Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dukich: “Navbahor”dagi faoliyatimdan ijobiy xotiralar qolishini istayman”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, “Navbahor” murabbiylar shtabidan serbiyalik mutaxassis Drajen Dukich ham joy oldi va u No‘’mon Hasanovga yordam beradigan bo‘ldi.

Ushbu murabbiyni muxlislarga yaxshiroq tanishtirish maqsadida, undan intervyu oldik.

Quyida Drajen Dukichning fikrlari bilan tanishasiz.

“Navbahor”ga kelishi, viloyat hokimi qabulida bo‘lganligi, galdagi vazifalar borasida

- “Navbahor” singari o‘z an’analariga ega bo‘lgan jamoada faoliyatimni boshlaganimdan xursandman. O‘zbekistonda ishlagan paytimda, ya’ni “Paxtakor” va “Qo‘qon-1912” jamoalarida faoliyat yuritganimda, Namanganga kelganman. O‘shanda “Navbahor” hamda jamoa muxlislari menda juda iliq taassurot qoldirishgandi. Mana taqdir taqozosi bilan endi “Navbahor”da ishlayapman.

Meni jamoaga No‘’mon Hasanov taklif qildi. Ushbu mutaxassis bilan oldin “Paxtakor” va “Qo‘qon - 1912” klublarida birga faoliyat yuritganmiz hamda bir-birimizni juda yaxshi bilamiz.

Kuni kecha klub vise-prezidenti Otabek Samatov, shuningdek, bosh murabbiy No‘’mon Hasanov bilan birgalikda Namangan viloyat hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqovning qabulida bo‘ldik.

To‘g‘risini aytsam, viloyat rahbari futbolni juda teran tushunadigan ajoyib inson ekan. Shavkat Shokirjanovich bilan suhbatimiz juda qiziqarli, yoqimli tarzda kechdi. Suhbat davomida “Navbahor”ning yangi mavsumdagi rejalari, jamoani kuchaytirish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Shavkat Shokirjanovich “Navbahor” oldinga qarab intilishi, jamoani kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

To‘g‘ri, jamoa tarkibida ko‘plab mahoratli futbolchilar bor. Lekin tarkibni kuchaytirish, boshqa jamoalarga raqobatbardosh qilish uchun tarkibga yana 3-4 nafar tajribali futbolchilarni jalb etish lozim.

Xuddi hayotdagi kabi, futbolda ham ertaga nima bo‘lishini bashorat qila olmaysiz. Ammo shuni ta’kidlashim lozimki, “Navbahor”ning ayni paytda murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan birgalikda o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirsa bo‘ladi.

Eng muhimi, Namangan futbol shahri hamda jamoa muxlislari futboldan zavq olishlari lozim. “Navbahor” ishqibozlarining O‘zbekistondagi eng kuchli muxlislar ekanligini yaxshi bilaman. Ular jamoani nafaqat o‘z maydonidagi bahslar, balki safardagi uchrashuvlarda ham munosib qo‘llab-quvvatlab turishadi.

O‘z navbatida klub rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatov tomonidan ham jamoaga katta e’tibor qaratilayotganligini ham aytish lozim.

Jamoa shunga yarasha natija ham qayd etishi shart. O‘yin chiroyli bo‘lsa-yu,natija ijobiy bo‘lmasa ham bo‘lmaydi.

Jamoa tarkibi kuchaytirilsa, muxlislar “Navbahor”ning g‘alabalaridan zavq olishadi, degan umiddaman.

O‘tgan mavsumning so‘nggi 3-4 oyida faoliyat yuritgan No‘’mon Hasanov yangi mavsumda jamoaning o‘yinini yanada kuchaytirish, natijaning ijobiy tus olishi uchun intilishi shubhasiz.

Buni birgalikda amalga oshirish, meni yaxshi bilganligi uchun ham Hasanov meni jamoaga chaqirdi.

Xudo xohlasa, u bilan birgalikda ijobiy natijalarni qayd etamiz, degan umiddaman.

Yosh futbolchilar, kelgusi rejalar to‘g‘risida

- No‘’mon Hasanov yosh futbolchilar bilan ishlashni yoqtiradi. Shuningdek, o‘zim ham Serbiyada OFKning yoshlar jamoasida faoliyat yuritganman. “Navbahor”ning yoshlari orasida mahoratli futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin ular tajriba to‘plashlari ham lozim. Mahorat bo‘lsa-yu, tajriba bo‘lmasa bo‘lmaydi. Buni amalga oshirish uchun ular oldinga qarab intilishlari, o‘z ustilarida ishlashlari lozim. Shundagina ular bir-ikki yil ichida “Navbahor”ning asosiy tarkibidan joy olishlari ehtimoldan xoli emas.

Bu ko‘proq ularning o‘zlariga ham bog‘liq. Bu ularning o‘zlari, shuningdek, “Navbahor” uchun ham foyda beradi.

Rejalarimizdan “Navbahor”ni raqobatbardosh jamoaga aylantirish o‘rin olgan albatta. Bu esa belgilangan tizim asosida olib boriladigan ish hisoblanadi. Klub rahbariyati buni tushunayotganligidan juda xursandman. Jamoaning ijobiy natijalarni qayd etishi, muxlislarga quvonch ulashishi uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz. Faqat buning uchun biroz vaqt talab etiladi. Asosiysi, natijaning ijobiy bo‘lishi.

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov,shuningdek, klub rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Samatov jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda va natijalar ham shunga yarasha bo‘lishiga intilamiz.

Namangan shahri, muxlislar haqida

- Namangan shahri borasida ma’lumotga egaman. Namangan aholi soni bo‘yicha O‘zbekistonda 2-o‘rinda turuvchi, juda katta, shuningdek, gullar shahri ekanligidan xabarim bor. Lekin hozir qish fasli va menimcha, bahorda har qanday shaharning go‘zalligini kuzatsa bo‘ladi.

Lekin “Navbahor”ning klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, shuningdek, muxlislarning ajoyib ekanligini ta’kidlashim lozim.

Shuningdek, fursatdan foydalanib, meni “Navbahor”ga taklif qilgan do‘stim No‘’mon Hasanov, ushbu taklifga rozilik bildirgan klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Navbahor”dagi faoliyatimdan ijobiy xotiralar qolishini istayman.

Buni amalga oshirish uchun esa qo‘ldan kelganicha mehnat qilaman.

Ta’kidlaganimdek, “Navbahor” muxlislarini juda yaxshi bilaman.

2015 yili “Paxtakor” bilan Namanganga tashrif buyurganimda, stadionning muxlislar bilan to‘la ekanligiga guvoh bo‘lganman.

Besh yildan so‘ng, taqdir taqozosi ushbu jamoaga ishlash uchun keldim. Ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashlari nafaqat futbolchilar, balki, biz – murabbiylarga ham qo‘shimcha kuch-quvvat, ruh, g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Muxlislar 12-o‘yinchi hisoblanishadi. Namanganda esa bu allaqachon o‘z isbotini topgan.

Fursatdan foydalanib, “Navbahor” muxlislariga sog‘lik-salomatlik tilayman.

Yangi mavsumda ham sevimli jamoalarini munosib tarzda qo‘llab quvvatlashlarini tilayman.

Bizning ma’lumot

Drajen Dukich – 1966 yili sobiq Yugoslaviyaning Dobul shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning OFK, “Xayduk” va “Rad” (barchasi Belgrad), “Suti Skanikshis”, “Proleter”, Xitoyning “Jiansu” jamoalarida o‘ynagan.

2002 yildan murabbiylik faoliyatini boshlab, Serbiyaning OFK, “Xayduk”, “Kolubara”, ”Radnichki” jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, yurtimizning “Paxtakor” (Toshkent, 2012, 2014-2015 yillar), “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon, 2017 - 2018 yillar) jamoalarida ham yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

Bundan tashqari, Serbiya futbol federasiyasida ham faoliyat yuritgan.

Ayni paytda Serbiya poytaxti Belgradda istiqomat qiladi.

Oilali, bir o‘g‘ilning otasi.

Muxlislik qiladigan jamoalari: “Srvena Zvezda” (Serbiya), “Real” (Madrid).

Yoqtirgan futbolchisi: Krishtianu Ronaldu.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 23:49, 09.01.2021. O'qildi: 2745 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик