Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ortda qolgan yevrohaftalikning eng muhim voqealari

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz ortda qolgan yevrohaftalikdagi eng qiziqarli voqealarni yodga oladi.

YECHLda ikkita dubl! Yevropa Ligasida 2 ta xet-trik

Yevropa Chempionlar Ligasining ilk turidayoq to‘rt futbolchi to‘purarlar poygasida peshqadamlikni qo‘liga oldi. Ulardan biri «Dinamo» darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan Alvaro Morata bo‘lsa, ikkinchisi «Leypsig» himoyachisi Anhelino. Himoyachi «Istanbul» darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Lukakuning ikkita goli «Inter»ga g‘alaba uchun kamlik qilgan bo‘lsa, Koman "Atletiko" kipperini ikki bor xafa qildi.

Yevropa Ligasida esa, birinchi turning o‘zidayoq xet-trik qayd etildi. Ikki futbolchi ham bu ishni raqib maydonchasida amalga oshirdi. 21 yoshli Darvin Nunes «Lex»ni (2:4) ranjitgan bo‘lsa, «Lill» «Sparta»ni Yusuf Yazidjining 3 ta goli evaziga (4:1) taslim etdi. Tan olish lozim, ilk tur ikkita musobaqada ham gollarga boy bo‘ldi.

Shubhali penalti va hakamlarga e’tiroz

Yevropa Chempionlar Ligasining ilk turi hakamlar bilan bo‘lgan mojarosiz o‘tmadi. Voqea «Siti» o‘z maydonida «Portu»ni qabul qilgan uchrashuvda paydo bo‘ldi. "Ajdarlar« tezkor gol urishni uddalashdi, ammo ko‘p o‘tmay hakam ular darvozasiga penalti belgiladi. Rahim Sterling o‘z uslubida jarima maydonchasi ichiga yorib kirishidan bir necha soniya ilgari Ilkan Gundogan »Portu" kipperi Markesinga nisbatan qo‘pollik ishlatgan edi. Latviyalik hakam VARni tomosha qildi va bu vaziyatga e’tibor qaratmadi. oqibatda, «Portu» kiritgan tezkor gol o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘yindan so‘ng «Portu» jamoasi bosh murabbiyi Serjiu Konsesau o‘z g‘azabini yashirib o‘tirmadi.

"Men shu o‘rinda Portugaliyalik hakamlardan uzur so‘ramoqchiman. Ichki birinchilik doirasidagi o‘yinlarda ularga juda ko‘p e’tiroz bildiraman. Ularni bizga nisbatan nohaq qaror chiqarishda ayblar edim, ammo bugungi o‘yindan so‘ng fikrim batamom o‘zgardi. Endilikda xalqaro hakamlar ham Portugaliyalik referilardan o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalar mavjud ekanligini bilib oldim. Hakamlik bugungi bahsning natijasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi"

Yevropa Chempionlar Ligasida avtogol paradi

YECHLning ilk turi avtogollarga juda boy bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. 16 ta o‘yinda futbolchilarning 5 tasi o‘z darvozasini ishg‘ol qilishdi. Ilk avtogolni «Bryugge» kipperi darvozaboni boshlab berdi. Lovrenning zarbasi to‘singa chekkach, to‘g‘ri darvozabonga tegdi va to‘p darvozadan joy oldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida es,a «Borussiya Dortmund» darvozaboni Marvin Hits bu ishni takrorladi. Maydondagi futbolchilar ham vaziyatdan chetda qolishni istamadi. Antoni Marsial, Rafayel Varan va Niko Talyafikolar ham o‘z hisobiga bittadan «gol yozdirib» qo‘ydi.

YEL gollar shousi

Yevropa Ligasi doirasidagi bahslarning ikkitasida 8 tadan gol kiritildi. Ulardan biri «Bayer» va «Nitsa» o‘rtasida kechgan bo‘lsa, ikkinchisi Ispaniyada bo‘lib o‘tgan «Vilyareal» : «Sivasspor» qarama-qarshiligida kuzatildi.

Nemislar Patrik Viyera boshchiligidagi jamoani 6:2 hisobida tor-mor etishdi. O‘yin esa, kutilganda teng kurashlar ostida o‘tdi. Vaziyatlardan foydalanish borasida «Bayer» uddaburonroq chiqdi va yakunda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ispaniyada esa, biroz boshqacha ko‘rinishdagi o‘yin ssenariysi namoyish etildi. «Sariq suvosti kemasi» avvaliga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Keyin hisob tenglashtirildi. Ko‘p o‘tmay tabloda 3:3 natijasi yondi. Keyin Pako Alkaser ishga kirishib ketdi. Hujumchi o‘zining ikkita goli bilan «Sivasspor»ni imkonsiz vaziyatda qoldirdi. Yakunda, ispanlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Turk klubi uchun esa, ajoyib bahs uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirib o‘tamiz.

Messi va Vinisiusning rekordlari

«El-klasiko» arafasida «Barsa» va «Real» futbolchilari o‘ziga xos rekord qayd etishdi.

Ispaniya La Ligasidagi to‘qnashuvdan oldin Messi ECHLning ketma-ket 16-musobaqasida gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi. Bunga qadar Rayng Giggzgina 16 ta musobaqada gol kiritgan, biroq o‘rtada uzilishlar mavjud edi. Argentinalik futbolchi uning rekordini yangiladi va yanada mukammallashtirdi. Uning rekordini qaytarish imkoniyati Krishtianu Ronalduda mavjud. Portugaliyalik futbolchi 15 ta musobaqadan beri gol kiritib kelmoqda.

Vinisius Junior esa, biroz o‘zgacha tarzda futbol tarixiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Gap shundaki, u maydonga tushganidan 15 soniya o‘tib gol kiritdi. Afsuski, Vinisiusning rekordi jamoasiga hech qanday naf keltirmadi.

«Bavariya» sovrinni munosib himoya qilmoqchi

E’tiborlisi shundaki, «Bavariya» o‘tgan mavsumda o‘z uslubi bilan barchani hayron qoldirgan, biroq ularni "Atletiko« to‘xtatib qolishi taxmin qilingan edi. Kutilmaganda, »Matraschilar« »RB Leypsig«dan mag‘lub bo‘lishdi va musobaqani erta yakunlashdi. Ular o‘rtasidagi o‘zgacha to‘qnashuvni barcha kutgan edi, ammo bu o‘yin yangi mavsumda bo‘lib o‘tdi. Tarkibini Suares bilan kuchaytirib olgan "Atletiko" kutilganda tor-mor etildi. Kingsli Koman esa, o‘yinda chinakam shou namoyish etib berdi.

Parij qizil rangda

Aslida, «qasos» guruhida PSJning imkoniyatlari yuqori baholanayotgan edi. Amaldagi finalchi ikki yil avvalgi alamli mag‘lubiyat alamini olishi taxmin qilingan edi. Amalda esa, barcha boshqacha ko‘rinish oldi. Tomas Tuxel shogirdlari birinchi bo‘limni qo‘ldan boy berishdi. Keyin, Parij hisobni tenglashtirdi, ammo o‘yindagi yakuni so‘zni Reshford aytdi. Tuxel o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli yurish tasodif emasligini isbotlashi lozim edi, ammo bu o‘yini bilan barchaning ko‘nglida shubha uyg‘otdi. To‘liq tarkib va o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ga bor berilgan o‘yin sababli uning kursisi yaxshigina qimirlab ketdi.

«Real» qoqildi

Birinchi turdagi eng hayratlanarli voqea Madridda sodir bo‘ldi. «Real» 20 yillik tanaffusdan so‘ng, o‘z uyida Ukraina klubiga mag‘lub bo‘ldi. Asosiy tarkibning deyarli 10 ta futbolchisi yo‘qligiga qaramay, «Shaxtyor» g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ajablanarlisi shundaki, mehmonlar o‘tin taqdirini birinchi bo‘limning o‘zida hal etib qo‘yishdi. Ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlar esa, hech yo‘q durangni ushlab qolishga ham kamlik qildi. Ispaniya nashrlari ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan so‘ng Zidanning o‘rnini egallashga qodir yangi nomzodlar nomini e’lon qilishni boshladi. Ayni damda, Pochettino va Raul variantlari mavjud ekanligi haqida yozishmoqda. Bu shunchaki taxmin xolos, biroq Zidan guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshlagani ko‘pchilikni hayron qoldirgani rost.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:50, 24.10.2020. O'qildi: 4181 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик