Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. G‘alabani sog‘ingan jamoalar to‘qnashuvi (prevyu)

Baho:
+1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidan o‘rin olgan dastlabki ikki uchrashuvda atigi bir ochko to‘plagan Madridning "Real" jamosi 3-tur bahsida "Inter"ni mehmon qiladi. Ispan grandi Chempionlar Ligasida ketma ket to‘rt o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Ortda qolgan mavsum "Manchester Siti"dan qabul qilingan ikkita mag‘lubiyat Zidan shogirdlarini turnir bilan xayrlashishiga sabab bo‘lgan edi. Joriy mavsum avvalida "Shaxtyor" bilan o‘yindagi omadsiz start va Gladbaxdagi durang o‘yin "Real"ning o‘z guruhida 4- o‘rinda borishiga sabab bo‘lib turibdi. La Ligada ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan "Qaymoqranglilar" ushbu bahs oldidan "UYEska" ni yirik hisobda mag‘lub etib, o‘zlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlab olishdi.

Raqibga na uch ochko tuhfa etayotgan, na g‘alaba qozona olayotgan Milanliklar ham duranglardan nariga o‘ta olganicha yo‘q. Bundan avvalgi mavsum "Inter" ichki chempionatda "skudetto" uchun kurash olib borib, yakunda "Yuventus"ga imkoniyatni boy bergan bo‘lishsa, Yevropa Ligasi finalida "Sevilya" qarshisida ojiz qolgan edi.

Joriy mavsum qur’a yakunida "V" gurhi favoritlari deya baholangan, ammo ayni damda jadvalning quyi pog‘onalarini band etib turgan har ikkala jamoa uchun ham uch ochko suv va havodek muhimligini hisobga olsak, "Alfredo Di Stefano" da o‘tadigan bugungi bahs anchagina qiziqarli tus olishi shubhasiz.


JAMOADAGI YANGILIKLAR

"Real Madrid"

Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoada yo‘qotishlar masalasi o‘yindan o‘yinga ko‘payishda davom etmoqda. "Inter" tashrifi oldidan "Qaymoqranglilar" tarkibida jarohatlar va boshqa muammolar tufayli beshta asosiy tarkib futbolchilalarining safdan chiqqanliklari ma’lum bo‘ldi.

Ayniqsa mudofaadagi muammolar jiddiy ko‘rinish olgan. Eder Militaoning koronavirusga topshirgan testi ijobiy ko‘rsatgich berganidan so‘ng uning bu o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi. Braziliyalik futbolchidan tashqari Dani Karvaxal (tizza), Nacho (son), Alvaro Odriosola (to‘piq) va Martin Edegor (to‘piq) singari futbolchilar ham bugun "Real" ga yordam bera olishmaydi.

Karvaxal va Odriosolaning yo‘qligi, Lukas Vaskes yana bir bor "Real" ning o‘ng qanot himoyachisi sifatida harakat qilishini anglatadi. Qarama-qarshi qanotda esa Ferlan Mendi nisbatan orqaroqda harakat qilishi kutilmoqda. Serxio Ramos va Rafayel Varan markaziy himoyada o‘zaro juftlik hosil qilishsa, darvozani katta ehtimol bilan Tibo Kurtua qo‘riqlaydi.
Yarim himoya uchligida Kros, Valiverde hamda Kazemirolar o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

Hujum chizig‘ida ham o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Ayniqsa o‘tgan hafta oxirida Eden Azarning "UYEska" ga qarshi bahsdagi ishonchli o‘yini unga bugun asosiy tarkibda maydonga tushishini taminlab berishi ehtimoldan yiroq emas. Azar hujum uchligida Karim Benzema va Marko Asinsio bilan birga harakat qiladigan bo‘lsa, Vinisius va Rodrigo zaxira varianti sifatida qaydnomaga kiritiladi.

Taxminiy tarkib (4-3-3): Kurtua, Lukas Vaskes, Varan, Ramos, Mendi, Valverde, Kazemiro, Kroos, Asensio, Benzema, Azar

"Inter"

"Real Madrid" ga qarshi ushbu o‘yinda "Inter" bosh murabbiyi faqat ikkita asosiy tarkib o‘yinchisining xizmatidan mahrum bo‘ldi.

Romelu Lukaku sondagi jarohati tufayli bugun "Inter"ga yordam bera olmaydi. Bu "Inter" uchun juda katta zarba bo‘lishi tabiiy. Madridga tashrif buyurmaydiganlardan yana biri - bu son jarohatidan tiklanayotgan Stefano Sensi. Shunday bo‘lishiga qaramay mehmonlar uchun ham yaxshi yangilik bor, Aleksis Sanches "Real" ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. Uchrashuv olididan o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida Konte haqiqatdan ham Sanches mashg‘ulotlarni boshlab yuborganini ma’lum qildi. Chililik forvard asosiy tarkibda Lautaro Martines bilan juftlik hosil qilishi mumkin. Sanchesning o‘yin uslubi "Real" himoyasi atrofida bo‘sh joylarni ochishda juda muhim rol o‘ynaydi.

Maydon markazida harakat qiluvchi Arturo Vidal, Nikolo Barella Marselo Brozovichlarga qanotlarda Eshli Yang va "Real" ning sobiq futbolchisi Ashraf Hakimi yordam berishadi. Markaziy himoyada Danilo D’ambrosio, Alessandro Bastoni hamda Stefan de Vrij harakat qilishsa, sardorlik bog‘ichi darvozabon Samir Handanovichda bo‘ladi.

Taxminiy tarkib (3-5-2): Handanovich; D’ambrosio, de Vrij, Bastoni; Hakimi, Barella, Brozovich, Vidal, Yang; Martines, Sanches

SHAXBOZ Qaxxorov tayyorladi

Kiritildi: 16:22, 03.11.2020. O'qildi: 5823 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик