Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oksana Chusovitina: “Mening medallarim mehnat, qat’iyat va ba’zida to‘kilgan ko‘z yoshlardan yasalgan”

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / gimnastika
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbek va jahon sporti tarixiga o‘z nomini zarhal harflar bilan bitib ulgurgan gimnastikachi Oksana Chusavitina siymosi jahon OAV nigohida. E’tiboringizga argumenti.ru saytida hamyurtimiz bilan tashkil qilingan intervyuni havola qilamiz:

«Oksana Chusovitina! Tarixda yetti marta Olimpiadada ishtirok etgan yagona gimnastikachi! 1992 yil Barselonada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy yo‘nalishda chempion, tayanib sakrash bo‘yicha Pekin-2008 Olimpiadasida kumush medal sohibasi, 3 karra jahon chempioni, Yevropa chempionati g‘olibi va bu yutuqlar Oksana Aleksandrovna erishgan barcha muvaffaqiyatlar emas, ularni hali davom ettirish mumkin. Afsonaviy gimnastikachi 30 yildirki katta sportda, biroq u hamon butun dunyoni o‘zining yuksak qobiliyati bilan lol qoldirmoqda. Mahoratli sportchi, go‘zal ayol, mehribon ona va sevimli turmush o‘rtoq. Bugun biz Oksana Chusovitinaning xayotiga nazar tashlaymiz.

“Men baxtli insonman deb bemalol ayta olaman, negaki hech qachon men boshqa ish bilan shug‘ullanishim yoki boshqa yo‘lni tanlashim kerak degan xayol kelmagan. Bolaligimda polisiyachi bo‘lishni xohlaganman, biroq bu uchun insonning “alohida” hayoti bo‘lishi kerakligini tushungach, gimnastikachi bo‘lishga qaror qilganman.

Maktab davrida jismoniy tarbiya darsini unchalik ham xushlamaganman. Sevimli darslarim esa matematika va adabiyot bo‘lgan.

Dadam doimo yaxshi ta’lim olmasang, sportda ham yutuqlarga erisholmaysan derdilar. Chunki miya ishlab, aqlni charxlab turmasangiz, sportda ham natijalar bo‘lmaydi.

Oilamizda sportchilar yo‘q. Onam sportni tanlaganimda juda hayron bo‘lgan edilar. Katta opam – haykaltarosh, o‘rtancha opam – tibbiyot sohasi vakili, akam – aloqa injeneri.

Ota-onam menga hech qachon baqirishmagan, aksincha, biror ishni noto‘g‘ri bajarsam, yotig‘i bilan tushuntirishardi. Aslida, men yoshlikdan juda faol va harakatchan bo‘lganman. Masalan, ko‘chaga chiqib kuchuklarni bir joyga to‘plardim va aravachaga o‘tkazib, ularni uyga olib kelardim.

Onam har doim sport bilan shug‘ullanishimga qarshi bo‘lganlar. Hattoki menga pianino olib berishgandi. Ma’lum vaqt raqs to‘garagiga olib borishga ham harakat qilishdi.

Menda sportga qobiliyat bo‘lgan deb aytolmayman. Men shunchaki tez yugurardim va yaxshi sakrardim. Sport mashqlarini maromiga yetkazib bajarish mendan katta mashaqqat talab etardi. Dadam “biror ishni boshladingmi, oxirigacha yetkaz”, deb ta’kidlardilar.

Meni shunday tarbiya qilishgan: murabbiy biror mashqni 10 marta qilishni buyursa, 12 marta bajarardim, shpagatda 5 daqiqa o‘tirish kerak bo‘lsa, ko‘proq o‘tirardim. Mashg‘ulot zalida murabbiy doim haq va u eng asosiy odam hisoblanadi.

Agar murabbiy senga ahamiyat bersa – bu yaxshi, demak, u sendan harakat va muvaffaqiyat kutadi, bordiyu sen uning e’tiboridan chetda qolsang, ana shunisi yomon.

Murabbiy doimo sportchining imkoniyatlarini ko‘ra biladi va behudaga tanbeh bermaydi. Ota onalarga esa farzandi va murabbiyning o‘rtasidagi munosabatga aralashmaslikni maslahat berardim. Masalan, farzandingizni jarrohga olib borsangiz, uni qanday davolash kerakligi haqida aytmaysizku. Har birimiz o‘z vazifamizni bajarishimiz lozim.
Agarda hayotimni yana boshidan yashash imkoni berilganda, men yana xuddi shunday yashardim. Faqat o‘g‘lim kasal bo‘lmasligini va dadam mening Olimpiadadagi yutug‘imni ko‘rishlarini istardim.

Mening medallarim mehnat, qat’iyat va ba’zida to‘kilgan ko‘z yoshlardan yasalgan.

Men uchun eng esda qolarli Olimpiada Pekin-2008 bo‘lgan. Biroq men u o‘yinlarda kumush medal sovrindori bo‘lganim uchun emas, Pekindan qaytgach o‘g‘lim bilan shifoxonada navbatdagi tekshiruvdan o‘tishimiz lozim edi. Hayriyat-ki, shifokor o‘g‘lim Alisherning sog‘lomligini va biz boshqa shifoxonada qolishimiz shartmasligini aytishdi.

O‘g‘lim 3 yasharligida leykemiya bilan kasallandi. Avvallari bu kasallikka duch kelmagandim, o‘g‘limning xastaligiga ishonolmadim. Biroq turmush o‘rtog‘im bilan tezda o‘zimizni qo‘lga olib, qayerda va qanday davolash, kasallik bilan kurashish haqida o‘ylay boshladik. Barcha yaqinlarimiz bizga yordam qo‘lini cho‘zishdi.

Kasallik statistikasini ko‘rdim, biroq ichimda barchasi o‘tib ketishi va farzandim tuzalishiga ishonardim, doimo o‘g‘lim bilan hammasi yaxshi bo‘lishini bilardim.

Kasallik bilan to‘qnashgan insonlarga esa turli xil internet manbalarga ishonmaslikni va o‘zboshimchalik bilan davolanmaslikni maslahat beraman. Albatta, shifokorlarga murojaat qilish kerak. O‘g‘lim xastaligida kasallik haqida hech qanday ma’lumotlar o‘qimasdim, bunday narsalar insonni yanada xavotirga tushiradi. Shifokorlarga o‘z vazifalarini bajarishda halaqit bermaslik kerak, deb o‘ylayman.

Hech qachon ortga qaramayman. Nimaiki bo‘lsa ham – bari ortda qoladi. Menga oldinga qarab yashash, intilish yoqadi.

Qo‘lga kiritgan medalim bilan g‘ururlanaman, chunki unga o‘zim yetishdim, uni menga hech kim sovg‘a qilmagan va sotib olib bermagan.

Menimcha, sportdagi eng katta yutug‘imga hali erishmadim. Men bu yutuq sari odimlayapman. Bu mening orzuim va maqsadim. Ayol sifatida men judayam baxtiyorman, negaki meni qo‘llab-quvvatlaydigan oilam bor.

Men sportchilik faoliyatimni davom ettirishim uchun turmush o‘rtog‘im sport sohasini tark etdi. Men undan butun umr minnatdorman, bilmadim, men xam shunday yo‘l tuta olarmidim? Bu qarori bilan turmush o‘rtog‘im menga butun umrga tatigulik sovg‘a hadya etdi.

Muvaffaqiyatlarim kaliti – bu meni qo‘llab-quvvatlaydigan oilam borligida. Sevimli umr yo‘ldoshim va farzandim. Har bir musobaqamdan so‘ng o‘g‘lim menga qo‘ng‘iroq qilib “Oyijon yaxshimisiz, hech qayeringiz lat yemadimi”, deb so‘raydi.

O‘g‘lim mustaqil yigit. Ota-ona sifatida biz maslahat berishimiz mumkin, biroq tanlash huquqi farzandimda, uning o‘zi qaror qabul qilishi kerak.

Men hech qachon Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lishni orzu qilmaganman. Hatto yoshligimda televizor orqali gimnastikachilarning chiqishlarini tomosha qilgan paytlarimda ham. Mashg‘ulotlarni boshlagan paytim mashhur gimnastikachilar haqida hech qanday ma’lumotga ega emasdim. Lekin terma jamoa tarkibiga kirgan, barchasini bilib oldim.

Faqatgina yakshanba kuni dam olaman, agarda tug‘ilgan kunim yakshanbaga to‘g‘ri kelmasa – demak men zalga, mashg‘ulot o‘tkazish uchun boraman.

Tan olaman – yugurishni unchalik yoqtirmayman. Undan ko‘ra sakrash ko‘proq yoqadi.

Barcha narsani iste’mol qilishim mumkin, lekin me’yorida. Har kuni – bir bo‘lakdan shirinlik yeyman.

Karantin davrida muzqaymoqdan turli xil kokteyllar tayyorlashni o‘rgandim, hatto kafe ochsam ham bo‘lsa kerak (kuladi).

Kelajakda bolalarga murabbiylik qilishni, ularning yuragida sportga mehr uyg‘otishni xohlayman. Nafaqat gimnastikaga, balki umuman sportga».

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:13, 16.09.2020. O'qildi: 2942 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.