 1:2
      • Qizilqum
      • 04.07.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:1
      • Qo‘qon-1912
      • 04.07.2025 20:00
      • Surxon
      • 0:0
      • Buxoro
      • 05.07.2025 20:00
      • Andijon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 05.07.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • OKMK
  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 04.07.2025 23:59
      • Fluminense
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 05.07.2025 06:00
      • Palmeyras
      • -:-
      • Chelsi
      • 05.07.2025 21:00
      • PSJ
      • -:-
      • Bavariya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 14 28
3 Neftchi 14 27
4 Navbahor 14 26
5 Bunyodkor 14 24
6 OKMK 14 24
7 Paxtakor 14 23
8 Surxon 15 18
9 Andijon 14 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 14 15
13 Xorazm 14 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

05/07/25 Andijon - Bunyodkor
05/07/25 Mash’al - OKMK
06/07/25 Paxtakor - Navbahor
06/07/25 Dinamo - Nasaf
07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Bavariya” kimlarga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuboradi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz yozda Myunxenning “Bavariya” jamoasini tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Xavyer Martines

Senyor Xavyer Myunxen klubi sharafini 8 yildan beri munosib himoya qilib kelmoqda. Jahon va Yevropachempioni kuzda 32 yoshni qarshi oladi. Afsuski, bu mavsumda qahramonimiz maydonda juda kam ko‘rinish bermoqda. Bundesliga uchrashuvlarining atigi 5 tasida ishtirok etgan ispaniyalik futbolchiuchun “Bavariya” 6 million yevro yillik maosh to‘lamoqda. Progress kuzatilmaydigan, asosiy jamoadan tushib qolgan futbolchi bilan o‘rtada yana bir yillik shartnoma mavjud. Agar myunxenliklar Xavyerni yozda sotib yuborishmasa, u kelasi mavsum so‘nggida erkin agentga aylanashi mumkin.

Filippe Koutinyo

“Bavariya” braziliyalik futbolchining transfer huquqini sotib olmaydigan bo‘ldi. Vaholanki, “Barselona” ayni damda pulga juda muhtoj. Bugun Filippe uchun asosiy da’vogar APLning bir nechta jamoalari bo‘lib turibdi. O‘z vaqtida Hames Rodriges ham maydon markazida kreativ o‘yin namoyish etganiga qaramay, “Bavariya” 60 million yevro to‘lashni istamagan edi. O‘ylashimizcha, Koutinyo ham “Bavariya”ni 80 milliondan voz kechishga majbur bo‘ladigan o‘yin namoyish eta olmadi. Aks holda, tadbirli klub rahbarlari uni hech qayerga qo‘yib yubormagan bo‘lar edi.

Sven Ulrayx

O‘zgacha darvozabon. Besh yildan beri jamoa sharafini himoya qilayotgan bo‘lsada, atigi 60 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Klub uni shunchaki Noyer yo‘qligida “noiloj” variant sifatida harid qilganini yashirib ham o‘tirmaydi.

Sven u qadar muxlislar e’tiborida bo‘lmagan bo‘lsada, o‘tgan 5 yil davomida Germaniyaning eng sovrindor futbolchilaridan biriga aylanib oldi. Aslida, Ulrayx uchun zaxira o‘rindig‘ida uchrashuvni tomosha qilish maroqli, biroq yozda Nyubel jamoaga keladi. Katta ehtimol bilan Sven o‘zi uchun boshqa jamoa izlashni boshlab yuborgan bo‘lsa kerak.

Leon Goreska

Bechora Goreska asosiy tarkib uchun juda kuchli raqobat bo‘lgan jamoa safiga keldi va o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. O‘z vaqtida sayyoramiznig eng iqtidorli futbolchi deb e’tirof etilgan Leon allaqachon 25 yoshni “urib qo‘ydi”. Zaxirada o‘tirgani uchun unga katta moash to‘lashning hojati yo‘q. Shunday bo‘lsada, Flik futbolchini barcha musobaqalar uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga qaror qildi. Qaysidir ma’noda Goreskadan “Bavariya” voz kechgani yo‘q, biroq futbolchi o‘z kelajagi uchun ham Myunxenni tark etishi va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi lozim.

Ivan Perishich

Ivan kutilmaganda “Bavariya”da ko‘rinish berdi. Uning transferini klubdan talab qilgan Niko Kovach o‘z maqsadiga erishdi, biroq u Gnabri va boshqa vingerlar mavsumni bunday ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishini taxmin qilmagan bo‘lsa kerak. Bo‘lmasa, tejamkorligi bilan nom qozongan Myunxen klubi yana bir vinger uchun pul sarf etmagan bo‘lar edi. Ayni damda, Perishich og‘ir jarohatdan forig‘ bo‘lgancha yana safga qaytdi. Umuman olganda, Flik Ivanni jamoada olib qolishga qarshi emas, biroq buning uchun “Inter” uning transfer summasini 10 million yevroga pasaytirishi lozim. Bugungi inqiroz chog‘ida “Bavariya” xorvatiyalik futbolchi uchun 20 million yevro to‘lamasligi aniq.

Kingsli Koman

Katta ehtimol bilan “Bavariya” baribir Leroy Saneni Myunxenga ko‘chirib olib keladigan ko‘rinadi. Shunday ekan, jarohat olishga moyil Komanni klubda ushlab turishdan naf yo‘q. Boz ustiga, fransiyalik futbolchi bilan “Barselona”, “Manchester Siti” singari top jamoalar qiziqish bildirmoqda. Hatto uni Sane bilan ayrboshlash borasida ham muzokaralar ketmoqda. Agar klub Kingslini saqlab qolsa, tez orada 23 yoshli futbolchining transfer qiymatida pasayish kuzatiladi. Sermahsulligi past bo‘lgan vinger Sane kelgach to‘liq zaxira futbolchisiga aylanib qolishi turgan gap. Shunday ekan, vaqt va imkon boridaKomanning transferidan pul ishlab olish zarur. Endi u Yevropani o‘ziga qarata olgan 17 yoshli o‘spirin emas. Bundan ortig‘ini kutishdan naf yo‘q.

Jerom Boateng

Jerom klub safidagi eng katta moash oladigan futbolchilardan biri. Myunxen klubi mavsum boshidayoq uni sotib yuborishi mumkin edi, biroq Zyulening jarohati Boatengni yana bir mavsumga klubda olib qoldi. Bundan tashqari, qahramonimiz himoyada chinakamiga universal futbolchi. Shunday bo‘lsada, 30 dan oshib ketgan himoyachi uchun yiliga 12 million yevro to‘lagandan ko‘ra, yosh Zyule (undan 5 barobar kamroq maosh oluvchi) bilan shartnomani uzaytirgan ma’qul. Yangi mavsum startida “Bavariya”ning lazaretidan Pavar, Ernandes va Zyulechiqib kelishadi. Boz ustiga,Alfonso Devis ham asosiy tarkibda ko‘rinish berishni boshladi. Eng muhimi, Jeromning klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil o‘z yakuniga yetadi. Yozda jamoa JCH g‘olibini transferga qo‘yish orqali 12 million yevromaoshni tejab qoladi va kamida 25 million yevro ishlab oladi. Katta ehtimol bilan “Bavariya” bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermasa kerak.

Manuel Noyyer

Noyer borasida vaziyat ancha bahsli ko‘rinish olmoqda. Qahramonimiz klubdan uzoq muddatli va katta maosh ko‘rsatilgan shartnoma talab qilmoqda. Aks holda, jamoadan ketishini ham qistirib o‘tdi. Manuel klubdan yiliga 15 million yevro moash va asosiy tarkibdagi o‘rnini saqlab qolishlarini talab qilmoqda. Vaholanki, yozda yosh va iqtidorli Nyubel ham jamoaga kelib qo‘shiladi. Bunday vaziyatda “Bavariya” qanday yo‘l tutishi lozim? Noyerning ham shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. “Bavariya” darvozabonni sotib yuborish orqali pul ishlab oladimi yoki uning barcha shartlariga ko‘nish orqali Nyubel proyektini ham bir chetga surib tashlaydimi? Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:52, 16.05.2020. O'qildi: 8218 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Насаф Husayn Norchayev 8
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
5 Бунёдкор Luis Kachorri 6
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.