Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Lasio
  • APL
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 3:2
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • -:-
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • -:-
      • Iroq
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • 1:2
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sherzod Jo‘rayev: “Navbahor” hamisha eng yuqori maqsadlarni ko‘zlaydi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Viktor Jalilov “Navbahor”da ishlagan kezlari ko‘plab yoshlarni kashf etib, ularni asosiy tarkibga jalb etgandi. 1999 yili Shuhrat Mirxoldirshoyev, Sanjar Asqaraliyev singari iqtidorli futbolchilar qatorida bo‘lgan Sherzod Jo‘rayev bugungi kunda “Navbahor” murabbiylar shtabida No‘’mon Hasanovga yordamchilik qilmoqda. Ayni payt Turkiya yig‘inida jamoa bilan birga bo‘lib turgan Jo‘rayev bilan suhbatlashib, turli mavzulardagi savollarimizga javob oldik.

- Sherzod, Toshkentdagi mashg‘ulot jarayoni qanday o‘tdi?

- Yig‘inni a’lo darajada o‘tkazdik, deb bemalol ayta olaman. Bizga zarur sharoitlarni yaratib berishayotgani uchun Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqov hamda “Navbahor” klubi vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga minnatdorlik bildirmoqchiman. Toshkent yig‘ini davomida bir nechta o‘yinlar o‘tkazdik. Bosh murabbiy rejasiga muvofiq tarzda kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazdik. 

 

- Nazorat-sinov o‘yinlariga batafsilroq to‘xtalsangiz...

- Bunday paytlarda yuklamalar katta bo‘ladi, kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazish tufayli nazorat o‘yinlari payti futbolchilarning qiyinchiliklarga duch kelishlari tabiiy hol. Namanganda ham, Toshkentda ham o‘yinchilar xuddi shunday yuklamalar bilan maydonda harakat qilishdi.

- “Oq-tepa” bilan o‘yinda yirik hisobda imkoniyat boy berilishi ko‘pchilikni xavotirga soldi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Mazkur o‘quv-yig‘inida asosan yosh futbolchilar tarkibga jalb qilindi. Ularning nimalarga qodirligini o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali aniqlab olishga harakat qilindi. Yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga o‘tish jarayoni oson kechmaydi. “Oq-tepa” bilan o‘yinda hisobning yirik ko‘rinish olishiga ham shu sabab bo‘ldi. Umuman, o‘sha uchrashuvning birinchi bo‘limida yigitlar juda yaxshi to‘p surishdi, lekin yuqorida ta’kidlaganimdek, mashg‘ulotlarda olinayotgan yuklamalar o‘z so‘zini aytmay qolmadi.

- Seleksiya ishlarining olib borilishi haqida nima deya olasiz?

- Ko‘ryapsiz, har bitta chiziqqa saviyasi teng bo‘lgan futbolchilar olinyapti. Misol uchun, Quvondiq Ro‘ziyev, Bahrom Abdurahimov, Serbiyadan Nikola Tasich va Marko Putinkanin olib kelindi. Muhimi, o‘tgan yilgi jamoaning o‘zagi saqlab qolindi. Qo‘shimcha tarzda tarkibga tajribali, o‘yinni kuchaytirishga qodir futbolchilar jalb qilindi. 

- Sizningcha, ushbu tarkib bilan bo‘lajak mavsumda jamoamizda kuchli uchlikdan o‘rin olish imkoniyati bormi?

- Nasib qilsa, albatta shunday bo‘ladi. Har doim aytganman, Namanganda avvaldan chiroyli futbol bo‘lgan, hozir ham bor, kelgusida ham bo‘ladi.

- O‘zingiz ham “Navbahor”da to‘p surgansiz, mahalliy muxlislar sizni yaxshi tanishadi. Umuman, sizning futbolga kirib kelishingiz qanday ro‘y bergan, bunga kimlar sababchi bo‘lgan?

- Avvallari bilsangiz, murabbiylar mahallalar va maktablardagi futbol o‘yinlarini ham kuzatishardi. O‘sha kezlari uyimizga yaqin hududda joylashgan maktablar maydonida futbol o‘ynab yurganimizda, murabbiylar o‘yinimni ko‘rishgan. Futbolga kirib kelishimga O‘tkir aka  hamda Ahmad akalar (Xolmirzayev) sababchi bo‘lishgan. Keyinchalik German Titov nomidagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga meni olib ketishgandi. Bugungi kunda futbol sohasidan uzoqlashmagan tanishlarim juda ko‘p. Masalan, Sanjar Asqaraliyev, Shuhrat Mirxoldirshoyev, katta futbolda bizga ko‘p yordam bergan Rashid G‘ofurov, Xayrullo Karimovlar hamon futbol bilan hamnafas. Shuningdek, “Navbahor”da o‘ynab yurgan kezlarim Saydullo Tursunov, rahmatli Tohir Madrahimov ham juda katta yordam berishgan.

- “Navbahor”da to‘p surish orqali qanday taassurotlarga ega bo‘lgansiz? Deylik, bugungi kunda klubda maslahatchi-murabbiy vazifasini bajarayotgan Viktor Jalilov qo‘l ostida ham o‘ynagansiz...

- Bu insonni juda qattiq hurmat qilaman. “Navbahor”ga ilk bor kelgan paytlarim Viktor Romanovich men uchun ikkinchi otamdek qadrdon bo‘lib qolgandi. Uning qo‘l ostida imkon qadar munosib tarzda to‘p surishga intildik, elga tanildik. O‘sha paytlari bu mutaxassisdan o‘rganganlarimiz hozirgi kunda bizga asqotyapti. Jalilovning odamlar bilan gaplashishi, o‘yin payti o‘zini qanday tutishi, shunga o‘xshash jihatlarni undan o‘rganganmiz.

- Futbolchilik davringizda juda ko‘p murabbiylar qo‘l ostida o‘ynagansiz. Ular orasida eng katta taassurot qoldirgani kim?

- Ko‘proq Viktor Romanovich qo‘l ostida o‘ynaganmiz. Murabbiylik faoliyatimda Deyan Jurjevich, Andrey Kanchelskis bilan birga ishladim, bugungi kunda No‘’mon Hasanov bilan yonma-yon ishlayapmiz, ulardan ko‘p narsa o‘rganyapman. Futbolchilik davrimdagi ustozlarim haqida aytadigan bo‘lsam, yuqorida ta’kidlaganimdek, ko‘p narsalarni aynan Jalilovdan o‘zlashtirganman. Viktor Romanovich jamoada qandaydir muammo vujudga kelsa, uni o‘ta bosiqlik bilan hal qilardi, o‘yin payti turli uslublarni qo‘llab, murakkab vaziyatdan chiqib ketishidan yorqin taassurot olganman. Mavridi kelganda, e’tirof etmoqchimanki, Viktor Romanovichning “Navbahor”da yana ish boshlagani juda quvonarli hol. Chunki o‘tmishda namanganlik ko‘plab iqtidor egalarini kashf etgan mutaxassis endilikda yana ushbu ezgu ishini davom ettirishiga shubha qilmayman. Uning bu boradagi juda katta tajribasi bor. 

- Bolalar futbolidan bosqichma-bosqich katta futbolga o‘tgansiz. Shunga ham to‘xtalsangiz.

- Butsalarni mixga ilgandan keyin boshqa sohada o‘zimni sinab ko‘rishga harakat qildim, lekin futbolga bog‘lanib qolsangiz, u sizni o‘ziga tortaverarkan, futboldan yiroqlasha olmas ekansiz. 2012 yildan bolalar futbolida murabbiylik faoliyatimni boshlagandim. Odil Ahmedovning tashabbusi bilan Namanganda “Odil Junior” maktabi ochildi, o‘sha yerda ishladim, 2004 yilda tug‘ilgan futbolchilarga ustozlik qildim, yuqori natijalarga erishdim. Shogirdlarim orasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga jalb qilinganlar bo‘ldi, aksariyati bugungi kunda U-18 jamoasida o‘ynashmoqda. Ikki nafari esa U-21 tarkibida to‘p surmoqda. Shu tariqa bosqichma-bosqich kattalar futboligacha yetib keldim.

- O‘tgan yili “Navbahor”ning Superligada omadsiz ishtirok etishiga, sizningcha, nimalar sabab bo‘ldi?

- Albatta, pandemiya o‘z so‘zini aydi. Chunki uzoq vaqt futbolsiz qolib ketdik, keyin esa birdaniga chempionat Toshkentda markazlashtirilgan tarzda davom ettirildi. Poytaxtda futbolchilarimizda kasallik aniqlandi, optimal tarkibni maydonga tushirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldik. Qolaversa, jarohatlar, qizil kartochkalar ham bizga pand berdi. Buning oqibatida muhim ochkolarni yo‘qotdik. Fursatdan foydalanib, futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Virusdan to‘liq xalos bo‘lib, tuzalishganidan keyin “Navbahor” safida bor kuchlarini berib harakat qilishdi, o‘zlarini ayashmadi. Holsizlanib qolishganda ham maydonga chiqib, to‘p surishdi. Misol uchun, Azimjon Ahmedov, Azizbek Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov juda qiyin ahvolda bo‘lishsa ham o‘yinda qatnashishdi. Albatta, bu bilan o‘zimizni oqlamoqchi emasmiz, lekin astoydil harakat qilishimizga qaramay, karantin jarayonida cheklovlar, baribir, o‘yinlarga to‘laqonli hozirlik ko‘rish imkoniyatidan mahrum qildi.

- O‘zbekiston kubogida-chi? Jamoaga omad yetishmadimi?

- Ko‘rdingiz, O‘zbekiston kubogining chorak finali doirasidagi “Nasaf”ga qarshi bahs noqulay ob-havo sharoitida kechganiga qaramay, yigitlar maydonda bor kuchlarini berib to‘p surishdi. Maqsadimiz juda yuqori edi, O‘zbekiston kubogi bahslarida finalga chiqish niyatida edik. Namanganda o‘tkazilgan hal qiluvchi o‘yinda qatnashish uchun borimizni berdik, ammo birozgina omad yetishmasligi natijasida yutqazib qo‘ydik. Futbolda omad ham katta ahamiyatga ega.

- Jamoa mashg‘ulotlarni Turkiyada davom ettirmoqda. “Ordabasi”ga qarshi o‘yin ham o‘tkazildi. Sizningcha, “Navbahor”ning xorijda yig‘in o‘tkazishi keyinchalik naf keltiradimi?

- Albatta, bunday yig‘inlar jamoa uchun foydadan xoli emas. Mashg‘ulotlar Turkiyada davom ettirilmoqda. Namangan hamda Toshkentdagi yig‘inlarda amalga oshirilgan ishlar samarasi bu yerdagi o‘rtoqlik o‘yinlari orqali namoyon bo‘ladi. Xorijda sparring-raqib sifatida kuchli raqiblar tanlanishi ham katta naf keltirishiga shubham yo‘q. 

- Bolalar futbolida sizdan saboq olib, bugungi kunda ko‘zga tashlanib qolgan qaysi shogirdlaringizni alohida ko‘rsata olasiz?

- Bunday futbolchilar juda ko‘p. Hozir ularni nomma-nom sanab o‘tmoqchimasman, chunki ular hali yosh, qaysidir birining nomini aytmasam, bu unga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular katta futbolda o‘z o‘rinlarini topishganidan keyingina bu haqda gaplashsak o‘rinli bo‘ladi.

- O‘zingiz maydonda to‘p surgansiz, endi esa o‘yinchilarga ustozlik qilyapsiz. Umuman, futbolchilik va murabbiylik o‘rtasida qanday farq bor ekan?

- Yaqinda Xayrulla Karimov ham ta’kidlab o‘tgandi: futbolchilik davrida murabbiylikning farqiga bormas ekanmiz. Futbolchi faqat o‘zi uchun javob beradi, murabbiy esa jamoada barcha shogirdlari uchun javobgar hisoblanadi. Shogirdining jismoniy, ruhiy holati, kayfiyati, hammasini murabbiy nazorat qilishi kerak bo‘ladi. O‘yinga tayyorlagan futbolchingiz haqida hamma narsani bilishingiz shart. Jamoa tarkibida qancha o‘yinchi bo‘lsa, barchasi bilan til topisha olishimiz zarur. Maydonga tushayotganida, “Navbahor” uchun jonini berishi, ishonchni oqlashi lozimligini tushuntirishimiz muhim sanaladi. Bilasiz, Namanganda jonkuyar, talabchan muxlislar juda ko‘p. Ularning qarshisida munosib tarzda to‘p surish kerakligini har bir futbolchi yurakdan his qilishi kerak. Xorijdan kelayotganlarga ham ishqibozlarning “Navbahor”ni qanchalik yaxshi ko‘rishlari, jamoadan chiroyli o‘yin va g‘alabalarni talab qilishlarini eslatishimiz lozim. Futbolchilar shunga tayyor holda kelishlari katta ahamiyat kasb etadi. “Navbahor” safida to‘p surgan sobiq futbolchi sifatida buni juda yaxshi tushunaman, shunga binoan ish ko‘raman.

- Murabbiylikda bosqisma-bosqich ko‘tarildingiz. Qiyinchiliklar bo‘lgandir?

- Albatta, qiyinchiliklar bo‘ldi. Ammo ularni yengib o‘tishimda ko‘pchilikning yordami asqotdi. Fursatdan foydalanib, ularning hammasiga rahmat aytmoqchiman. Hali bu sohada biror-bir natijaga erishganim yo‘q, lekin baribir, bu sohada o‘z o‘rnimni topishimda ko‘magini ayamagan, muntazam qo‘llab-quvvatlaganlardan minnatdorman. Kelgusida ham “Navbahor” rivoji uchun izlanishdan to‘xtamaymiz, Namangan futboli dovrug‘ini dunyoga yoyish uchun astoydil mehnat qilamiz.

- Yangi mavsumda “Navbahor” oldiga qanday maqsadlar qo‘yildi?

- Bilasiz, “Navbahor” har mavsumni faqat chempionlik, kubok sohibi bo‘lishni niyat qilgan holda boshlaydi. Shunday ekan, an’analarga sodiq qolgan holda, bu yil ham faqat yuqori maqsadlarni ko‘zlaymiz. Bizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun viloyat rahbarlari, klub mutasaddilariga katta rahmat aytaman. Xudo xohlasa, ularning ishonchlarini oqlaymiz.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz? Futbolchilik paytingizda biror kumiringiz bo‘lganmi?

- Bolaligimdan “Manchester Yunayted”ga muxlis bo‘lganman. Hozirgacha shunday. Rayan Giggzning o‘yinlarini miriqib kuzatganman, unga havas qilganman.

- “Navbahor” muxlislariga tilaklaringiz...

- Futbolchilik paytimda stadionni to‘ldirib o‘tiradigan “Navbahor” muxlislari qarshisida to‘p surishdan o‘zgacha zavq olardim. Bizning ishqibozlar jamoani chin dildan yaxshi ko‘rishadi. Shu muxlislar hurmati ham “Navbahor” bilan yuqori natijalarga erishishimiz kerak. Jonkuyar ishqibozlarga sog‘lik-salomatlik tilayman, chunki ular bor ekan, Namanganda futbol umrbod yashaydi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:22, 08.02.2021. O'qildi: 2947 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.