Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zidan chempionlik uchun yangi uslubni qo‘llamoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz “Real Madrid” jamoasi ustozi Zayniddin Zidan tomonidan qo‘llanilayotgan o‘yin uslubi haqida qisqacha tunushcha berib o‘tadi.

Yana 5 ta uchrashuv Zidanni “Real Madrid” postidagi 11-sovrinidan ajratib turibdi xolos. Agar Zizu mavsum so‘ngiga qadar qoqilmasa, “Real” chempionlikni qo‘lga kiritadi. Bu Zidan uchun ikkinchi chempionlikka aylanishi mumkin.



Endilikda, Zidan o‘yinlarga yondashuvini to‘liq o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda. Agar Zidanning 2016/17-yildagi chempion jamoasining o‘yini bilan bugungi “Real”ni solishtirsangiz, o‘rtadagi farqni darrov angalaysiz. “Qirollik klubi” endilikda asosiy urg‘uni himoyaga qaratmoqda. Endilikda tarkibda BBC uchligi yo‘q, Beylning darajasi avvalgidek emas, Isko umuman formada emas, markazdagi futbolchilar ham kuchli pressingga yaramaydi va boshqa ko‘plab boshma mayda detallar sababli Zidan to‘liq yangi o‘yin uslubiga murojaat etmoqda.

Tan olish lozim, Zidanning hozircha yagona bo‘lib turgan Primero g‘olibligi yo‘lida eng katta mehnatni Krishtianu Ronaldu amalga oshirgan edi. O‘sha mavsumda Ronaldu va uning jamoadoshlari “La Liga”da 106 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan va o‘z darvozasidan 41 ta gol olib chiqadi. Agar o‘tkazib yuborilgan gollar soniga e’tibor qaratsak, bu mavsumda “Real”ning himoyasi ikki barobar yaxshiroq o‘yin namoyish etayotganini darrov anglash qiyin emas. 2016/17-mavsumdagi “Real” asosiy urg‘uni hujumga qaratgan va aynan shu faktor evaziga yakunda “Barselona”dan o‘zib ketgan edi. Bugungi “Real” yuqorida aytilganidek asosiy kuchni mudofaga qaratgan xolda tartibli himoyaga suyanmoqda. Umuman olganda, Zidanni bunda ayblash noo‘rin. Sababi, u ham qo‘l ostidagi ijrochilardan kelib chiqib natija keltiruvchi uslubdan foydalanishi lozim. Achinarlisi shundaki, Ronaldu ketgach “Real”da vaziyatlardan foydalanish borasida muammo paydo bo‘ldi. Oldingi chiziqdagi yigitlar o‘z ishini maksimum bajara olmagani uchun ham Zidan mavsumning muhim qismida himoyachilarga suyanmoqda. Bu mavsumda “qirollik klubi” “La Liga” doirasidagi 32 ta uchrashuvda atigi 60 ta gol kiritdi xolos. Hujumkor “Real”ning natijasidan 46 ta kam gol degani. Bu uslub avvaliga ko‘zga tashlanmagan edi, biroq “Espanyol”ga qarshi o‘yinda ko‘plab ekspertlar “Real”dagi o‘zgarishni payqab qolishdi.

Ayni damda Zidan himoyadagi Varan, Ramos va Karvahalni zich taqvimga qaramay har bir o‘yinda maydonga tushirmoqda. Chap qanotdagi Ferlan Mendi va Marselolar ham to‘liq standartga javob bermoqda. Shunchaki, Zidan ularning ikkisiga ham o‘yin amaliyoti taqdim etmoqchi shekilli. Zidan bu mavsumdagi 44 ta o‘yinning 37  tasida Danini, 39 tasida Serhioni 38 tasida Varanni asosiy tarkibda maydonga tushurdi. Bugungi “Real”ning bor kuchi mana shu himoyachilarda jam bo‘lganini shu kichik statistikadan ham bilib olishingiz mumkin.

Darvozada Tiba Kurtua sekin-asta “galaktikos” darajasiga chiqib keldi. Endilikda, u “Real”ning himoyaviy o‘yin uslubida yanada ko‘proq seyv ijro etish orqali muxlislar ishonchini qozonmoqda. Qahramonimiz “Espanyol”ga qarshi uchrashuvda o‘zining mavsumdagi 15-quruq matchini o‘tkazdi. Aslida Belgiyalik kipper bu mavsumda atigi 18 bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi xolos. Zidanning himoyani mustahkamlashi sababli Kurtua ancha ishonch bilan harakat qilmoqda. Bugungi “Real” oldingi chiziqdagi uchlikka tayanib himoyaga e’tibor qaratmaydigan klub emas. Zidanning “yangicha” jamoasi himoyadagi mukammalikka intilish orqali o‘z darvozabonini ham yangi darajaga olib chiqmoqda. Kurtua mavsum boshida hammaning kulgusiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bugun u Yan Oblakdan “oltin qo‘lqop”ni tortib olishga yaqin turibdi. Mavsum restartidan so‘ng, Tibo atigi 2 bor gol qo‘yib yubordi xolos. Soddaroq qilib aytganda, himoyadagi yaxshi o‘yin Kurtuani o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortga qaytardi.



Yangi “Real”dagi yangi yetakchi deb Kazimironi ko‘rsata olamiz. Aynan braziliyalik futbolchi himoyadagi uchlik va Kurtua singari almashtirib bo‘lmas figuraga aylanib ulurdi. Bunga qaysidir ma’noda uning o‘rnini bosishga qodir futbolchi yo‘qligi bilan bog‘lashimiz mumkin. Darhaqiqat, klassik tayanch yarim himoyachisi bugungi “Real”da mavjud emas. Markazdagi pressing va jamoadoshlarini “straxovka” qilish borasida Kazemiro butun boshli “La Liga”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, undagi hujumkorlik jamoaga og‘ir uchrashuvlarda ochko jamg‘arishda qo‘l kelmoqda. Kazemiro asosan markazga javob bersada, allaqachon 5 ta gol kiritishga ulgurdi. Ayniqsa, uning «Kornelya-El Prat”da urgan goli “qaymoqranglilar” uchun 3 ochko taqdim etgani tahsinga sazovor.

Xose Luys Kalderon -Marca nashri analitiki

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:43, 03.07.2020. O'qildi: 15246 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.