Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Angliyada nimalar bo‘lyapti?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Tumanli albionda" jamoalar kutilmagan sermahsullikni namoyish etmoqda. APL uchun begona bo‘lgan sermahsullikning sababi nimada? Kutilmagan natijalarning tez-tez uchrayotganini qanday izohlash mumkin? Bugun shu savollarga javob izlab ko‘ramiz.

So‘nggi dam olish kunlaridagi natijalar APLning shiddatini to‘liq namoyish etdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xausda "Aston Villa" amaldagi chempionni 7:2 hisobida taslim qildi. "Tottenhem" esa, "qizil iblislar"ni mehmonda 1:6 natijasida tiz cho‘ktirdi. Angliya oliy divizionida bunday sermahsullik so‘nggi 90 yil ichida ilk bor kuzatilmoqda. Aslida, bu voqealar tasodif emas. BBC nashrining ma’lum qilishicha, barchasiga futbol uchrashuvlarining muxlislarsiz o‘tayotgani sabab bo‘lmoqda. Keling, avvaliga statistikaga murojaat qilamiz.

Ushbu mavsumda allaqachon 144 ta gol kiritildi. 38 ta o‘yinda 144 ta gol. Bu ko‘rsatgich o‘tgan mavsumda 104-ta golni tashkil etayotgan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir o‘yinda o‘rtacha 3,79 ta gol kiritilmoqda. Bu borada rekord 1930/31 yilgi mavsumda o‘rnatilgan edi. o‘shanda, har bir o‘yindagi o‘rtacha gollar soni 3,95 tani tashkil etgan.

Ortda qolgan 38 ta o‘yinning 11 tasida yirik hisob qayd etilgan. Ushbu bahslarda 5 tadan kam gol kiritilmadi. Bu musobaqaning 29 foiz o‘yinlarida yirik hisob qayd etilmoqda degani. Bunaqasi 1960/61-mavsumdan beri kuzatilmayotgan edi.

Yakshanba kuni «Liverpul» o‘zi istamagan tarzda "Arsenal" tomonidan 1953 yilda o‘rnatilgan rekordni yangiladi. So‘nggi bor amaldagi chempion o‘z darvozasidan 7 ta gol olib chiqishi uzoq o‘tmishda kuzatilgan edi.

«Everton» himoyachisi Maykl Kinning aytishicha, sermahsullik bo‘yog‘iga faqat kattalashishi mumkin:

"Buni tushunish oson. Sababi, 5 ta gol kiritish uchun sen 3 ta gol o‘tkazib yuborishning mumkin. Men muxlislarsiz o‘tayotgan uchrashuvlardagi natijalarni turli omillar sababli yuzaga kelmoqda deb o‘ylayman. Boz ustiga, futbolchilarning COVID-19 sababli jismoniy imkoniyatlari turli darajada. Mashg‘ulotlar ham hali to‘liq o‘z izmiga tushgani yo‘q. Muxlislarning yo‘qligi esa, hujumchilarga ortiqcha bosimsiz to‘p tepish uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Ular avval amalga oshirishga cho‘chigan barcha narsani maydonda ko‘rsatib borishmoqda.

Futbol eksperti Mark Chempman:

Bu yozda men muxlislarsiz arenalarda ko‘rinish berayotgan ko‘plab sportchilar bilan suhbatlashdim. Ularning aytishicha, muxlislarsiz to‘p surish insonni bor e’tiborini maydonga qaratilishidan to‘xtatib qoladi. Alan Shirrar va Jermeyn Jennaslarning aytishicha, futbolchilar adrenalinni aynan arenadagi muxlislardan olgan ekan.

Bundan tashqari, BBC yana bir qiziq intervyuni e’tiborimizga taqdim etmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, APL klubining bosh murabbiyi o‘z ismini oshkor qilishni istamagan, ammo vaziyatga o‘z fikrini bildirib o‘tgan. Uning aytishicha, muxlislar yaratayotgan atmosfera hakamlar chiqaradigan qarorga ta’sir o‘tkazadi. Boz ustiga, o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng, bo‘sh arenada o‘yinga qaytish mushkul. Muxlislarsiz futbolchilar bu ishni uddalay olishmayapti. Ular o‘rganib qolgan katta ajotaj, himoyada agressiv to‘p surishning imkoni yo‘q. Katta klublarning muxlislar armiyasi ham juda ulkan bo‘ladi. Ularning 90 daqiqa uyushtirgan bosimi tufayli o‘rtacha darajadagi futbolchilar ruhan ezilib qoladi va o‘yin davomida ko‘p xato qiladi. Aynan shu xatolar yakunda kuchsizroq klublarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lar edi. Endi, hech qanday ruhiy bosimsiz ular kam xato qilishmoqda. Shu sababli, natijalar avvalgidek emas.

Sport olamidagi mashhur psixologlardan biri Maykl Kolfild ham bu vaziyatga oydinlik kiritishga urinib ko‘rdi:

"Futbol - qo‘rquv va tahdid ustiga qurilgan sport. Bu omillar muxlislar tashrifisiz yo‘qqa chiqdi. Katta klublar esa, o‘z muxlislar armiyasiga shu qadar o‘rganib qolganki, hatto mehmondagi o‘yinlarda ham ularning yo‘qligini his etmoqda.

Shunday bo‘lsada, vaziyatga umuman boshqa ko‘z bilan boqayotgan insonlar ham yo‘q emas. Misol uchun APL shiddatidan bahra olgan sobiq futbolchi Kris Sattonning o‘z shaxsiy fikri tamomila o‘zgacha:

"APL himoyachilarining darajasi juda pastlab ketdi. Darvozabonlar ham avvalgidek emas. Shunchaki, himoyalanuvchi futbolchilarning darajasi keskin pasayib ketdi."

Sottonning firkini «Manchester Siti» klubining sobiq a’zosi Mika Richards ham qo‘llab-quvvatladi:

«Bu shunchaki quruq gaplar. O‘z vaqtida biz ham »Yunayted«ni arena to‘la muxlislar ko‘z oldida 1:6 hisobida mag‘lub etganmiz.»

Shu o‘rinda savollar ko‘payib ketishi turgan gap. «Liverpul», «Siti», «Manchester Yunayted» va «Lester» jamoalarining himoyadagi no‘noq harakatini qanday izohlash mumkin. Aslida, APL klublari hech qachon bu qadar kam dam olgan mavsumni boshlamagan edi. To‘g‘risi, ba’zi vaziyatlarda zich taqvim ham o‘z so‘zini aytmoqda. Ushbu mavsumda futbolchilar uchun tiklanib olish imkoniyati juda kam.

Kolfildnig aytishicha vaziyat juda murakkab:

«Ba’zida taqvimning ham futbol natijalariga ta’siri bo‘lmoqda. Misol uchun »Manchester Yunayted« 34 kun dam oldi va atigi bir bor mavsum oldi o‘yinda maydonga tushdi.»

Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilmagani esa, natijalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. «Tottenhem» esa, mavsumga qadar 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va tempni ushlab oldi. «Qizil iblislar» esa, hali tempni ushlab olmadi. Boz ustiga, jamoa tarkibni ham to‘liq shakllantirib olgani yo‘q.

Penaltilar soni ham bejizga ortib ketmadi. O‘tgan mavsum bilan solishtirsak, 11 metrlik zarbalar soni 22 foizga ortib ketgan. Bunga qo‘l bilan o‘ynash va jarima zarbalari haqida chiqarilgan yangi qonun bilan bog‘liq. Yangi qabul qilingan qonunlar sababli himoyachilar ehtiyotkorlikni oshirishi lozim. Boz ustiga, VAR ning paydo bo‘lgani ularni yanada qiyin ahvolda qoldirmoqda. O‘yin anteqahramoni bo‘lishdan ko‘ra biroz agressiyani kamaytirish eng yaxshi yechimga aylanmoqda. Bu ortiqcha ehtiyotkorlik esa, hujumchilarga qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda.

Bu faktorlarning APL uchrashuvlariga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotganidan qat’iy nazar, o‘yinlar yanada tomoshabob bo‘lib bormoqda.

Manba: BBC
Kiritildi: 10:18, 08.10.2020. O'qildi: 13380 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.