Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma.

  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • 0:2
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
      • 23.11.2024 15:00
      • Olimpik
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 23.11.2024 17:15
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
  • La-liga
      • 23.11.2024 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Valyadolid
      • 23.11.2024 18:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Betis
      • 23.11.2024 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Alaves
      • 23.11.2024 22:30
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Malyorka
      • 23.11.2024 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 23.11.2024 17:30
      • Lester
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.11.2024 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Brayton
      • 23.11.2024 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 23.11.2024 20:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 23.11.2024 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 23.11.2024 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 23.11.2024 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 23.11.2024 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Inter
      • 23.11.2024 22:00
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 25 44
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 25 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Paxtakor 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2112 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 22.11.2024

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 "Всё о главном". Николай Гонтарь.
      18:40 Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый.
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      22:25 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг". Прямая трансляция.
      00:25 LIVE Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 22.11.2024

      05:15 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа.
      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
      11:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы. Прямая трансляция.
      13:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      19:10 Лыжные гонки. ФосАгро Гонка Звёзд в Кировске, Россия.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт.
      22:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт.
      23:15 "Кто кого?".
      23:45 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      02:00 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:25 "Тайны звёзд спорта".
      03:50 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 22.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 "География спорта". Калуга.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Большой хоккей".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:30 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      13:15 "Небесная грация".
      13:35 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Fonbet Кубок Дружбы в Москве. Россия - Тунис. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:15 "Центральный круг".
      03:45 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 22.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Мужчины.
      11:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      11:40 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец. Прямая трансляция.
      13:05 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      14:55 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      15:50 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа. Прямая трансляция.
      19:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      20:00 LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. Прямая трансляция.
      21:45 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа.
      22:55 "Минута".
      23:00 Велотрек. Лига чемпионов. Обзор сезона 2023.
      00:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.
      01:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      02:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа.
      02:55 "Минута".
      03:00 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yetdim deganda yiqilgan yigit. Angliya futboli tarixidagi eng achinarli va ta’sirli hikoya

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz futbol olamidagi tarixiy voqealar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugun yangi asr boshida butun Angliyada shov-shuv ko‘targan, biroq tezda muxlislar e’tiboridan tushib ketgan Din Eshtonni yodga olamiz. Uning orzusi uchun bosib o‘tgan yo‘li tahsinga sazovor. Shunday bo‘lsda, bu yo‘lni oson deb bo‘lmaydi. Keling, hammasi haqida navbati bilan...

Din yana ishdan chiqqach, "Aleksandr Kru" bazasiga erta yetib keldi. 185 sm bo‘yga ega baquvvat hujumchining texnikasida muammolar bor edi. Shu bois, u doim temir yo‘l vokzalidagi ishlarini saranjomlab o‘zi sevgan mashg‘uloti sari oshiqar edi. Uning barchadan avval mashg‘ulotlarga yetib kelishi yangilik emas. Hatto stadion qorovullari, unga alohida kalit topshirishgan. Baribir, u hammadan oldin keladi va hammadan keyin ketadi. Uning ismi Din Eshton. Kamtarin, doimo 3-4 divizionda jon saqlash uchun kurash olib boruvchi klub "Aleksander Kru"da uning bor ekanligini balki ko‘pchilik bilmas. Bilmasa bilmasin. Asosiysi, u futbol bilan shug‘ullanmoqda. Futbolchi faqat shu haqida bosh qotirar, boshqa narsalar uni sira chalg‘itmas edi. Jamoaning o‘sha paytlardagi murabbiylari o‘smir yoshdagi hujumchiga ortiqcha e’tibor berishmasada, u nimadir o‘rganish ilinjida har kuni klub bazasiga yetib kelar edi. Va nihoyat kutilgan mavsum boshlandi. 2000/01 yilgi mavsum qahramonimiz uchun omadsiz keldi. Uni deyarli maydonga tushirishmadi. Shunday bo‘lsada, Din qo‘llarini siltab yuborgani yo‘q. U 4 yil davomida har kuni mashg‘ulotlarga erta kelishni, o‘z ustida ishlashni kanda qilmadi. 2004/05 yilda mavsumda esa, Bingo! Markaziy hujumchi mavsum davomida 25 ta gol kiritdi va bir nechta jamoalar e’tiborini tortdi. 2005 yil yozida esa, uning ko‘zlaridan yosh quyilib keldi...

Har doimgiday klub bazasiga barchadan avval yetib kelgan futbolchini murabbiyi kutib oldi. U sen bu yerda nima qilyapsan. Bor uyingga. Seni kutishmoqda dedi. Hech narsaga tushunmagan futbolchi hayron bo‘lib ortga qaytib ketdi. U qishki transfer oynasi ochiqligi esiga ham kelmaganini hali-hamon kulib eslaydi. Uni uyda «Norvich» klubi sport direktori kutib o‘tirar edi. Onasining yolg‘iz yolg‘iz boquvchisi bo‘lgan Din yangi jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida uzoq suhbatlashdi. O‘sha kuni mehmonlar kechki ovqatga ham qolishdi. Ertasi kuni esa, butun Angliya matbuotida «Norvich» 3-diviziondagi hujumchining transferi uchun 3,5 million yevro sarf etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Eshton nima bo‘layotganini tushib tushunmay bazaga yetib bordi. Yana barchadan avval kelibdi. Hayolari joyida bo‘lmasa ham mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. U o‘z transferini barchadan keyin eshitganiga sira xafa emas. Faqat buning rostdan ham amalga oshgani bilan qiziqar edi xolos. Keyin, murabbiylar va jamoadoshlari yetib kelishdi va uni tabriklashdi..

Agar Angliya futbolida jismonan baquvvat, to‘purar stabil yosh hujumchi paydo bo‘lsa, darrov unga bo‘lgan e’tibor ortib ketadi. Nafaqat media, balki APLning boshqa jamoalari ham unga bo‘lgan qiziqishini yashirib o‘tirmaydi. 2020 yilga kelib, yosh futbolchilarning asosiy tarkibda ko‘rinish berishi juda oddiy voqeaga aylanib bo‘ldi. Gap shundaki, 16-17-yoshli o‘smir yoshdagi futbolchilar ham to‘g‘ri ovqatlanish va o‘z vaqtida uxlashga odatlanishmoqda. Boz ustiga, yoga va boshqa ruhiy mashg‘ulotlar ularga maydonda bosimni his etmaslik uchun qo‘shimcha imkoniyat tug‘dirmoqda. Xoland, Mbappe, Kamavinga, Sancho, Reshford, Trend, Vinisius va boshqa ko‘plab futbolchilar so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Shunday bo‘lsada, bundan 10-15 yil ilgari barchasi o‘zgacha edi. O‘smir yoshdagi futbolchining asosiy tarkibda ko‘rinish berishi katta voqea sanalar, unga bo‘lgan e’tibor 3 hissa ortib ketar edi. Erta omma e’tiboriga tushish u davrlarda ancha mushkul edi.

Angliya chempionatining so‘nggi tur o‘yini. 2004/05 yilgi mavsum. «Fulhem» o‘z uyida «Norvich»ni qabul qilmoqda. Maydon egalari raqibni 6 ta gol bilan siyladi va ularni chempionshipga «uchirib» yubordi. «Norvich» safiga qishda kelib qo‘shilgan Din Eshton bundan qattiq ranjiydi. Sababi, uni qo‘lga kiritish uchun «kanareyka»lar 3,5 million (O‘sha davrda klub rekordi) sarf etishgan edi, biroq natija ijobiy bo‘lmadi. Shunday bo‘lsada, qahramonimiz o‘zining ilk mavsumidayoq 16 ta o‘yinda maydonga tushadi va o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘yadi. Qisqa muddat ichida o‘zini APLda namoyish eta olgan yosh hujumchi bilan "Aston Villa","Everton" "Nyukasl" singari «eski bo‘rilari»dan taklif tushadi. E’tiborlisi shundaki, yosh va allaqachon muxlislar e’tiborini qozongan yigitcha unga elitada to‘p surish imkoniyatini taqdim etgan «Norvich»ni og‘ir kunda tashlab ketishni istamaydi. Barcha takliflar rad etiladi va u «Norvich»da qoladi! Uning mehnatsevarlik va sodiqligi «Kanareykalar» muxlislarini hayratda qoldirdi. Aslida, Britaniyadagi futbolchilar elitada qolish uchun azaliy raqiblar safida to‘p surishga ham rozi bo‘lishlari odatiy hol, ammo Din uchun futbol daromad manbayi emas. U bu mashg‘ulotni sevgani uchungina tashlab qo‘yishni istamaydi.

Shunday bo‘lsada, uning jamoada uzoq qolishiga «Vest Hem» yo‘l qo‘ymaydi. «Bolg‘achilar» chempionshipda deyarli har o‘yinda gol urayotgan Eshton uchun 7 million yevro (o‘sha davrdagi rekord summa) taklif etadi va uni o‘z safiga qo‘shib oladi. Uning «Norvich» safida so‘nggi uchrashuvida muxlislar «hammasi uchun rahmat! Sen bizni og‘ir kunda tashlab ketmading! Biz seni unutmaymiz» qabilidagi bannerlar bilan chiqish qiladi. Hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Eshton hisobida gollar soni 50 taga yaqinlashib qolgan edi. Barcha bu transfer orqali «Vest Hem» kamida 10 yil markaziy hujumchiga ehtiyoj sezmaydi deb o‘ylagan bo‘lsa, ajab emas.

«Men »Vest Hem"ga o‘tishimdan bir necha soat avvalroq Alan Pardyu bilan Xilton mehmonxonasida uchrashdim. Alanni yaxshi taniganlar u qay darajada o‘z kuchiga ishonishini yaxshi biladi. Bilasizmi, u shu qadar men bilan suhbatlashdiki, o‘zimni xuddi Maradonadek his etdim. Suhbat yakunlangach, men izlagan jamoa «Vest Hem» ekanligini darrov angladim. "

Yangi jamoada qahramonimiz yana yuqori sifatdagi futboldan lazzat olishda davom etdi. U tezda «bolg‘achilar»ning o‘yiniga moslashib ketdi. Tan olish lozim, «Vest Hem»ning markaziy hujumda kuchli raqobat mavjud edi. Bobi Zamora, Teddi Sheringem, Marlon Xerevudlar bilan kurashga kirishish oson bo‘lmagan, ammo Din buni uddaladi. U qisqa muddatda ulardan asosiy tarkib futbolchisi maqomini tortib olgani yo‘q, ammo o‘sishdan to‘xtab qolmadi. Futbolchi jamoadoshlaridan Teddi Sheringemni juda yaxshi ko‘rar edi. Teddi uning bolalikdagi kumiri. Keyinroq futbolchi o‘z intervyularida buni bir necha bor takrorlaydi. Shu tariqa, Eshton 1 yarim mavsum davomida klub sharafini munosib himoya qiladi. Hatto Angliya liga kubogi musobaqasining finaliga qadar yetib boradi. Afsuski, 2:0, 3:1 hisobida oldinda borgan jamoa yakunda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ladi. Kechagina temir yo‘lda oddiy ishchi bo‘lib xizmat qilayotgan, kompaniya jamoasida to‘p surayotgan yigit endi APL jamoasi a’zosi! U murabbiyning har bir ko‘rsatmasi va har bir so‘zlarini ilib olishga harakat qilar, o‘zini professional futbolchi bo‘lib yetishganiga ishongisi kelmas edi.

2006 yilning avgust oyida futbolchining tushiga ham kirmagan voqea sodir bo‘ldi. Uni shaxsan Stiv Maklaren terma jamoaga chorladi. Bunga ishonish mushkul edi. Shu bois, Din bir necha bor bu xabarni tekshirib ko‘rdi va uyga kelib uzoq yig‘ladi. O‘sha voqeani futbolchining o‘zi juda ta’sirli ta’riflaydi:

«To‘g‘risi, bunga ishongim kelmadi. Uyga keldim. Hamma meni tabrikladi. Ularga o‘z minnatdorchiligimni bildirdim va cho‘milishni bahona qilib hammomga kirdim. Suvni ovozini baland qilib qo‘ydim va negadir yig‘ladim. Vujudimdan ko‘z yosh oqib chiqayotgan edi. Uzoq yillik mashg‘ulotlar va hech qachon orzudan voz kechmaganim menga qo‘l keldi. Men buni uddaladim.»

Uning terma jamoada debyut qilishini ingliz muxlislari juda iliq kutib olishdi. Uni allaqachon Alan Shirar bilan qiyoslash boshlanib ketgan edi. Tezkor, ikkinchi qavatda faol va juda sovuqqon hujumchi. Ortiqcha texnika yoki dribling yo‘q. Bor e’tibori gol kiritishga qaratilgan. Bu ustunliklar unga o‘ziga hos markaziy hujumchi obrazini yaratishda qol kelgani rost, ammo terma jamoadagi ilk uchrashuv qahramonimiz hayotidagi eng og‘ir sinov bo‘lib chiqdi...

Gresiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan bir kun avval. Angliya terma jamoasi futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Aynan shu mashg‘ulotda futbolchining hayotini ostun-ustun qilib yuboradigan voqea sodir bo‘ladi. Shon-Rayt Filips hujumchini to‘xtatib qolish uchun padkat tashlaydi. Ushbu padkat shu qadar og‘ir jarohat yetkazadiki, Din o‘rnidan tura olmay qoladi. Shifoxonada esa, unga kamida 1 yil futboldan chetda qolgani xabar qilinadi. Terma jamoada to‘p surish orzusiga deyarli erishgan futbolchining boshiga osmon qulab ketgandek bo‘ladi. Boz ustiga, futboldan 1 yil chetda bo‘lish og‘ir zarba edi. O‘sha voqea haqida Jon Terri quyidagicha xotirlaydi:

"Biz mashg‘ulot so‘nggida 15 daqiqadan iborat ikki taym futbol o‘ynadik. Yodimda bor, Din va Shon to‘qnashib ketdi. Eshton shu qadar baland ovozda baqirib yubordiki, hatto murabbiylar ham uning oldiga yugurib borishdi. Afsuski, uning oyoqlariga qarab bo‘lmas edi."

Eshtonning tizzasidan olgan jarohati juda og‘ir alomatlarga olib kelishini barcha tasavvur qilayotgan edi. Hatto shifokorlar unga professional futbolni tark etishni ham taklif qilishdi, biroq Eshton osonlikcha bo‘sh keladiganlardan emas edi. Shunday bo‘lsada, u olgan ruhiy jarohat o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Butun umr orzusi sari intilgan, ammo yetdim degan qoqilgan Eshton boshqa hech qachon terma jamoadan chaqiruv olmadi. Futbolchi og‘ir operasiyani boshidan o‘tkazganidayoq, unga terma libosida maydonga tushish nasib etmasligini anglagandek...

Qahramonimiz ruhan va jismonan olgan jarohatlariga qaramay, 2007/08 yilgi mavsumda yana safga qaytdi. Uning barchasini yengib o‘tgani muxlislar tomonidan qarsaklar bilan qarshi olindi. Qahramonimiz o‘sha mavsumda 20 ta o‘yinda maydonga tushadi. E’tiborlisi shundaki, nafaqat qaytadi, balki gol kiritishni boshlab yuboradi. Ayniqsa, u ijrosidagi Edvin Van Der Sar darvozasiga kiritilgan gol hali-hamon muxlislar yodida! O‘sha zarba haqida futbolchining ta’sirli so‘zlariga e’tibor qarating:

«Men barcha g‘azab va alamimni shu zarba joyladim. U darvozaga kirgach, hammasini unutdim. Yana o‘zimni avvalgidek his etishni boshladim.»

Darhaqiqat, u kiritgan golni butun «Old Trafford» olqishlaydi. Bu og‘ir jarohatdan so‘n, ruhiy bosimni yengib o‘tgan Din Eshtonning harakteri aks etgan zarba edi. Golni tomosha qiling, va futbolchining bahra oling.

Mavsum yakunlangach, uni shaxsan Fabio Kapello terma jamaoga chaqirdi. Bu qahramonimiz uchun ikkinchi imkoniyat edi. Bundan foydalanish shart edi. Eshton juda o‘gir yo‘lni bosib o‘tdi va Angliya terma jamoasida debyut qildi. Uni Trinidad va Tabogoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida sinab ko‘rishdi. Eshton o‘z orzusiga erishdi. U terma jamoa libosida, Barri, Bekxem, Runi, Ferdinand, Terri, Lempard singari afsonalar bilan to‘p surdi.

Mavsum yakunlangach, «Vest Hem» Eshtonga yangi 5 yillik shartnoma taklif etdi. Hammasi o‘z izmiga tushib ketgani kundek ravshan edi, ammo taqdir qahramonimizga yangi, yanada og‘ir sinovni taqdim etishi mumkinligi hech kimning hayoliga ham kelmagan edi.

2008/09 yilgi mavsumni Eshton omadsiz boshladi. Ilk 4 ta turda birorta gol kirita olmagan forvard «Vest Bromvich»ga qarshi safardagi o‘yinda ishtirok etish uchun yo‘l olar ekan, negadir ko‘ngli xira edi. Bu xiralik bejiz emas ekan...

2008 yilning 13 sentyabr sanasida Din Eshton o‘zining futboldagi navbatdagi va oxirgi jarohatini oldi. Og‘ir jarohatning asorati yuzaga qalqib chiqdi. Shifokorlar Eshtonni yana yurib ketishi uchun uzoq kurash olib borishdi. 2009 yilda futbolchi rasman futbol bilan xayrlashganini e’lon qildi. Uning uchun endi barcha eshiklar yopilgan edi. 26 yoshli Din Eshton o‘zining eng kuchga to‘lgan davrida butsalarini mixga ilishga majbur bo‘ldi. Og‘ir va uzoq davom etgan tiklanish jarayonidan so‘ng, u yana bemalol yurib ketdi, biroq yurakdagi «dard» sira bitmadi. Uning futboldan erta ketishi, «Vest Hem» uchun qimmatga tushdi. Yaqindagina 5 yillik shartnoma imzolangan edi. «Bolg‘achilar» 7 million yevrolik hujumchini qo‘ldan chiqarishgan bo‘lsa, Angliya terma jamoasi markaziy hujumchisiz qolib ketdi. Oqibatda, Kapello Bent, Zamora va Endi Jonsonlarning xizmatiga murojaat etishga majbur bo‘ldi.

 

Albatta, bu muammolar Dinning dardi oldida chikora. Balki, jarohatlar bo‘lmaganida Eshton hozir Angliya futbol afsonalaridan biri bo‘larmidi?! Bunisi noma’lum, biroq futbol orzu uchun oxirigacha kurash olib boruvchi futbolchidan ayrilgani rost. Bu futbolchi haqida aksariyat muxlislar hatto eshitishmagan. Balki, unutib yuborishgandir. Bunisi muhim emas. Asosiysi, u yana va yana maqsad sari odimlay oldi. Tinimsiz mehnat va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi va oldiga qo‘ygan barcha maqsadlariga erishdi. U birinchi navbatda o‘z-uziga barchasini uddalay olishini isbotladi. Oddiy temir yo‘l xodimidan, Angliya terma jamoasi a’zosigacha bo‘lgan yo‘lni munosib bosib o‘tdi. Tinimsiz kurashlarda g‘olib chiqdi!

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:34, 28.10.2020. O'qildi: 6918 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Paxtakor Dragan Cheran 13
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 10
3 So‘g‘diyona Lupche Doriev 10
4 Nasaf Zoran Marushich 9
5 Навбаҳор Toma Tabatadze 8
6 Qizilqum Elguja Lobjanidze 8
7 Динамо Kojo Joel 7
8 Нефтчи Nsungusi Effiong 7
9 So‘g‘diyona Vladimir Jovovic 7
10 Динамо Xislat Halilov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.