Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Конкенсе" - "Реал Сосьедад".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Адана Демирспор" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Барбастро" - "Барселона".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Фенербахче".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Кубок Италии. 1/16 финала. "Лечче" - "Сассуоло".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.07.2025

      05:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Вышка.
      06:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 3 м.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 10 в Монако.
      10:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России 2025.
      10:35 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани. Групповая гонка. Мужчины.
      12:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды. Прямая трансляция.
      15:00 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 "Небесная грация".
      17:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      17:55 LIVE Велоспорт. Альфа-Банк Первенство России в Пензе. Прямая трансляция.
      19:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:45 Д/с "Сила воды".
      21:00 "Вопреки всему".
      21:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины. Прямая трансляция.
      22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      00:55 Д/с "Век нашего спорта".
      01:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      03:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      04:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Fight Night 32" в Бангкоке, Таиланд. Аллиссия Хеллен Родригес против Йоанны Перссон, Владимир Кузьмин против Стефана Короди. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      13:25 LIVE Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP TCR. Гонка 1. Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      16:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:10 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Финал. Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Новости.
      19:00 LIVE Футбол. OLIMPBET Суперкубок России. "Краснодар" - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:30 Смешанные единоборства. Shlemenko FC 11 в Омске, Россия. Александр Шлеменко против Гильерме Кадены.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Нэшвилле, США. Предварительный кард. Крис Кёртис против Макса Гриффина, Чиди Нжокуани против Джейка Мэттьюса. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.07.2025

      07:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      10:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      12:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль. Прямая трансляция.
      20:45 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 7. Обзор.
      21:45 BMX. Чемпионат Европы в Валмиере, Латвия.
      23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Кракове, Польша. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      00:00 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция.
      01:05 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ni rad etgan, og‘ir jarohatdan tiklangan «yangi Messi» haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz «Barselona» klubi muxlislariga umid berishdan charchamayotgan Ansu Fati bilan yaqindan tanishtirib o‘tishga qaror qildi. Bugun uning qisqagina faoliyati davomida bo‘lib o‘tgan ulkan voqealar haqida so‘z boradi. 

Messi "bo‘limoqda"

So‘nggi 15 yil ichida Messi ilk bor maydondagi mavqeyini boshqa futbolchi bilan bo‘lishmoqda. Bunaqasi avvallari sira kuzatilmagan edi. Xavi va Inyesta davrida Leo maydonda o‘z vazfisani maroq bilan bajar edi. Ronaldinyo davrida esa, o‘ng qanot vingeri sifatida maydonga tushar, shunday bo‘lsada jamoaning kelajagi ekanligi yaqqol ma’lum edi. 

Ansu Fati endina 17 yoshga qadam qo‘ydi. Shunga qaramay, u o‘z vaqtida 17 yoshli Ronaldu va Messidan ko‘ra ko‘proq gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. «Barselona»ning pisimis muxlislari Ansuga qarab turib Kirkichning omadsizligi eslashmoqda, ammo Boyan umuman boshqa turdagi futbolchi edi. Uni Fati bilan solishtirish mumkin emas. Uni Dembele bilan solishtirish adolatdan bo‘ladi. Usman video o‘yinlar sababli mashg‘ulotlarga kech qolishda va transfer summasining keskin kamayib ketishida Ansudan oldinlab ketdi xolos. 

Ansu esa, xotirjam o‘z ishini amalga oshirishda davom etmoqda. U Vengriya klubi darvozasiga o‘zining YECHLdagi ikkinchi golini kiritdi va mutlaq rekord o‘rnatdi. Bundan tashqari, uning hisobida bitta assist ham mavjud. Quvonarlisi shundaki, uni UYEFA birinchi turning ramziy jamoasiga joylashtirdi. Mana buni progress desa bo‘ladi. 

Kumanga sayqallanmagan olmos topshirildi

Maktab o‘quvchisiga professional futbolchining yuklamalarini yuklatish juda xavfli. Bundan tashqari, jismonan va ruhan zarba olishi ham mumkin. Eng yomoni esa, «yulduzlik» kasalligini «yuqtirib» olishi ham hech gap emas. Uning baxtiga, karantin e’lon qilindi va turli bar va klublar yopildi. Shunday bo‘lsada, tez orada 18 yoshni qarshi oluvchi futbolchi uchun barcha eshiklar ochilishi mumkin. Bu esa, uning katta futbolga qadam qo‘yishidagi eng katta muammolardan biri. o‘tgan mavsumda qahramonimiz maydonda hayajonini bildirib qo‘yayotgan edi, endi esa ancha sovuqqon va bosiq to‘p tepmoqda. 

Shu o‘rinda, uni Ispaniya terma jamoasi o‘ziga og‘dirib olganini alohida qayd etib o‘tish darkor. 18 yoshga to‘lmagan Gvineyalik bolakay Ispaniya terma jamoasida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Yevropaliklar Messini qo‘ldan chiqargach, Ansu bilan ancha jiddiy ishlar olib borishdi va uni terma jamoaga jalb etishdi. 

Jamoa Depay bilan shartnoma imzolay olmagach, Dembelega imkon berdi. Afsuski, omadsizlik fransuzni tark etmayapti. Bu vaziyatdan esa, Ansu Fati 100 foiz foyda olishga muvaffaq bo‘lmoqda. Ayni damda, yaqin 10 yillikning eng kuchli futbolchisini qo‘lga kiritishimiz, yoki uni boy berishimiz to‘liqligicha Kumanning qo‘lida. Murabbiy Ansu uchun o‘yin amaliyotini ta’minlashi uchun Koutinyoni markazga, Grizmanni chap qanotga ko‘chirishi lozim. Balki, yanada boshqacharoq sxema o‘ylab topar. Bunisi endi murabbiyning mahoratiga bog‘li. U 17 yoshida butun dunyoning e’tiboriga tushgan futbolchini «oltin to‘p» sari yetaklab borishi, yoki Kirkichning kunini boshiga solishi mumkin. 

Ansu statistikada yetakchi

Ansu birdan yarq etib ko‘zga tashlangani yo‘q. U stabillik bilan yuqoriga odimlamoqda. U qayd etayotgan statistika ham shundan dalolat bermoqda. Uning erta katta futbolga kirishi braziliyalik Ronaldoni ham havasini keltirayotgan bo‘lsa, ajab emas. Mbappe va Xoland sababli dunyo futboli mashhurlikka juda tez erishayotgan yoshlarga ko‘nikib qoldi. Fati ulardan so‘ng eng mashhur futbolchi bo‘libgina qolmay, ulardan o‘zib ketishi, hatto o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin. 
Ayni damda, bolalar avvalgidan ancha tez ulg‘aymoqda.

Shu bois, Messi, Ronaldinyo, Ronaldu singari yaqin o‘tmishning super yulduzlari 20 yoshda effekt berishni boshlagan. U asosiy tarkibdagi eng muhim futbolchi va uning transferi uchun klublar 200 million yevro berishga ham tayyor. Shu faktorlarning o‘ziyoq uning o‘zgacha ekanligiga ishora bermoqda.

Ayni damda, «Barselona» og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazmoqda. Yangi murabbiy, yangi uslub va yangicha yondashuv. Rahbariyat bilan ham aloqalar a’lo darajada emas. Shunday bo‘lsada, Ansu stabil va ishonchli futbol ko‘rsatishda davom etmoqda. Ayni damda, uni Messini asosiy tarkibdan siqib chiqarishi haqida yozishga erta. shunday bo‘lsada, agar progress shu tempda davom etsa bu ish albatta sodir bo‘ladi. Biroz vaqt lozim xolos. 

Maydondagi mo‘’jiza

U chinakam tug‘ma iqtidor. Xuddi shunday bir necha yillar ilgari Jazoir va Kamerunlik ota-onadan dunyo kelgan Mbappe hammani lol qoldirgan edi. Eisebio ham aslida Mozambikdan. Jazoirlik Zidan haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Uni ispan nashrlari polisiyadan qochib kerayotgan muhojirga o‘xshata boshlagan bo‘lsada, Fati yaqin kelajakdagi futbol qiroli bo‘lishi mumkin. 

Uni hech kim ko‘tar-ko‘tar qilgani yo‘q. «Barselona» o‘z akademiyasidagi iqtidorlarni turli videoroliklarini internetga joylash orqali piar qilishni hush ko‘radi. Negadir Fati borasida klub bunday yo‘l tutgani yo‘q. Messi singari istalgan qanotda to‘p surishga qodir o‘ng oyoqda zarba beruvchi futbolchining tezligi ham joyida. Sovuqqonlik ham sekin-asta paydo bo‘lmoqda. Uning transfer summasi ham tez orada 100 million yevrolik davoni zabt etadi. Gvineyalik oddiy taksi haydovchisining 4-farzandi futbolchi bo‘lmasligi ham mumkin edi. 13 yoshida oyoq tizzasini ikki joyidan sinishi sababli uning futbol bilan xayrlashishi haqiqatga yaqin edi. Qahramonimiz uzoq muddat futbolsiz qolgan bo‘lsada, o‘sishdan to‘xtab qolmadi. Messining o‘yinlarini qayta-qayta tomosha qilishdan charchamadi. Akademiyaga qaytgach, yana futbol bilan shug‘ullanishni boshladi. Fatining o‘yinlarini alohida e’tibor bilan kuzatayotgan muxlislar bilishadi. Fati hech qachon to‘pni o‘zi bilan ortiqcha olib yurmaydi. Tavakkal vaziyatlarda pas berishni hush ko‘radi. 

Ansu allaqachon Ispaniya terma jamoasi uchun ham gol kiritishni uddaladi. «Barselona» esa, sekin-asta o‘z fishkalarini namoyish etmoqda. Chap qanotdan markazga yorib kirib kuchli zarba yo‘llashi, aql bilan vaziyatga baho berishi sababli uni Kuman tezda asosiy tarkib futbolchiga aylantirdi. U bitta o‘yinning qahramoni emas, u raqib maydonchasiga yaqin yo‘lni barchadan avval ko‘ruvchi iqtidor egasi. Quvonarlisi shundaki, Fati hech narsani oshirib yubormayapti. Birigina teginish bilan to‘pni darvozaga joylashga intilish ham shundan dalolat. To‘g‘ri, uning kuchli zarbasi yo‘q, biroq o‘yinni to‘g‘ri o‘qiy olishi sababli yo‘llagan zarbalari darvozabonlar uchun olib bo‘lmasga aylanmoqda. 

Kike o‘z vaqtida Ansuni markazga surib ko‘rgan edi. Suaresning quruq seriyasi davrida bo‘lgan ish Kuman qo‘l ostida takrorlanishi turgan gap. Gollandiyalik murabbiy sayqallanmagan olmosdan qanday foydalanish haqida bosh qotirmoqda.

E’tiborlisi shundaki, Fati ikkinchi Messi emas! u o‘zgacha. Sodda va shu bilan birgalikda juda foydali hujumchi. Uning maydondagi harakatlarining deyarli barchasi oldindan o‘ylangandek. Ayyorlik, yoki ortiqcha dribling unga begona. U Messining qiliqlari, o‘yin manerasini ko‘chirib olgan bolakay emas. Aks holda, Kuarejma singar omadsizlikka yuz tutgan bo‘lar edi. O‘z vaqtida Ronalduda ham iqtidorli sanalgan Rikardu «Barselona»da hech narsaning uddasidan chiqa olmagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Fati esa, uning tamomila aksi. Ronaldinyo singari himoyachilarni aldab o‘tishi yoki Xavi singari mayda pas berishi mumkin. U vaziyatdan kelib chiqib qaror chiqaruvchi o‘zgacha futbolchi.



Ansu katta futbolga juda erta kirib kelgani uchun futboldan lazzat olishi mumkin. O‘z vaqtida Messi va Ronaldu shu yo‘sinda o‘z-o‘zidan zavqlangan edi. Endi esa, Fati har kuni yangi narsani o‘rganishi, uni maydonda qo‘llashi, tajriba orttirishi mumkin. Undan hech kim hech qanday natija talab qilmayapti. U tezda ko‘tarilgan baland cho‘qqida mahkam o‘rnashib olishi lozim. Bunda uning uchun Messi va Ronalduda yo‘q narsa, vaqt mavjud. Kelib chiqishi Afrikalik bo‘lgan futbolchi katta janjallarga qaramay «Real»ni rad etgan va «Barselona»ni tanlagan edi. U ham xuddi Alfredo Di Stifano singari katta futbolga ikki ispan grandi o‘rtasida kirib keldi. Faqat argentinalik futbolchi singari Madrid emas, Kataloniya foydasiga qaror chiqardi. Bugun Fati bolaligidagi orzusi - «Real Madrid»ga qarshi maydonga chiqadi. Sayyoramizning ayni damdagi eng iqtidorli yosh futbolchisining o‘yinlariga e’tibor bering! 31 oktyabrda qahramonimiz 18 yoshni qarshi oladi. U yaqin 10 yillikning eng kuchli futbolchisi bo‘lishi mumkin. Shu bois, uning to‘liq ismini bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Anssumane Fati Viyera! «Qizil Furya» debyutanti va «Barselona»ning kelajag umidi! Kataloniya super klubining umidi ko‘z o‘ngimizda ulg‘aymoqda. Shu bois, bu daqiqalardan lazzat olishga intiling. Bugungi «el-klasiko»ni tomosha qiling! Bugun Fati bolaligidagi orzusi - «Real Madrid»ga qarshi maydonga chiqadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:02, 24.10.2020. O'qildi: 9578 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.