Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Tur oldidan jamoalarda kutilayotgan o‘zgarishlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

7-tur oldidan grand jamoalarning ayni paytdagi o‘yin formasiyasi xususida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Sulsher nihoyat muqobil balansni topgandek ko‘rinmoqda.

"Manchester Yunayted"ning Premyer-Ligaga restart berilganidan buyon ko‘rsatib kelayotgan o‘yinini 3 xil ustunga bo‘lib tahlil qilish mumkin. Sulsherning dastavval, turnirni yakunlab olish uchun tanlagan taktikasini vaqtinchalik, tez fursatda maksimal ochko yig‘ib olish uchun qaratilganligini payqash qiyin emas edi. O‘shanda "qizil iblislar"ning taqvimidan joy olgan nisbatan osonroq raqiblar ham Sulsherga o‘z rejasini omadli yakunlab olishiga yordam berib yubordi. Lekin u payti jamoada stabillik yo‘q edi, Fernandeshning ko‘rsatayotgan o‘yinlari ham aldamchi fonda ko‘rinayotgani aytildi. Mavsum boshida esa Sulsherning qayta tashkil etgan sxemasida hujumni muvaffaqiyatli yakunlay olmaslik jihatlari tanqid ostiga olindi. Aslida ham shunday, klubda endigina o‘z uslubini shakllantirayotgan yangi murabbiylar Premyer-Ligada ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynovchi raqiblariga qarshi bahslarda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Jumladan, Sulsher ham. Grand jamoalarga qarshi bahslarni chuqur himoya bilan o‘tkazadigan o‘rtamiyona klublar darvozasiga yo‘l topishda nafaqat "MYU"ning, balki Klopp hamda Gvardiola singari top murabbiylarning ham jiddiy muammolarga duch kelayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Masala yechimini markaziy bog‘lamlardan izlayotgan Sulsherning so‘nggi o‘yinlari xammada xam yomon taassurot qoldirmayapti. Har qalay ushbu chiziqda Fred va Maktominay juftligi harakat qilayotganidan beri "Yunayted" hali beri mag‘lubiyatga uchraganicha yo‘q. Hujum bilan o‘zaro bog‘lamlar yaxshi ishlayapti, himoyaga ham deyarli ish qolayotgani yo‘q. Umuman olganda, Sulsher tanlayotgan 4-3-1-2 sxemasi yomon tanlov emas. Ko‘ramiz, yakshanba kuni o‘tadigan "Arsenal"ga qarshi bahsda bu tizim qanchalik samarali ishlar ekan. Raqib ham mezbonlar kabi birinchi jamoa bo‘lib o‘ynashga ko‘nikayotgan va qat’iy uslubga kirib borayotgan klub. Sulsherni mana shu derbidan keyingina jamoa uslubida muqobil balansni yarata olgan yoki olmaganiga baho beramiz.


Gvardiolaning oxirgi tanlovi nisbatan mukammalroq ko‘rinish sifatida baholanyapti

"Marsel"ga qarshi kechgan YECHL bahsida "shaharliklar" deyarli qiyinchiliksiz g‘alabaga erishdilar. O‘yin davomida barcha chiziq vakillarining mavsum startidan beri nihoyat endi bexato va ishonchli harakat qilganliklari guvohiga aylandik. Ayniqsa, hujum chizig‘i muxlislarda yaxshiroq taassurot qoldirdi. E’tiborli jihati, "Siti" juda ko‘p o‘yinlarni nominal hujumchisiz o‘tkazdi. Gvardiola bu borada Ferran Torresga ishonch bildirib ko‘rdi. Lekin ispaniyalik futbolchining pozisiyasi bu yerga unchalik mos tushmadi. "Velodrom"dagi uchrashuvda Gvardiola uni biroz orqaroqqa joylashtirib, asosiy vazifani Fodenga topshirib ko‘rdi. Natija esa barchaga ma’lum. Bu yerda zimdan Aguero, Mahrez va Foden uchligi shakllanib qolgandek go‘yo. Shundan so‘ng Filipning milliy termaga qayta chaqirish olganini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Natija esa yomon bo‘lmayapti. Himoya chizig‘ida ham sezilarli o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldik. Markazdagi Diashga yordamchi sifatida olingan Garsiya emas Lyaport hamda Kanseluning qanotida paydo bo‘lgan tezkor Zinchenko tanlovi o‘zini xar tomonlama oqladi. Har qalay 3 ta himoyachi bilan tavakkal qilishning badalini Gvardiola yaxshigina "tatib ko‘rgan". Umuman olganda, "shaharliklar" "Sheffild" bilan o‘yin oldidan ma’lum bir qolipga tushgan holda yetib kelyapti. APL uchun bu yaxshi. Butun boshli katta mavsum davomida "Liverpul"ga qarshilik ko‘rsatadigan stabil tarkibning shakllanib borishi Pep uchun juda muhim omil sanaladi. Har holda 3 ochkoli uchrashuvlar paytida qilingan keraksiz rotasiyalar manchesterliklarni allqachon to‘g‘ri yo‘ldan chiqarib yuborgan. Bizningcha jamoa endi o‘z o‘rnida. Har qalay o‘z zaxirasidagi erkin ijodkorlarga asosiy tarkibdan ko‘proq joy berish kerakligini ispaniyalik mutaxassis yaxshi anglab yetgan bo‘lsa ajab emas.

Qizillar muammolar girdobida

"Liverpul"da haligacha himoyadagi muammolar tiklanishi o‘rniga yanada jiddiylashib bormoqda. "Vest Hem"ga qarshi muhim bahs oldidan jamoaga yordam bera olmaydiganlar ro‘yxatiga Fabinyo ham qo‘shilganini xisobda olsak, endi tayanch zonasida yana kimdir vaqtinchalik o‘ynab turadi. Klopp Van Deyk va Matip o‘rniga ishonchliroq variant izlab ko‘rishi bilan birga Jo Gomezga ham bitta partnyor topishi talab etiladi. Chunki tayanchdagi birgina Fabinyoning yo‘qligi sxemani jiddiy o‘zgartirib yuborishi turgan gap. Bu yerda germaniyalik mutaxassisning ertangi tanlovi barchaga qiziq bo‘lsa kerak. Bizningcha, fulbek masalasida u katta extimol, Ris Uilyamsga murojaat qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu yerda yetarlicha chalkashliklar yuzaga kelishi kutilmoqda. Maykl Antoniosiz qolgan "bolg‘achilar"ning bundan unumli foydalanib qolish imkoniyatlari xam yo‘q emas albatta.

Yusufbek tayyorladi.

Kiritildi: 22:00, 30.10.2020. O'qildi: 3671 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик