«PSJ» prezidenti Nosir al-Xelayfiy Yevropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Atalanta»ga qarshi o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Muhim va ajoyib kun bo‘ldi. O‘z mentalitetimizni o‘zgartirish uchun mazkur g‘alaba bizga kerak edi. O‘yinchilar 200 foiz kuch bilan harakat qilishdi, ular bilan faxrlanaman. Bunday qiyin pallada barchaga minnatdorchilik bildiraman. Barcha "PSJ" Chempionlar ligasi bahsi tayyor emas, deb gapirgandi. Ammo biz ajoyib o‘yinchilar bilan birgalikda a’lo darajadagi mentalitet namoyish etdik.
Biz uzoqni ko‘zlaganmiz, ammo bugun biz final haqida emas, faqat yarim final haqida o‘yladik. Siz matbuot vakillari ham «PSJ»ga shubha bilan qaraysiz. Keyingi bosqichga o‘tish uchun bizga bu g‘alaba kerak edi.
«Neymar va Mbappe — jahondagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Neymar uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi, u ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Biz bugun jamoadagi ba’zi narsalarni keskin o‘zgartirgan Neymarni ko‘rdik. Ular jamoada qolishadi, hech qayoqqa ketishmaydi!» — dendi al-Helayfiy.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ»ning yarim finaldagi raqibi «RB Leypsig» — «Atletiko» juftligi g‘olibi bo‘ladi.