Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • 2:0
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya

Navbatdagi o'yinlar.

12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Klopp yangi darajada(mi)?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Biz Kloppni shogirdlari bilan ota-bola, yaqin do‘stdek bo‘ladigan, g‘alaba qozonsa, telbalardek quvonib, mag‘lub bo‘lsa, o‘sha mag‘lubiyatni tabiiy holdek, mardlarcha qabul qilganiga guvoh bo‘lganmiz. Ammo so‘nggi paytlarda Klopp va uning “Liverpul”ida pasayish kuzatilmoqda. Natijalar salbiy tomonga o‘zgarganidan so‘ng Kloppning intervyulari qiziq bo‘lyapti.

Men odatda o‘yindan so‘ng murabbiylarning o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqaman. Murabbiy xolis baho bera oladimi yoki mag‘lubiyatini Hojiboy Tojiboyev aytganidek, “ob-havoning noqulay kelganligi tufayli” deb voqelikka zid bahonalar to‘qiydimi shunisi qiziq.

Kloppning avvalgi intervyularida mag‘lub bo‘lsa, jamoasidagi kamchiliklar, raqibni kuchiga tan berish kabi jihatlar kuzatilardi. Klopp, Mourinyo, Anchelotti, Zidan, Gvardiola kabi katta mutaxassislar matbuot anjumanlarida o‘zlarini viqorli tutishadi. Boshqalardek “qovun tushirishlar” yo‘q, matbuot bilan hamnafas yurish, u istayotgan gapni topib aytish, kerak bo‘lsa, kimlarningdir manziliga achchiq tanqid qilib, matbuotni “qizdirish”da benazir hisoblanadi.

Ammo so‘nggi paytlarda Kloppning intervyulari o‘zgardi. “Sautgempton” (0:1)ga qarshi o‘yindan so‘ng berilgan intervyusida “Biz hech narsani o‘zgartira olmaymiz. “Manchester Yunayted” ikki yilda “Liverpul”ning 5,5 yildagi penaltilaridan ko‘p tepibdi deb eshitdim” deb jamoasining o‘yinidagi muammolardan ko‘ra raqib tomonga tosh otish bilan band bo‘ldi. Va bu “Maur sistemasi”ni “yoqib olgan” Kloppning shaxsiyatiga xos bo‘lmagan birinchi hodisaga aylandi.

Bunga sabab nima? Mag‘lubiyat alamimi? Yoki “MYU”ning unga peshqadamlik kurashini taklif etganimi? Nazarimda har ikkisining ham ta’siri bor. Ammo eng asosiysi, u endi avvalgi Klopp emas. Angliyaning eng mashhur klubi, amaldagi chempion jamoaga ustozlik qilmoqda. U ham, klub ham o‘z darajasidan yuqoriladi. Va endi boshqalarga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi.

Xabaringiz bor, Yurgen Klopp bu mavsum APL taqvimi, boshqa birinchiliklar pandemiya davrida hamon beshta o‘zgarish bilan o‘yinlarni o‘tkazayotgani, APL esa bunga qarshi chiqayotganini tinimsiz tanqid qilib keldi. Albatta, murabbiyning e’tirozlarida asos bor, chunki “Liverpul”chalik hech qaysi klubning muhim o‘yinchilari safdan chiqmadi. Va bu jarayon hamon davom etyapti. Klopp mana shu qiyin davrda ham klubda necha yillardan beri mehnati evaziga to‘plagan balansi hamda ijrochilar mahorati bilan APLda hamon yetakchilik qilmoqda. Yarador ahvoldayam boshqalardan ustun bo‘lib turibdi. Buning zamirida Kloppning mehnati yotibdi, biroq biz bilgan Yurgen muttasil ravishda tizim va boshqalarning manziliga e’tiroz bildirmasdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng “MYU” va “Liverpul” berilgan penaltilar haqida gapirish, bu borada “MYU”ni ayblash bilan Klopp haqiqiy “Liverpul”chi bo‘lib bormoqda. Ikki klub o‘rtasidagi azaliy raqiblikni ana endi his qilmoqda. Endi unga bir vaqtlardagidek Ser Aleks Fergyusonni uchratib, “Rim papasi bilan ko‘rishgandek bo‘ldim” deb o‘zini kamtar kishidek tutish yarashmaydi. Va bu tabiiy holat. U hamon quvnoq va xarizmatik murabbiy. Shu bilan birga “Liverpul” an’analarini ana endi tushundi. Yangi darajaga chiqdi. Fergyuson “MYU”ni boshqarayotgan paytda futbolchidan tortib, oddiy xodim ham unga “BOSS” deb murojaat qilgan bo‘lsa, bugungi kunda mazkur e’tirof “Liverpul”da Kloppga nisbatan qo‘llanmoqda. Nemis mutaxassisi klubini chempionlik unvoni bo‘yicha “MYU” bilan tenglashtirish yo‘lida o‘zi va raqiblarga bosim qilish yo‘liga o‘tdi. Bu bosimni maydonda ham, maydon tashqarisida ham qo‘llayotgani qanchalik foyda berishini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: @VIPsport_TV
Kiritildi: 09:34, 11.01.2021. O'qildi: 4268 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Чехия Ladislav Kreychi 1
4 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
5 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик