Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Arteta va Gvardiola to‘qnashuvi. «Arsenal» yetakchi «Manchester Siti»ga qarshi (Prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Angliya Premer-ligasi navbatdagi turida super qarama-qarshilik guvohi bo‘lamiz. Mavsumni biroz omadsiz o‘tkazayotgan Londonning «Arsenal» jamoasi «Emireyts»da Gvardiolaning «Manchester Siti» jamoasini qabul qiladi. Aytish mumkinki, APLning 25-turining eng markaziy uchrashuvi deb qaralayotgan, mazkur to‘qnashuv atrofidagi qiziqarli ma’lumotlar, statistikalar, o‘zaro qarama-qarshiliklar va ehtimoliy tarkiblar haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.


«Arsenal»


Mikel Arteta jamoasi APLdagi mavsumni ancha qiyin boshlashgan bo‘lsada keyinchalik o‘z o‘yini ko‘rsatishni boshladi. «Arsenal» dekabr oyining oxiridan yanvar oyining o‘rtalariga qadar ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishdi. Olti uchrashuv - beshta g‘alaba va bitta durang. «Arsenal» mazkur qarama-qarshiliklarning beshtasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi. Buu holatni hamma Gvardiolaning shogirdi boshchiligidagi jamoaning uzoq kutilgan onlari keldi degan taxminlarni bildirishni boshlagan edi, ammo londonliklarning g‘alabali onlari uzoqqa cho‘zilmadi. «Arsenal» chempionatda «Sautgempton»dan qasos olishdan oldin (3:1) olishdan oldin aynan «avliyolar» tomonidan Angliya kubogidan chiqarib yuborildi (1:0). Shundan so‘ng, ular APLning so‘nggi 4 uchrashuvining 3tasida ochko yo‘qotishdi. Ayniqsa, «to‘pchilar»ning «ajoyib» himoyasi «Vulverxempton»ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi (1:2). David Luis va Bernd Leno chetlatilishi, «kononirlar»ga ancha qimmatga tushdi . Shuningdek, braziliyalik himoyachi bir penaltiga ham sababchi bo‘lib qoldi. Qolaversa, 23-tur doirasida «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lishdi. «Arsenal» mazkur jamoaga qarshi oxirgi uch bahsdan beri mag‘lub bo‘lib kelmoqda va ushbu bahslarda ularning darvozasiga gol ham urola olmay kelib, noxush an’ana davom ettirishmoqda. «To‘pchilar» Yevropa Ligasida darvozani daxlsizligini saqlab qololmadi.«Benfika»ga qarshi kechgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi duranga imzo chekishdi. Bugungi raqib esa, har bir o‘yinda gol urib kelayotgan «Manchester Siti». Mikel Arteta jamoasi «shaharliklar»ning uyushtiradigan hujumlariga qanday bardosh berishi mumkin?
Bunaqangi muammolar jamoaning hujum chizig‘ida ham bor. Obameyang va Lyakazett juftligining bu mavsumda biroz omadi kelmayapti. Ushbu futbolchilar 24 uchrashuvda 16 gol urishdi. Har mavsumda o‘z goleadorligini namoyish etadigan gabonlik futbolchi, joriy mavsumda biroz ishonchsiz harakat qilmoqda. Mavsum davomida 8 marta raqiblar postini ishg‘ol qilgan. Obameyang dastlab noma’lum sabab bilan uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, futbolchining onasi kasal ekanligi a’yon bo‘ldi. Shaxsiy hayoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilgandan so‘ng, yana gol urish mashinasiga aylangan ko‘rinadi, o‘tgan turda «Lids» darvozasiga naq 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Balki, bu golni his qilish qobiliyati «shaharliklar»ga qarshi uchrashuvda ham ish berib qolar. Kuzatamiz. Ushbu g‘alabadan so‘ng, «Arsenal» turnir jadvalida 10 pog‘onadan joy oldi.
Hozircha jamoaga yangi qo‘shilgan Martin Edegor o‘z so‘zini aytib ulgurmadi. Londonliklar «Real Madrid»dan ijaraga olingan norvegiyalik iqtidor egasidan ko‘p narsa kutishmoqda. Yarim himoyachi hozirgacha to‘rtta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shulardan faqat ikkitasida 60 daqiqadan ko‘proq o‘ynadi. Hozircha ushbu bahslarning hech birida Edegor foydali ish qilmadi. Nima deb o‘ylaysiz, balki Arteta o‘yinchi tanlashda adshdimi? Bugungi o‘yin avvalida, «Arsenal»da yo‘qotishlar bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Tarkibning hamma o‘yinchilar uchrashuvga shay holda turishibdi. Ular natija ko‘rasata oladimi, yoki yo‘qmi hammasini bugungi uchrashuvda kuzatamiz.


«Manchester Siti»

«Shaharliklar» garchi mavsum boshida biroz qiynalishgan bo‘lsada, keyinchalik aql bovar qilmas o‘yin namoyish etishmoqda. Pep Gvardiola shogirdlari APLda qatorasiga 12 uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelishmoqda. «Manchester Siti» oldidan chiqqan har qanday raqibini ayab o‘tirgani yo‘q. Xoh bu Kloppning «Liverpul»i bo‘lsin, xoh Jozening «Tottenxem»i. «Man Siti» hozirda APL jadvalida 1-o‘rinda ketmoqda. Asosiy raqibi bo‘lgan hamshahari «Yunayted»dan 10 ochko ilgarilab ketgan. Mutaxasislarning fikricha, bir yillik tanaffusdan so‘ng, «shaharliklar» yana Angliya taxtiga chiqish ehtimoli juda yuqoriligi haqida fikrlar bildirishmoqda. Haqiqatdan ham, Pep shogirdlari o‘z o‘yinlari orqali bu taxminni haqiqatga aylantirishmoqda. Chempionlik yo‘lida ularga bugun yana bir jiddiy raqib «Arsenal» duch kelayapti. Agar, ular bugun ham g‘alabali seriyani davom ettirishsa, chempionlikka qadar yana bir muhim qadam tashlagan bo‘ladi.
Xuddi «to‘pchilar»da bo‘lgani kabi, Manchester jamoasida ham jarohatlar bilan bog‘liq mumamo deyarli yo‘q. Gyundogan va De Bryuyne jarohatdan tiklanishdi. Belgiyalik yarim himoyachi jarohatdan so‘ng, birinchi marta «Everton»ga qarshi o‘yinda o‘n daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Bugun ham katta ehtimol bilan u zaxiradan qo‘shiladi, agar, u jarohatini yangilab olsa, Myunxengladbaxning «Borussiya» jamoasiga qarshi YECHL uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu esa jamoa uchun katta yo‘qotish hisoblanadi. Premyer-liganing yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan Ilkay Gyundogan uchun mavsum ancha ko‘tarinki kechmoqda. Germaniyalik yarim himoyachi 18ta o‘yinda maydonga tushib, 11 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. «Everton»ga qarshi uchrashuvda, maydonga tushmagan futbolchi, bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Chunki, uning jarohati unchalik jiddiy emasdi.
Manchesterliklar APLda 16 uchrashuvida mag‘lub bo‘lishmadi. Ammo bu Angliya chempionati uchun bu rekord ko‘rsatkich emas, chunki 1998 - yil dekabridan 1999 - yil mayigacha »Arsenal« 19 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan va bu rekord haligacha yangilanmay kelmoqda. Agar jamoa bugungi uchrashuvda kamida durang qayd etishsa ham, bu seriyani davom ettirishi oson bo‘ladi. Chunki "shaharliklar"ning keyingi uchrashuvlariga e’tibor bersangi, ketma-ket uchra uchrashuvini o‘z uyida "Vest Xem", "Vulverxempton" va "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi. Agar, bugun "Arsenal" manchesterliklarning bu seriyasiga bugun nuqta qo‘ymasa, 22 yillik rekordini boshqa jamoa yangilab qo‘yishishi mumkin. Demak, bu ikki jamoa o‘rtasidagi bugungi o‘yinning qiziqarli o‘tishi uchun sabablar yetarlicha topiladi.

 

Qarama-qarshiliklar


Bugungi o‘yin mazkur jamoalar o‘rtasidagi 39-uchrashuv bo‘lib tarixda qoladi. Ular o‘rtasidagi 38 uchrashuvning 17 martasida "shahrliklar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 14tasida "Arsenal"ning qo‘li baland kelgan. 7ta uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. Mazkur jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvda Gvardiola shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Keyinchalik, Angliya liga kubogining chorak final uchrashuvida ham "shaharliklar" yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozongan. Demak, bugun Arteta shogirdlari raqibidan o‘ch olish uchun maydonga tushishadi.

Ehtimoliy tarkiblar


"Arsenal" (4-2-3-1): Leno, Bellerin, David Luis, Gabriyel, Tirni, Sebalyos, Jaka, Saka, Edegor, Smit-Rou, Obameyang
"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson, Kanselu, Stounz, Diash, Rodri, Gyundogan, Silva, Sterling, Foden, Jezus.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi uchrashuv haqiqatdan ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. Chunki, bu to‘qnashuv ustoz va shogird qarama-qarshiligi sifatida ham e’tiborga molikdir. Arteta va Gvardiola o‘rtasidagi super uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:59, 21.02.2021. O'qildi: 2350 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.