Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • 2:3
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • 1:2
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • 0:1
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • 5:2
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 30 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 30 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 30 32
16 Malyorka 30 31
17 Sevilya 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona
30-тур Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
30-тур Valensiya 2-3 Selta
30-тур Real Ovyedo 1-0 Sevilya
30-тур Alaves 2-2 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dribling ustalari (top 10)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz yakunlanib borayotgan mavsumning eng yaxshi dribling ustalari bilan tanishtirib o‘tadi. Ushbu ro‘yxatdan faqat Yevropaning kuchli beshta chempionati vakillarigagina o‘rin naqdlangan bo‘lib, g‘olib har bir o‘yinda o‘rtacha necha bora raqiblarini aldab o‘tgani haqidagi statistik ma’lumotga ko‘ra aniqlanadi. Mavsum davomida 900 (10 ta o‘yin) daqiqadan kam o‘yin o‘tkazgan futbolchilarning natijasi inobatga olinmaydi.

10 o‘rin. Eden Azara («Real»; Belgiya) — 4.1

Eden “Real” bilan yaqindagina chempionlikni nishonlaganidan xabaringiz bor. Futbolchi bu mavsumni  sermahsullik bobida omadsiz deb atagan bo‘lsada, o‘zining driblingi sababli bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi. Mavsum davomida atigi bir bor gol kiritgan bo‘lsada, qahramonimiz har bir o‘yinda o‘rtacha 4,1 bor raqiblarni noqulay ahvolda qoldirishni uddaladi.

8-9 o‘rin. Munir Shoyer («Dijon»; Fransiya) — 4.2

O‘tgan yozda Munirni “Lans”dan “Dijon” 3,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. Yosh futbolchi qisqa muddat ichida o‘zini ko‘rsatishni boshladi. Bir o‘zi raqib himoyachilarini aldab o‘tayotganini ko‘rgan fransuz nashrlari unga “dribling qiroli” “unvonini” berishdi. Darhaqiqat, Fransiyaning o‘rtamiyona jamoasida har o‘yinda 4,2 bor driblingdan unumli foydalanish tahsinga sazovar.

8-9 o‘rin. Yusef Atal («Nissa»; Jazoir) — 4.2

Fransiya chempionatining yana bir vakili. Bu yigitcha haqida mutaxassislarni inobatga olmasa, deyarli hech kim hech qanday ma’lumotga ega emas. Shunga qaramay, Zidan uni kelajakda Dani Karvahalning o‘rnini egallashiga umid qilmoqda. Anglaganingizdek, Yusef qanot himoyachisi va ajoyib texnika egasi. Bejizga u bilan “Real”, “Milan” va PSJ klublari qiziqib qolmagan.

7 o‘rin. Mussa Jenepo («Sautgempton»; Mali) — 4.3

Mali terma jamoasi a’zosi kutilmaganda mavsumning ikkinchi qismini juda yomon o‘tkazdi. Jarohat, janjallar va boshqa ko‘plab omillar Jenopaga to‘sqinlik qildi. Shunga qaramay, uning driblingi o‘z o‘rnida qoldi.

Belgiyalik yigitcha, texnika borasida istalgan futbolchi bilan bahslashishga qodir. Bejizga uning transferi uchun “Sautgempton” Belgiya klubiga 14 million yevro to‘lamadi. 22 yoshli Mussa kelasi mavsumda yana o‘z driblingi bilan barchani xursand qilishi aniq. shunchaki, biroz vaqt kerak holos.

6 o‘rin. Vilfrid Zaxa («Kristal Pelas»; Kot-d’Ivuar) — 4.5

Uzoq muddat “Manchester Yunayted” nishonida bo‘lishiga qaramay, Zaha jamoasida qoldi. Raqiblarni samarali aldab o‘tish borasida so‘nggi mavsumlarda Zaha peshqadam. Uning driblingi kishi ko‘zini qamashtirmoqda. Qahramonimiz aynan driblingga ko‘p e’tibor bergani uchun ham bir paytlar “Manchester Yunayted”da qo‘nim topmagan edi. Balki, taqdir unga ikkinchi imkon taqdim etar?!

5 o‘rin. Jeremi Boga («Sassuolo»; Kot-d’Ivua) — 4.7

Angliyaning boshqa bir grand klubi – “Chelsi”da o‘zini ko‘rsata olmagan Boga uchun ham mavsum ajoyib o‘tdi. Kamtarin “Sassuolo” safida raqiblarni ortidan yugurishga majbur qilgan hujumchi yana “katta klublar” e’tibor markazida! Bugungi kunda u bilan “Everton” va “Borussiya Dortmund” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

4 o‘rin. Lionel Messi («Barselona»; Argentina) — 5.7

Zamonamizning kuchli futbolchilari ayni damda turli holatda. Kimdir o‘z o‘ynini kuchaytirib bormoqda, yana kimningdir darajasida pasayish kuzatilmoqda. Messiga keladigan bo‘lsak, uning 4-o‘rinda ekanligini muxlislarni biroz xafa qilgani rost. Nima ham derdik, vaqt barcha-barchadan kuchli…

3 o‘rin. Allen Sen-Maksimen («Nyukasl»; Fransiya) — 5.8

“Tumanli albion”ga kelguniga qadar, Allen “Liga 1” musobaqasida chinakam shoular namoyish etdi. Uning raqiblarini osonlik bilan aldab o‘tayotganini ko‘rgan “Nyukasl” 18 millionning bahridan o‘tdi va Sen-Maksimen Angliyaga ko‘chib keldi. Ingliz muxlislari fint ishlatuvchi chaqqon fransuzni iliq qarshi olishdi. U nafaqat to‘p bilan muomilada, balki sermahsullikda ham o‘zini ko‘rsata oldi.

2 o‘rin. Adama Traore («Vulverxempton»; Ispaniya) — 6.2

Adama “Vulverhempton” safida mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi. 4 ta gol va 9 ta assist. Uning ayni damda personal muxlislari soni ham ortib bormoqda. Istalgan daqiqada, raqib futbolchisini dog‘da qoldirish uchun Adama yuqori tezligidan foydalanadi. Uning bir qarashda oddiy ko‘ringan driblingi juda samarali bo‘lib, maydonda bo‘sh zonalar yaratishda juda qo‘l keladi. Afsuski, raqiblarni har safar ham aldab o‘tishning iloji yo‘q. Traore bu mavsumda to‘pni dribling ishlatish chog‘ida yo‘qotish borasida ham kuchli uchlikka kirishga majbur bo‘ldi.

1 o‘rin. Neymar (PSJ; Braziliya) — 6.3

Aslida, “Atalanta”ga qarshi o‘yinga qadar Neymar ro‘yxatimizning ikkinchi o‘rnida borayotgan edi. YECHL doirasidagi dramatik o‘yinda qahramoniz raqiblaridan naqd 16 (!) bor dribling yordamida o‘tib ketishga muvaffaq bo‘ldi va o‘z shaxsiy ko‘rsatgichini yaxshilab oldi. Eng muhimi, PSJga yarim final yo‘llanmasini olib berdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:37, 15.08.2020. O'qildi: 9645 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Осасуна Ante Budimir 15
4 Барселона Lamin Yamal 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Алавес Lukas Boye 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик