Italiya chempionatining 29-turi doirasida «Roma» o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlar bahsning 12-daqiqasida Lazanyaning goli evaziga hisobni ochishdi. 29-daqiqada esa Perotti qizil kartochka olib, "Roma"ni qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Uchrashuv tugashiga 12 daqiqa qolgani Nestorovski rimliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni joylab, o‘yin taqdirini hal qildi.
Mazkur g‘alaba "Udineze"ga xavfli hududdan uzoqlashish imkonini bergan bo‘lsa, "Roma" Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini pasaytirib qo‘ydi. Hattoki, "bo‘rilar" endi Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun "Napoli", "Milan" va "Verona" bilan kurashadigan bo‘ldi.
Italiya A seriyasi, 29-tur
Roma – Udineze 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 12 Lazanya, 0:2 – 78 Nestorovski.
Roma – Mirante, Bruno Peres (Dzappakosta, 63), Fasio (Rojer, 73), Smolling, Kolarov, Kristante, Diavara (Vilyar, 63), Karles Peres, Under (Mxitaryan, 46), Perotti, Kalinich (Jeko, 73).
Udineze – Musso, Larsen (Samir, 81), Rodrigo Bekao, Nyuytink, Zegelar (ter Avest, 65), Uolas (Fofana, 57), de Paul, Yayalo, De Mayo, Lazanya (Teodorchik, 46), Okaka Chuka (Nestorovski, 65).
Ogohlantirishlar: Zegelar (11), Okaka Chuka (45), Vilyar (68), Rojer (88).
Chetlatish: Perotti (29).