Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronalduning eng sara iqtiboslari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Portugaliya terma jamoasi va «Yuventus» klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduning eng sara iqtiboslarini taqdim etadi.

*
“Barselona” men borib qo‘shilishim mumkin bo‘lgan Yer sharidagi eng so‘nggi klub.
*
Kechirasizlar, hatto Yaratgan Egamni ham barcha yaxshi ko‘rmaydi. Xo‘sh, endi meni yomon ko‘ruvchi insonlar ko‘p ekanligidan nega xafa bo‘lay?
*
Doimo o‘ylagan narsam haqida fikr bildiraman. Balki, shu odatim uchun ham meni juda ko‘pchilik xush ko‘rmas…
*
Yaqinda o‘g‘lim mendan eng so‘nggi rusumdagi telefon olib berishimni iltimos qildi. Unga rad javobini berdim. Agar inson o‘zi uchun hamma narsaga ruxsat bersa, hayot izidan chiqib ketishi turgan gap.


Ba’zan baland sakrash uchun bir qadam ortga tashlashga to‘g‘ri keladi…
*
Men orzular og‘ushida hayot kechiraman. Hech qachon orzularim meni tark etishini istamagan bo‘lar edim.
*
Men imkonsiz ishlarga qo‘l urishni xush ko‘raman. Axir taqdir menga taqdim etgan hayot yo‘lidan chiqib ketishim ham imkonsiz edi-ku!
*
O‘ylashimcha, mening eng kuchli jihatim ruhan juda mustahkam ekanligim. Sababi, aynan ruhiy quvvatim sababli har mavsumda eng zo‘r futbolchi bo‘lishga intilaman.
*
Mashhurlik meni o‘zgartirmadi, degan insonlarga hech qachon ishonmang! Sababi, zarracha mashhurlik kelsa, u o‘sha insonning hayot tarzini o‘zgartirib yuboradi.
*
O‘zingiz uchun qonunlar yarating va unga amal qiling. Tartib va intizom ortidan ulkan g‘alabalar keladi.


*
Super futbolchi bo‘lish uchun ikkita qoidaga amal qilish lozim. Birinchisi o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘lsa, ikkinchisi uyquni rejim asosida yo‘lga qo‘yish. Bir qarashda kichik detallar, biroq super darajaga chiqish uchun aynan shu omillar birinchi o‘rinda yordamga keladi.
*
Har bir futbolchi o‘sishni istasa, uni bundan o‘zidan boshqa hech kim to‘sib qolishga qodir emas.
*
Doimo optimist bo‘lish lozim. Ko‘tarinki kayfiyat o‘z ishingni professional tarzda amalga oshirishda ko‘mak beradi.
*

Fergyuson mening sportdagi otam edi. Aynan u mening futbolchilik karyeramda inqilobni amalga oshirgan shaxs.

*
Yodimda bor, endigina “Manchester Yunayted”ga kelgan chog‘imda raqam tanlashimni iltimos qilishdi. Biroz tortinib 28-raqamni so‘radim. Shunda Ser Aleks : “Yo‘q, sen 7-raqamda to‘p tepasan” dedi. Murabbiyning ishonch bilan menga afsonaviy raqamni topshirganini ko‘rgach, yuragimda olov paydo bo‘ldi. Keyinroq bilsam, bu ishonch kreditlari ekan. Umid qilamanki, bu kreditlarni to‘liq oqladim.
*
Mendan avvalroq ham yosh futbolchilar “Manchester Yunayted” bilan katta g‘alabalarga erishgan. Bu omil meni sira qo‘rqitmaydi. Aksincha, u ertangi kunga bo‘lgan ishonchimning ortishiga sabab bo‘ladi.

*

Mashg‘ulotlar chog‘ida futbolchilar bajarishi juda mushkul bo‘lgan fintlarni mashq qilar edim. Bir kuni ularni Skoulzga ko‘rsatdim. U indamadi va menga 50 metr naridagi eshikni ko‘rsatdi va birinchi urinishdayoq to‘pni o‘sha eshikka tekkazishini aytdi. Men ishonmadim, biroq Pol birinchi urinishdayoq bu ishni uddaladi. Keyin men urinib ko‘rdim. 10 ta urinish ham befoyda ketdi. Skoulz mening terlab ketganimni ko‘rdi va kulib maydonni tark etdi.
*
“Real” bilan shartnoma imzolaganimda, xuddi oila a’zolarimdan ayrilgandek o‘zimni his etgan edim.
*
Men Madriddagi hayotimdan doimo minnatdor bo‘lganman. Agar jamoa imkon berganida, yana 10 yillik shartnomaga imzo chekkan bo‘lar edim.
*
Men hech qachon shaxsiy statistikam uchun to‘p tepmaganman. Barcha kiritgan gollarim ortida jamoamning g‘olib bo‘lishi uchun qilgan mehnatlarim yotibdi.
*
Ha, bizda mashina, uy va juda ko‘p pul bor, ammo hech kim bu narsalarga erishish uchun biz bosib o‘tgan yo‘l haqida fikr yuritmaydi?!
*
Barcha futbolchilar xatoga yo‘l qo‘yadi. Faqat buyuk futbolchilar alamli mag‘lubiyatlardan so‘ng yana oyoqqa turib harakatda davom etishi mumkin.
*
Agar 2016 yildagi Yevropa chempionati oldidan kimdir  birorta gol kiritmasang, Portugaliya chempion bo‘ladi desa, men musobaqada ishtirok etmagan bo‘lar edim.
*
Jarima zarbalarim siri? Hech qanday sir yo‘q. Zarba oldidan darvozaga qaramayman va qani, Krishtianu, zarba yo‘lla, deyman.
*

Leo bilan solishtirishlari o‘rinli, biroq biz dushmanlar emasmiz. Men uni o‘zimni yanada kuchli qilishga majburlagan inson sifatida qabul qilaman. Shu o‘rinda men ham uning yanada kuchli bo‘lishi uchun turtki bo‘lganman.
*

Nima uchun men Messiga hasad qilishim kerak? Axir, men Krishtianu Ronalduman va hech kim men singari sovrinlar yutish borasida rekord o‘rnata olmaydi!
*
“Barselona” ajoyib jamoa, biroq ular boshqa sayyoradan kelmagan. Ular ham biz singari oddiy futbolchilar.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:31, 16.08.2020. O'qildi: 8121 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик