Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. Qasos guruhi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Yevropa Chempionlar Ligasidagi qiziqarli guruhlar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugun e’tiboringizni «H» guruhidagi jamoalarga qaratamiz.

«H» guruhi: PSJ, «Manchester Yunayted», «RB Leypsig», «Istanbul Bashekshaxer»

PSJ (UYEFA reytingidagi 7-o‘rin)

Murabbiy: Tomas Tuxel

Yozdagi yo‘qotishlari: Jamoa yozda bir nechta futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Avvaliga Kavani, Keyin Silva va yakunda Toma MenYE. Shuningdek, zaxiradagi joker Chupo-Mouting ham javob berib yuborildi.

Kimlar safga qo‘shildi: Jamoa sinovdan o‘tgan Riko va Ikardining transfer huquqini to‘liq sotib oldi. Shuningdek, raqib hujumlarini barbod qilishi bilan dong taratgan Danilu safga qo‘shib olindi. Shuningdek, Moyze Kin, Rafina va Florensilar bilan shartnoma imzolandi.

YECHLdagi eng yaxshi natija: Final 2019/20

Jamoa yetakchilari:  Keylor Navas, Markinyos, Di Mariya, Neymar, Mbappe.
Kuchsiz tomonlari: Tyago Silva «Chelsi»ga ketgach, endi himoyadagi yetakchilik Markinyosning zimmasiga yuklatiladi. Afsuski, braziliyalik himoyachida yetakchilik borasida tajriba juda oz. Aynan shu omil Parij klubiga muhim bahslarda pand berib qo‘yishi mumkin.

Kuchli tomonlari: Tomas Tuxel yulduz futbolchilardan yulduz jamoani yaratishda davom etmoqda.Natija chakki emas. Klub o‘tgan mavsumda musobaqa finaliga qadar yetib keldi va oldinga bir qadam tashladi. «Bavariya»dan uchralgan mag‘lubiyatga qaramay, jamoa to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda.

Optimal tarkib: (4-3-3): Navas — Florensi, Markinyos, Kimpembe, Bernat — Gee, Verratti, Di Mariya — Neymar, Mbappe, Ikardi.

«Manchester Yunayted» (UYEFA reytingida 8-o‘rin)

Murabbiy: Ole Gunnar Sulsher

Yozdagi yo‘qotishlari: «Qizil iblislar»ni yozda tark etganlar hech qanday muammo tug‘dirmasligi aniq. Murabbiy rejasiga kiritilmagan Smolling va Aleksislar nihoyat klubni rasman tark etishdi. Qolgan hamma o‘z joyida.

Kimlar safga qo‘shildi: Chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Aleks Tellas, markazdagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun Doni Van De Bek xarid qilindi. Transfer oynasining so‘nggi kunida esa Edinson Kavani transferi e’lon qilindi. Ushbu transfer kompaniyasini muvaffaqiyatli o‘tdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

YECHLdagi eng yaxshi natijalar: Uch karra chempionlik 1967/68, 1998/99 va 2007/08

Jamoa yetakchilari: Bruno Fernandesh, Markus Reshford, Pogba, De Xea

Kuchsiz tomonlari: APL startida jamoa «Kristal Pelas» va «Tottenhem»dan o‘z uyida alamli mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi. Aynan shu uchrashuvlarda jamoaning muammolari yaqqol ko‘zga tashlandi. Himoyadagi no‘noq o‘yin va liderlarning formada emasligi yakunda pand berib qo‘yishi mumkin. Afsuski, Sulsher sehrgar emasligi oydinlashib bormoqda. Shunday ekan, bu muammolar bilan musobaqada «mo‘’jiza» ko‘rsatish juda mushkul.

Kuchli tomonlari: «Qizil iblislar» nomlar borasida guruhdagi barcha raqibdan ustunroq. Bu yerda Pogba, De Xea, Marsial, Reshford, Grinvud, Maguayer, Fernandesh va boshqa super yulduz maqomidagi futbolchilar mavjud. Ularning o‘yini o‘xshab qolsa, istalgan raqibga mushkul bo‘lishi turgan gap.

Optimal tarkib: (4-2-3-1): De Xea — Van-Bissaka, Lindelef, Maguayr, Telles — Matich, Pogba — Reshford, Brunu Fernandesh, van de Bek (Grinvud) — Marsyal.

«RB Leypsig» (UYEFA reytingida 23-o‘rin)

Murabbiy: Yulian Nagelsman

Yozdagi yo‘qotishlari: Timo Verner «Chelsi»ga ravona bo‘ldi. Shuningdek, «Roma»dan ijaraga olingan Patrik Shik ham ortga qaytib ketdi.

Kimlar safga qo‘shildi: Jamoa yozda klubni tark etgan futbolchilar o‘rnini ajoyib tarzda to‘ldirdi. «Kristal Pelas»dan Turkiyada shov-shuv ko‘targan Aleksander Serlotning transferi sotib olindi. Shuningdek, koreyalik Xvan Xi Chxan va Jastin Klyuverlar «buqalar» tarkibi to‘ldirdi.

YECHL tarixidagi eng yaxshi natija: yarim final 2019/20

Jamoa yetakchilari: Gulachi, Upamekano, Zabiser, Poulsen.

Kuchsiz tomonlari: O‘tgan mavsumdagi ajoyib natija sababli, endi muxlislar «buqalardan» yanada yaxshi o‘yin talab qilishadi. Bu qo‘shimcha bosim degani. Bundan tashqari, o‘tgan mavsumda klub uchun 44 ta gol kiritgan Verner va Shiklarning o‘rnini Xvan va Aleksander qanday to‘ldirishi noma’lum.

Kuchli tomonlari: Birinchi navbatda Nagelsmanning kuchli sistemasi! E’tiborlisi shundaki, Nagelsman vaziyatdan kelib chiqib o‘yin rejasini o‘zgartirishga qodir murabbiy. Bu plyus unga va jamoasiga YECHLning guruh ham asqatishi mumkin.

Optimal tarkib: (3-4-2-1): Gulachi — Klostermann, Upamekano, Xalstenberg — Zabiser, Laymer, Adams, Anxelinyo — Olmo, Nkunku (Forsberg) — Poulsen (Serlot).

Istanbul Beshekshaxer" (UYEFA reytingida 58-o‘rinda)

Murabbiy: Okan Buruk

Yozdagi yo‘qotishlari: «Istanbul» jamoasini yozda Robinyo, Klishi, Inler va Elia singari futbolchilar tark etishdi. Shunday bo‘lsada, ulardan faqat Gayl Klishigina asosiy tarkib futbolchisi edi. Shu bois, yo‘qotishlarni ulkan deb bo‘lmaydi.

Kimlar safga qo‘shildi: Jamoa yozda vaqtni bekor o‘tkazmadi. Terma a’zosi Xasan Ali Kaldirim, «Lion»dan Rafayel, va «Zenit» sharafini himoya qilgan Julianolar endi «Istanbul» a’zosi. Shuningdek, Turkiya futbolida endi ko‘zga tashlanayotgan iqtidorlar bilan ham shartnomalar imzolandi. Ular orasida Ravil Tagirning borligi so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

YECHLdagi eng yaxshi natijasi: Debyut

Jamoa yetakchilari: Gyunok, Yepuryanu, Shkrtel, Topal, Vishcha, Ba.

Kuchsiz tomonlari: Afsuski, «Istanbul» jamoasining tarkibi guruhdagi raqiblarnikidan 3 barobar kuchsizroq. Boz ustiga, jamoa Turkiya chempionatini juda yomon boshladi. 4 ta turdan so‘ng, klub so‘nggi pog‘onada bormoqda. Achinarlisi shundaki, klub hali bu mavsumda rasmiy uchrashuvlarda gol kiritganicha yo‘q.

Kuchli tomonlari: Ochig‘i, jamoaning kuchli jihatlari guruhdan chiqish uchun imkoniyat yaratmaydi. Top 5 chempionatlarda harakat qilgan futbolchilar yordamida PSJ va «Manchester Yunayted»ga qarshi bosimsiz harakat qilish mumkin xolos. Ayni damda, bu jamoaning boshqa hech qanday ustunligi mavjud emas.

Optimal tarkib: (4-1-4-1): Gyunok — Kaysara, Shkrtel, Yepuryanu, Kaldirim — Tekdemir — Vishcha, Kaxvechi, Juliano, Shadli — Ba (Krivelli).

Guruhning o‘ziga xos «Fishkalari»

- «Istanbul» guruhdagi birorta klub bilan hali maydonda to‘p surmagan. Bu barcha uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lishi mumkin.

- «Buqalar» o‘tgan mavsumda PSJga YECHL yarim finalida yirik hisobda mag‘lub bo‘lishgan. Hisobni tenglashtiradigan vaqt yaqinlashmoqda.

- Shu o‘rinda, PSJ ham 2018/19 yilgi YECHL pley-offidagi alamli mag‘lubiyat uchun «Manchester Yunayted»ni jazolashi mumkin.

- «H» guruhida bir nechta futbolchilar o‘z sobiq klublariga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega. PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar Kavani Parij klubi darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin. Ander Errera va Di Marialar esa, sobiq jamoasi muxlislarini ranjita oladimi?!

- «Istanbul»ning yangi futbolchisi Rafayel «MYU» safida 170 ta o‘yin o‘tkazgan va 3 bor APL oltin medallariga ega chiqqan.

- Guruhdagi 3 ta klub o‘tgan mavsumda xalqaro maydonda ishonchli to‘p surdi va o‘z tarkibi deyarli saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:19, 17.10.2020. O'qildi: 9565 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик