Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 18.04.2025 18:00
      • Xorazm
      • 0:0
      • Bunyodkor
      • 18.04.2025 20:15
      • Qizilqum
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 19.04.2025 18:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.04.2025 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Nasaf
      • 19.04.2025 20:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 20.04.2025 17:45
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 20.04.2025 18:00
      • OKMK
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • La-liga
      • 19.04.2025 00:00
      • Espanyol
      • 1:0
      • Xetafe
      • 19.04.2025 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Valensiya
      • 19.04.2025 19:15
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 19.04.2025 21:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Leganes
      • 20.04.2025 00:00
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Atletiko
      • 20.04.2025 17:00
      • Valyadolid
      • -:-
      • Osasuna
      • 20.04.2025 19:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 20.04.2025 21:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Alaves
      • 21.04.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • «A» Seriya
      • 19.04.2025 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 19.04.2025 21:00
      • Monsa
      • -:-
      • Napoli
      • 19.04.2025 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Verona
      • 20.04.2025 18:00
      • Empoli
      • -:-
      • Venetsiya
      • 20.04.2025 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 20.04.2025 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • APL
      • 19.04.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Bornmut
      • 19.04.2025 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 19.04.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Sautgempton
      • 19.04.2025 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Brayton
      • 19.04.2025 21:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nyukasl
      • 20.04.2025 18:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 20.04.2025 18:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 20.04.2025 18:00
      • Ipsvich
      • -:-
      • Arsenal
      • 20.04.2025 20:30
      • Lester
      • -:-
      • Liverpul
  • Bundesliga
      • 20.04.2025 14:23
      • Hannover-96
      • 0:0
      • Shtutgart
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 5 13
2 Bunyodkor 6 12
3 Nasaf 5 11
4 Neftchi 5 9
5 Andijon 5 9
6 Dinamo 5 9
7 Navbahor 5 8
8 Xorazm 5 7
9 Qizilqum 5 7
10 Buxoro 5 6
11 Qo‘qon-1912 6 6
12 So‘g‘diyona 5 4
13 Paxtakor 5 3
14 Surxon 5 3
15 Mash’al 5 3
16 Sho‘rtan 5 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Xorazm 0-0 Bunyodkor
6-тур Qizilqum 1-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 21390 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.04.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "РБ Лейпциг".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хайденхайм 1846".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Унион Берлин".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 "Голевая неделя".
      12:35 Чемпионат Германии. Перед туром.
      13:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      15:05 Евротур.
      15:50 Новости футбола.
      15:55 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07". Прямая трансляция.
      17:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      18:25 LIVE Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен". Прямая трансляция.
      20:25 Новости футбола.
      20:30 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      21:25 LIVE Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт". Прямая трансляция.
      23:30 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
      01:30 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
      03:30 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.04.2025

      05:15 "Парусный спорт".
      05:40 Дзюдо. U-23. Fonbet Первенство России в Волгограде. День 3.
      07:15 "Страна спортивная".
      07:30 Д/с "Век нашего спорта".
      08:00 Борьба. Чемпионат Европы в Словакии.
      10:10 Плавание. Чемпионат России в Казани. День 6.
      12:40 "География спорта". Ульяновск.
      13:10 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 1 в Санкт-Петербурге.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Сноубординг. Чемпионат мира в Швейцарии. Параллельный гигантский слалом.
      17:45 Д/ф "Рафаэль Надаль".
      18:35 Бокс. Международный турнир памяти К. Короткова в Хабаровске, Россия.
      20:55 Д/с "Век нашего спорта".
      21:20 Борьба. Чемпионат Европы в Словакии.
      23:35 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      01:45 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 1 на трассе "Ростов Арена".
      02:35 "Физруки. Будущее за настоящим".
      03:10 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 1 в Санкт-Петербурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.04.2025

      05:00 LIVE Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC Fight Night в Омахе, США. Дакота Кокрейн против Маркуса Эдвардса, Деррик Финдли против Брайса Генри. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Команда МАТЧ".
      12:25 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      13:55 LIVE Футбол. Женщины. Winline Суперлига. "Спартак" (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      15:55 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 5-й матч. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:45 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 25-й тур. "Локомотив" (Москва) - "Пари Нижний Новгород". Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:15 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 25-й тур. "Краснодар" - "Ахмат" (Грозный). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Лас-Пальмас" - "Атлетико Мадрид". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
      04:55 Д/ф "Брюс Ли. Путь воина".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.04.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 1. "1812 километров Катара" на трассе Лосал. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. Чемпионат мира 2024 в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      11:30 Велоспорт. Гонка "Флеш Брабансонн" в Бельгии.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира 2024 в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Велоспорт. Amstel Gold Race 2024 в Нидерландах.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Гонка "Флеш Брабансонн" в Бельгии.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Женщины. Болдеринг. Финал.
      03:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Араше, Бразилия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      04:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Араше, Бразилия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Men har doim Ronalduga, akam esa Messiga muxlislik qilardi». Brunu Fernandeshning g‘aroyib hikoyasi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Sporting»dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari orqali «Manchester Yunayted»ga yo‘l olgan va u yerda tezda yetakchilik maqomini qo‘lga kiritgan portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh qisqa muddat ichida dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatorida tilga olina boshladi. Darhaqiqat, aynan uning kelishi Manchester shahrining qizil qismini biroz bo‘lsa-da, xushnud etdi. Boisi shonli tarixga ega bo‘lgan «Yunayted» so‘nggi yillarda o‘zi qayd etayotgan natijalar bilan umuman maqtana olmayapti. Bugungi kunda jamoa muxlislari aynan Brunu qiyofasida klubni avvalgi mavqeyiga olib chiqa oladigan yetakchini ko‘rmoqda. Voqealar rivoji qanday yakun topishini esa faqat vaqt ko‘rsatadi.

«Daryo» «qizil iblislar» najotkorining The Player’s Tribune nashri uchun taqdim etgan katta hikoyasini o‘quvchilarga o‘zbek tilida havola qiladi.

— Hammasini akamdan boshlaymiz. Axir, qanday qilib usiz boshlashimiz mumkin? U – mening akam, eng yomoni, u «Barselona»ning muxlisi. Shunday ekan, aynan u bilan boshlashga to‘g‘ri keladi.

Bolaligimizda bizning munosabatlarimiz g‘alati edi. U mendan besh yoshga katta bo‘lgan, lekin biz bir xonani bo‘lishishga majbur edik. Kichkinaligingizda bu yaxshi, hatto qiziqarli ham. Ammo 15 yoki 16 yoshga to‘lganingizda va do‘stlaringizga chaqirmoqchi bo‘lganingizda ... Uning yolg‘iz qolgisi kelardi, men esa uyda yugurardim va har xil bo‘lmag‘ur ishlar bilan shug‘ullanardim. Men unga xalaqit berardim, bu aniq. U esa har doim shunday baqirardi: «Brunu, bor aylanib kel!»

Shu tariqa butun bolaligimni to‘p bilan bog‘da o‘tkazganim uchun undan minnatdor bo‘lishim kerak. Boshqalarni bilmadim-u, lekin Portugaliyada, ayniqsa, o‘shanda (Evro–2004) barcha futbolni shunchaki sevibgina qolmay, u bilan yashardi.

Bu Messi va Krishtianuning yulduzlik davri boshlangan, Ronaldinyo esa o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan davrlar edi. Qayerga qaramang, kim eng zo‘ri ekanligi haqidagi bahslarni uchratardingiz. Jumladan, biz akam bilan ham shu to‘g‘risida ko‘p tortishardik. «Oltin to‘p»ni kim oladi? Eng chiroyli gollarni kim uradi?

Men har doim Krishtianuga muxlislik qilardim.

Akam esa Messining o‘yinini yaxshi ko‘rardi.

Rojdestvo bayramlaridan birida akam bilan Shveysariyaga, otamning oldiga bordik. Otam u yerda ishlardi. Internet o‘sha paytda u qadar keng rivojlanmagan va sevimli jamoangizning futbolkalarini sotib olish ham oson emasdi – ayniqsa, bu APL klubi bo‘lsa. Sotilgan taqdirda ham juda qimmat edi. Shunday qilib biz ota-bolalar Nike do‘koniga bordik. Bor-yo‘g‘i ikkita futbolka tanlash imkoniyati mavjud edi. Qiyin tanlov, shunday emasmi. Akam Messi tufayli «Barselona»ning sariq rangdagi formasini tanladi, lekin men shuni tasdiqlashim mumkinki, o‘sha yoshda ham didim chakki bo‘lmagan: «Manchester Yunayted» libosini tanlaganman, albatta.

Hamon o‘sha futbolkani yaxshi eslayman – oq va ko‘k chiziqli qizil forma.

Ronaldu sabab men uchun «Manchester Yunayted» Angliyadagi orzular jamoasi bo‘lgan.



O‘qituvchilarim: «Brunu, yerga tush. Futbolda muvaffaqiyat qozonish juda qiyin. O‘qish kerak!», – derdi. Ammo bu gaplar meni yana ham ko‘proq mehnat qilishga undardi.

Bolalikda istalgan narsa futbol maydon va darvozasiga aylanishi mumkin. O‘yinlar esa o‘ta shiddatli tarzda o‘tardi. Biz o‘yinlarda juda ko‘p tortishardik.

Shu tobda xayolimga jamoadoshim Viktor Lindelyof kelib qoldi. Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi o‘yinda bizning bahsimizni jurnalistlar eshitib qoldi va undan nimadir yasashga urindi. Ammo men uchun bu o‘yin va Maya shahridagi ko‘cha futboli o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Portugaliyada futbol shunday o‘ynaladi, shunday muloqot qilinadi. Agar nimadir qilib qo‘ysang, sukut saqlamayman. Men futbol bilan, lahza bilan yashayman. Ammo barcha salbiy narsalar stadionda qoladi. Va ertasiga biz yana do‘stmiz. Suhbatlashamiz, quchoqlashamiz.

Rostini aytsam, men tanqidni yaxshi ko‘raman. Bu menga yana ham yaxshiroq bo‘lishimga yordam beradi va bo‘shashimga yo‘l qo‘ymaydi. Bu men uchun motivasiyadir. Atrofi laganbardorlar bilan o‘ralgan juda ko‘pchilikni bilaman, biroq bu menga begona. Do‘stlarim menga kamchilik va xatolarimni qo‘rqmasdan aytishlarini istayman. Uchrashuvdan keyin eshitishni xohlaydigan gaplarim shunday: «Men seni sevaman, lekin nega gol urmading? Yaxshi uzatmalarni amalga oshirding, ammo juda ko‘p qarg‘a urib tushirding... »

Ba’zan hatto qizim Matilda ham meni tanqid qiladi. U atigi 3 yoshda! Ammo u o‘zicha tanqid qiladi. U hali juda yosh bo‘lganida o‘zini bizni eshitmayotganga o‘xshab ko‘rsatishni yaxshi ko‘rardi. Biz undan o‘yinchoqlarini yig‘ishtirishini so‘rardik, shunda u quloqlarini qo‘llari bilan yopib, qichqirardi: «Men hech narsa eshitmayapman, dada». Shundan so‘ng gollarimni xuddi shunday nishonlay boshladim. Va u buni tushundi. Endilikda, golimni shu tarzda nishonlamasam, darhol tanqid eshitaman. Nima ham qila olardim?



Mening mentalitetim tarbiyaning natijasidir. Bolaligimda otamga qancha gol urganim va nechta golli pas amalga oshirganimning ahamiyati yo‘q edi. Uni faqat bitta narsa qiziqtirardi – xatolarim soni.

Esimda, bir safar 15 yoshlilar o‘rtasida Portugaliyaning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan «Portu»ga qarshi o‘yin o‘tkazdik. O‘shanda yaxshi o‘ynagandim. Himoyachi edim, menga bahaybat raqiblar qarshilik qilgandi. Biz 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdik, ammo men juda yaxshi harakat qildim, o‘yindan keyin hamma meni maqtardi. Hatto «Portu» ustozi ham o‘shanda: «Bu bola futbolchi bo‘ladi», – degandi.

Mening og‘zim qulog‘imda edi. Ammo otam zarracha ham xursand emasdi. U menga shunday dedi: «Sen «Portu»ning golini ko‘rdingmi? Agar bunchalik chuqur kirib ketmaganingda, kross o‘tmagan bo‘lardi».

Va men gol haqida o‘ylay boshladim. Rostini aytsam, men o‘sha vaziyatda qatnashmagandim ham, maydonning ikkinchi yarmida edim. Ammo otam o‘zining haq ekaniga shunchalik ishonar ediki, men xato qilganimdan xavotirlana boshladim. Har bir mag‘lubiyat meni har bir noto‘g‘ri harakatim haqida qayta-qayta o‘ylashga majbur qilardi. Xonaga qamalib olib, o‘yinning har bir soniyasini tahlil qilishga odatlandim. Hammaga ma’lum Brunu ana shunday paydo bo‘lgan. Kimdir meni biroz aqldan ozgan deb o‘ylaydi, lekin hech narsani o‘zgartirmoqchi emasman.

Omon qolish uchun o‘zgarishingiz kerak. 14 yoki 15 yoshga kirganingizda hamma narsa o‘zgaradi. Iste’dod yetarli bo‘lmay qoladi, xuddi mehnatsevarlik kabi. Hammasini o‘nglashingiz kerak. Siz futbol bilan yashab, qolgan hamma narsani unutishingiz lozim.

Bir necha yildan so‘ng futbol o‘ynash uchun Italiyaga yo‘l oldim. Bu men uchun katta sinov edi. 17 yoshda chet elda yolg‘iz bo‘lish qiyin edi. Tilni bilmasdim, hamma begona edi, rosa qiynalganman. Ba’zida hamma narsani tashlamoqchi ham bo‘lardim.

Agar otam menga bolaligimdan shu mentalitetni singdirmaganida edi, men Italiyani yengib o‘ta olmasdim. Agar u doimo o‘z farzandini maqtaydigan boshqa otalar singari bo‘lganida, mendan futbolchi chiqmasdi. Bu noto‘g‘ri. Real hayotda sizni har safar hech kim maqtamaydi.

Men faqat oldinga harakatlanishim kerak edi. G‘ayrioddiy narsa yuz bergunga qadar, mehnat va jang qilishdan to‘xtamasligim zarur edi. O‘sha sana hamon esimda – 2017 yilning 28 avgusti.

Men Jahon Chempionati saralash o‘yinlaridan o‘rin olgan Farer orollariga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun Portugaliya terma jamoasiga chaqirildim. Kimga qarshi o‘ynashdan qat’i nazar bu katta sharafdir.

Tasavvur qiling, 13 yil oldin men 9 yoshli bola edim. Terma jamoa ranglarini yuzimga chizib olgandim. Maya shahri markazi. Gresiyaga qarshi Yevro–2004 finali.

Bu Krishtianu uchun katta yutuqlar davri bo‘lgandi. Ushbu daqiqalarni Portugaliyada hamma yaxshi eslaydi. Ammo to‘qqiz yoshingizda, bu sizga jiddiyroq ta’sir qiladi. Garchi greklarga yutqazgan bo‘lsak-da, hammasidan ko‘proq futbolchilarning ko‘zidagi yoshlarni yaxshi eslayman. Shunday qilib kiyinish xonasiga kirganimda ajib bir hisni tuydim. Krishtianu ichkariga kirganida esa gapirishni unutib qo‘ydim.

Men Krishtianu va terma jamoadagi boshqa futbolchilar bilan birga to‘p surishdan faxrlanaman. Umid qilamanki, men ham bizni kuzatayotgan to‘qqiz yoshli bolalarning yangi avlodiga ilhom bera olaman.



«Manchester Yunayted»ga o‘tish – orzumni amalga oshirganimni anglatadi. Agentimdan kelishuv to‘g‘risida eshitganimda, darhol Shveysariyadagi o‘sha kunni yodga oldim. Birinchi bo‘lib rafiqam va qizimga aytdim, keyin esa faqat yig‘lash qolgandi, xolos ... Baxt ko‘z yoshlari, quvonch ko‘z yoshlari, xotira ko‘z yoshlari.

Rafiqam bilan turmush qurmagan vaqtlarni esladim. Qanday qilib men unga Italiyada hammasini tashlamoqchi bo‘lganimni aytganim, lekin u bu mening orzum ekanligini aytib, bunga yo‘l qo‘ymaganini yodga oldim. Keyin esa akamga qo‘ng‘iroq qildim va yana yig‘lab yubordim. Otamni esladim. Hech kim mendan unga qaraganda ko‘proq narsa talab qilmagan. Asosiy tanqidchim ham akam kabi yig‘lab yubordi. Va hech qanday tanqid ham yo‘q edi. «Yunayted»ga keldimmi, demak bunga loyiqman. Hozir ham o‘yinlardan 24 soat o‘tib, otamdan yangi tanqidlarga to‘la SMS olaman. Balki, bir kun kelib agar Jahon Chempionatida g‘olib chiqsam, gol ursam va qulog‘imni berkitishni unutmasam, nihoyat 48 soatlik osoyishtalikka erishgan bo‘laman.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:38, 01.01.2021. O'qildi: 6665 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Бунёдкор Luis Kachorri 4
2 Пахтакор Igor Sergeev 3
3 Нефтчи Zoran Marushich 3
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 2
6 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 2
7 Хоразм Rustamjon Abduhamidov 2
8 Андижон Rustam Turdimurodov 2
9 ОКМК Ali Abdurahmonov 2
10 Қизилқум Elguja Lobjanidze 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.