Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      •   Nasaf
      • 0:0
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      •   Paxtakor
      • 0:0
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ning ijara tizimiga qoyil qolmaslikning imkoni yo‘q!

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Madrid superklubi amalga oshirayotgan ijara siyosati haqida fikr almashadi.

So‘nggi yillarda “Real” o‘z futbolchilarini ijaraga berishni san’at darajasiga olib chiqdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ushbu siyosat ikki omilga suyanadi. Ulardan birinchisi o‘z futbolchisini boshqa klubda kuchliroq bo‘lishini kutish bo‘lsa, ikkinchisi — futbolchilarni ijara asosida transfer summasini balandlatib transferga qo‘yish. Misol uchun Maskarell, Alvaro Medran, Burguy, Diyego Lyorente, Raul De Tomas, Oskar Rodriges, Filipp Linxart, Lukas Torro, Alberto Soro, Dani Gomes, Xorxe De Frutos va Xavi Sanchesklub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lsada, asosiy jamoaga kira olmadi. “Real” ularni qo‘ldan boy berish o‘rniga o‘rinli ijaralardan foydalandi va ushbu yigitlarning barchasini boshqa klublarga sotib yubordi. E’tiborlisi shundaki, ushbu transferlardan jamoa naqd 70 million yevro sof daromad ham oldi.

Keling, yorqinroq misol keltiraylik. Ashraf Hakimiy “Borussiya Dortmund” safida fantastik mavsum o‘tkazdi va “Inter”ga 40 million yevroga sotib yuborildi. Bundan tashqari, agar klub istasa Regilonning transferidan ham 30 million yevro ishlab olishi mumkin. Birinchi omil borasida tushuncha bera oldik. Keling, endi o‘z futbolchilarini ijaralar asosida qay darajada kuchaytirib olish mumkinligini “Real” misolida tomosha qilamiz. Ayni damda, klub safidagi 11 futbolchi ijarada to‘p tepish orqali asosiy jamoa e’tiborini tortgan.

Xo‘sh ular kimlar?

Ayni damda, “Real” sayyoramizning eng qudratli klublaridan biri sanaladi. Shu sababli, jamoa tarkibidagi raqobat ham juda kuchli. Boshqa jamoadagi futbolchilar ijaraga berib yuborilsa, o‘zlarini chetga uloqtirib yuborilgandek his etishi turgan gap, ammo “Real”da vaziyat birmuncha o‘zgacha. Ushbu klub futbolchilari asosiy jamoaga loyiq ekanligini isbotlash maqsadida ijarada ikki hissa ter to‘kishga intiladi. Boshqa klubga ijara asosida ketgan futbolchilar ortga kuchli bo‘lib qaytishni oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bugungi kunda ushbu tizim fantastik natija qayd etmoqda. Transferlardan kelib tushgan pullar o‘z yo‘liga. Asosiysi, “Real Madrid” ijara “operasiyasi” orqali asosiy tarkibni kuchaytirib bormoqda. Amaldagi Ispaniya chempionlari tarkibida naqd 8 ta futbolchi o‘z vaqtida ijaraga berib yuborilganidan xabaringiz bormi?

Dani Karvaxal – “Bayer”

Aslida “Real” o‘z himoyachisini rasman nemis klubiga sotib yuborgan edi, biroq bir mavsumdan so‘ng deyarli sotib yuborilgan summa evaziga uni ortga qaytaradi. Sababi, Danining transfer shartnomasida qayta sotib olish bandi mavjud edi. “Qirollik klubi” bu imkoniyatni qo‘ldan boy berishni istamadi. 2013-yilda “Bayer” futbolchisiga aylangan Dani fantastik mavsumni o‘tkazdi va Madridga qaytarildi. “Real”ning ushbu qarori o‘zini to‘liq oqladi. Karvaxal 7 mavsumdan beri jamoaning asosiy futbolchisi sanaladi.

Karlos KazYEmiro – “Portu”

Tan olish lozim, Kazimironing Portugaliyaga qilgan sayohati katta naf keltirdi. “Ajdarlar” safida o‘yin amliyotiga ega bo‘lgan Karlos qisqa muddatda futbolchi sifatida o‘sishga erishdi. Ortga qaytgach, “Real”ning markazdagi uchligidan biriga aylandi.

Lukas Vaskes – “Espanyol”

Lukas “Real”ning asosiy tarkibiga kira olmagach, avvaliga Kataloniya klubiga ijaraga berib yuborildi. Bir mavsumdan so‘ng, “Espanyol” uni sotib oldi, ammo ijara tizimidagi qayta sotib olish imkoniyati “Real Madrid”da qoldi. Kataloniya klubida yana bir mavsum to‘p surgach, jamoa uni to‘liq sotib oldi. To‘g‘ri, Vaskesni super yulduz yoki asosiy figura deb bo‘lmaydi, biroq qahramonimiz Zidanning o‘yin sxemasida o‘ziga joy topa oldi. Uning hisobida “Real” tarkibida o‘tkazilgan 200 ta o‘yin mavjud ekanligini inobatga olsak, ushbu transfer ham to‘liq o‘zini oqlagani ma’lum bo‘ladi.

Marko Asensio – “Espanol”

“Real” Markoni “Malyorka”dan sotib olgach, darrov asosiy jamoaga jalb etishni istamadi. O‘z uslubiga sodiq qoldi va “Espanyol”ga bir mavsumga ijaraga berib yubordi. Asensio Primeroga tezda moslashib oldi va ilk mavsumdayoq 15 ta assist va 4 ta golga mualliflik qildi. Mavsum so‘nggida esa, “Real” uni ortga qaytardi va boshqa qo‘yib yubormadi.

Federiko Valverde – “Deportivo”

“Real” klubining o‘yin falsafasiga tobora moslashib borayotgan Federiko ham o‘z vaqitda “Deportivo”da ijara asosida to‘p tepgan edi. Urugvaylik futbolchi Ispaniyaga moslashishi va yangi hayot tarziga ko‘nikishi uchun “Real” ortiqcha bosimsiz sharoit yaratib berishga qaror qiladi va bu qaror yakunda o‘zini to‘liq oqladi.

Andrey Lunin – “Leganes”

Lunin 3 mavsumdan beri turli klublarda ijara asosida harakat qildi. E’tiborlisi shundaki, ukrainalik kiper o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va oxirigacha kurash olib bordi. Yangi mavsumdan boshlab, “Real” uni rasman jamoaning ikkinchi darvozaboni deb e’lon qildi.

Martin Edogor – “Real Sosyedad”

Martin ham Lunin singari o‘z o‘rnini topgunga qadar ancha “sarson” bo‘lishiga majbur bo‘ldi. Gollandiya klublaridagi ijaralardan so‘ng, “Real Sosyedad” Edogorni to‘liq qayta kashf etdi. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, norvegiyalik futbolchi tez orada Luka Modrichning o‘rnini egallaydi.

Shuningdek, yana 4 futbolchi ortda qolgan mavsumni boshqa klubda o‘tkazdi va ayni damda jamoa ixtiyorida bo‘lib turibdi. “Arsenal”da harakat qilgan Dani Sebalos, “Sevilya”dan qaytgan Regilon, Bundesligadan qaytib kelgan Borxa Mayoral va “Bavariya” ixtiyorida bo‘lgan Alvaro Odrisola. E’tiborlisi shundaki, ushbu futbolchilarning 3 tasi uchun mavsum ajoyib o‘tdi. Dani Sebalyos “Arsenal” bilan Angliya Kubogida zafar quchdi. Odrisola Myunxen klubi bilan YECHLda zafar quchdi. Regilon esa Yevropa Ligasi oltin medallini qo‘lga kiritdi. Katta ehtimol bilan Madrid klubi ularni sotib yuboradi, ammo ayni damda ushbu yigitlar rasman “qirollik klubi” futbolchilari sanaladi.

Kelasi mavsumda “Real” kimlarni ijaraga beradi?

Chap qanot himoyachisi Fran Garsiya “Rayo Valyekano”ga “ravona” bo‘lgan bo‘lsa, Xesus Valyexo “Granada”ga yo‘l oldi. Braziliyalik yarim himoyachi Raynyer “Borussiya Dortmund”ga ikki mavsumga ijaraga berib yuborildi. Jamoaning kelajakdagi super yulduzi bo‘lishi kutilayotgan Kubo esa, “Vilyareal”da bir mavsum to‘p tepadi. Yaqin yillar ichida bu yigitlar katta o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgancha, “qirollik klubi”ga qaytishi yoki klub uchun katta daromad olib kelishiga ishonchimiz komil.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:54, 04.09.2020. O'qildi: 16167 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик