Butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan koronavirus, afsuski, sport sohasi vakillarini ham chetlab o‘tmayapti. E’tiboringizga koronavirus yuqtirib olgan eng taniqli 10 nafar sportchi ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

1. Paulo Dibala (Argentina) – «Yuventus» klubi futbolchisi;
2. Blez Matyudi (Fransiya) – «Yuventus» klubi futbolchisi, jahon chempioni;
3. Daniyele Rugani (Italiya) – «Yuventus» klubi futbolchisi;
4. Novak Jokovich (Serbiya) – tennis bo‘yicha 17 katta Katta dubulg‘a turnirlari g‘olibi, ayni damda jahonning birinchi raqamli raketkasi;
5. Mikel Arteta (Ispaniya) – «Arsenal» futbol klubi bosh murabbiy;
6. Abdulrashid Sa’dullayev (Rossiya) – erkin kurash bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari va 4 karra jahon chempioni;
7. Ismael Barrero Molina (Kuba) – yunon-rum kurashi bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari va 2 karra jahon chempioni;
8. Sharif Sharifov (Ozarbayjon) – erkin kurash bo‘yicha London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sohibi;
9. Kevin Dyurant (AQSH) – basketbol bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari va MBA chempioni;
10. Jorje Fonseka (Portugaliya) – dzyudo bo‘yicha jahon chempioni

Ushbu ro‘yxatdagi ba’zi sportchilar kasallikdan butunlay qutilib bo‘lishgan, ayrimlari esa belgilangan tartibda davolanishmoqda.

Aziz o‘quvchi, ko‘rib turganingizdek, koronavirus xoh oddiy odam bo‘lsin, xoh sportchi o‘zi istagan organizmga kirib borishi mumkin. Shu bois Sizdan, ijtimoiy hayotingizda zarur ehtiyot choralarini ko‘rib borishingizni so‘rab qolamiz.