Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6463 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2624 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xorvatcha to‘ntarish, yoxud Yevropani zabt etayotgan «Dinamo Zagreb» tarbiyalanuvchilari

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Uzoq vaqt davomida futbol klublari yosh futbolchilarni tarbiyalashga mo‘ljallangan bolalar va o‘smirlar akademiyalarini tashkil qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, so‘nggi yillarda, o‘z tarbiyalanuvchisi orqali jamoani kuchaytirishga, hamda kuchli chempionatlarga sotish orqali daromad qilayotgan klublar ko‘payib bormoqda. Futbol tarixida bunday akademiyalar juda ko‘p. Misol uchun, «Portu», «Ayaks», «Monako», «Santos» futbol maktablari bunga yorqin misol. Ammo yana bir shunday futbol sir-asrorlarini o‘rgatadigan akdemiya borki, o‘zidan kuchli futbolchilarni yetishtiribgina qolmay, katta pul evaziga sotishgan va jamoaga katta foyda olib kelishgan. Bu Xormatiyaning «Dinamo Zagreb» jamoasi maktabi. Mazkur klubda, so‘ngi yillarda juda kuchli futbolchilar yetishib chiqqan va hozir Yevropaning top jamoalarida to‘p surib kelmoqda. Hozir biz sizlar bilan mazkur futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

8. Andrey Kramarich

«Xoffenxaym» jamoasi hujumchisi

1992 - yilda tug‘ilgan Andrey bolalaigidan futbolga nisbatan ishtiyoqi kuchli bo‘lgan. Xorvat olti yoshida Zagrebning «Dinamo» maktabida futbol o‘ynashni boshlagan. U «Dinamo» bolalar va o‘smirlar jamoasida o‘ynab yurganida, turli turnirlarda 450dan ortiq gollar urdi va bu yosh futbolchilar o‘rtasida klub rekordchisiga aylangandi. Iqridorli futbolchi 2009 -yilda «Dinamo Zagreb»ning asosiy jamoasiga chaqiruv oladi. Debyutini esa, Xosip Tadichni o‘rniga tushish bilan boshlagan. Ushbu o‘yin Kramarich uchun birinchi mavsumdagi yagona bo‘lgan. Kramarich keyinchalik, Xorvatiyaning boshqa, «Lokomotiv», «Riyeka» kabi jamoalarida ham o‘ynadi va 2006 - yilda boshqa mamlakat, Angliyaning «Lester» jamoasiga ko‘chib o‘tadi. Tumanli Albionda biroz omadi chopmagan futbolchi, bir mavsumdan so‘ng, Germaniyaning «Xoffenxaym» klubidan o‘z omadini sinab ko‘radi. Hozirgacha, mazkur jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Andrey, ushbu klub safida 145 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 72 golni yozdirib qo‘ygan. 2014 - yildan beri Xorvatiya milliy terma jamosi a’zosi hisoblanadi.


7. Deyan Lovren

«Zenit» jamosi himoyachisi


Faoliyati davomida, «Lion», «Sautgempton», «Liverpul» kabi jamoalarda o‘ynagan Deyanning ham, faoliyatini boshlanishi Xorvatiyaning poytaxtidagi jamoada boshlangan. Lovren shunchalik, iqtidorli ediki, 2004 yildan, 2006 yilgacha akdemiya tarkibida bo‘lgan. Ikki mavsumdan keyin esa, asosiy jamoa safiga qo‘shilgan. Keyinchalik, zagrebliklar uni Xorvatiyaning boshqa jamoasi, Inter safiga ijaraga berishadi. Ikki yil davomida «Inter» himoyasida ishonchli tarzda harakat qilgan. O‘shandan so‘ng, «Lion»ga, keyin esa Angliyadagi sarguzashtlari boshlangan. Hozirgi kunda Sankt-Petrburgning «Zenit» jamoasi safida o‘ynamoqda.


6. Dani Olmo

«Leypsig» jamoasi yarim himoyachisi


Millati ispan bo‘lgan bu futbolchi, garchi birinchi «Espanyol» va «Barselona» jamoalari akdemiyasida to‘p surgan bo‘lsada, baxtini aynan Xorvatiyadan topadi. 2014 - yilda, «Dinamo» safiga qo‘shilgan Olmo bir necha yil davomida, mazkur jamoa tarkibida futbol sir-asrorlarini o‘rganadi. Zagrebliklar safida 6 mavsum davomida to‘p surgan, Dani 80 uchrashuvda maydonga tushib, 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. 2020 - yilda undagi qobiliyatni sezgan, Germaniyaning «Leypsig» jamaosi skautlari e’tiborini tortadi. Ayni paytda mazkur jamao bilan Germaniyada ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Dani Olmo 2019 - yildan beri Ispaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.


5. Milan Badel

«Jenoa» jamoasi yarim himoyachisi

Eldor Shomurodovning jamoadoshi hisoblangan Milanning ham futboldagi yo‘llari, aynan «Dinamo» jamoasi safida boshlangan. 2002 - yildan, to 2007 - yilgacha zagrebliklar akademiyasida futboldagi boshlang‘ich ta’limni olgan. 2013 - yilgacha, ushbu jamoa safida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, 113 bahsda, 25 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan. Keyingi faoliyati esa, Germaniyaning «Gamburg», Italiyaning «Fiorentina» va «Lasio» kabi jamoalarga bog‘langan. Italiyadagi davrining eng ajoyib paytlari, aynan «Fiorintina» bilan bog‘liqligini aytib o‘tishimiz, joiz. Chunki, florensiyaliklar safida 108 uchrashuvda maydonga tushib, 6 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Bu albatta tayanch yarim himoyachisi uchun yaxshi natija. 2020 -yildan beri, «Jenoa» a’zosi hisoblangan Milan Badel, genuyaliklarning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

4. Shime Vrsalko

«Atletiko Madrid» himoyachisi


Vrsalko 1992 - yilda Xorvatiyaning Riyeka shaharchasida tavallud topgan, bolalik paytlarida havaskor «Zadar» jamoasi akademiyasiga qatnab yurgan. Undagi qobiliyatni sezgan Zagreb jamoasi skautlari tezda yosh futbolchini jamoaga taklif qilishadi. Avvaliga Zagrebdagi dastlabki paytlarda biroz qiynalgan bo‘lsada, keyinchalik o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi. «Dinamo» yoshlar jamoasida ikki mavsum harakat qilganidan so‘ng, 2008 - yildan asosiy jamoa safiga taklif qilinadi. 2013 - yilgacha poytaxtliklar sharafini himoya qilganidan keyin, Italiyaning «Jenoa»siga taklif qilinadi. Karerasining qolgan davrlarini ham kuchli jamoalarda o‘tkazmoqda. Xususan, Italiyaning «Sassuolo» klubida ham ikki mavsum to‘p tepgan. Keyinchalik, «Atletiko» safiga borib qo‘shilgan va hozirgacha «matraschilar» himoya markazida ishonchli o‘yinlar ko‘rsatmoqda.

3. Mario Manjukich

«Milan» jamoasi hujumchisi


Xorvatiyaning eng tajribali va iqtidorli hujumchisi hisoblangan Manjukich ham, futboldagi dastlabki ta’limni «Dinamo Zagreb» jamosi akademiyasidan olgan. Mario Xorvatiyada uncha ko‘p qolmagan, chunki undagi golni sezish qobiliyatini tezda boshqa jamoa murabbiylari payqashagan. 2010 - yilda zagrebliklar futbolchini Germaniyaning «Volfsburg» jamoasiga transfer qiladi. «Bo‘rilar» safidagi Manjukichning ajoyib o‘yinlari, «Bavariya» e’tiboriga tushdi va tezda xorvatiyalikni o‘z jamoasiga qo‘shib oladi. Mario «nemis mashinasi» safida ikki marta Germaniya chempioni, ikki marta Superkubogi, Chempionlar ligasi, UYEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibligiga ega chiqqan. Karerasining qolgan qismida, «Atletiko Madrid», «Yuventus» «Al Duxayil» kabi jamoalarda ham to‘p surib, juda ko‘p sovrinlarga ega chiqishga ulgurgan. 2021 - yilada esa, Italiyaga yana qaytdi. Faqat, «Milan» safiga borib qo‘shildi. Balki, milanliklar bilan Yevropa Ligasida qatnashib, yana bir sovringa ega chiqar. Kuzatamiz.


2. Mateo Kovachich

«Chelsi» jamosi yarim himoyachisi


Kovachich 1994 - yilda Avstryaning Lins shahrida tavallud topgan. lekin millati xorvat bo‘lganligi uchun, Xorvatiya mamlakati milliy terma jamoasida o‘ynab keladi. Mateo bolalik yillarida futbolni Avstriyaning «LASK» jamoasi akademiyasida boshlagan bo‘lsa ham, keyinchalik «Dinamo Zagreb» yoshlar klubi safiga borib qo‘shilgan. Futbolchilik faoliyati ham aynan, shu jamoa safida boshlaganini ham aytib o‘tish zarur. 2007 - yildan, 2009 - yilgacha mazkur futbol jamoasining yoshlar tarkibida o‘ynab kelgan. 2009 - yildan so‘ng, asosiy jamoaga jalb qilingan Kovachich poytaxt jamoasi safida 2012 -yilgacha, to‘p surib, 6 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Keyin esa, «Inter» klubi, mazkur futbolchini sotib olgan. Milanliklar safidagi ajoyib o‘yinidan so‘ng, Madridning «Real» klubi e’tiboriga tushgan, lekin «qaymoqranglilar» safida ko‘pincha zaxiradan maydonga qo‘shilgani va yetarlicha amliyotga ega bo‘lmayotganligi sababli ushbu klub safidan ketishga qaror qiladi. Buni payqagan «Chelsi» mutaxasisilari tezda futbolchini jamoaga taklif qiladi va hozirgacha londonliklar safida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda.

 

1. Luka Modrich.

«Real Madrid» jamoasi yarim himoyachisi

Lukaning bolalik yillari ancha qiyinchilikda o‘tganidan xabaringiz bor. Jismoniy holati ham yaxshi bo‘lmaga, lekin shunday bo‘lsada hech qachon ortga chekinmagan. Modrich futboldagi dastlabki ta’limni, «Zadar» havaskorlar jamoasi akademiyasi tarkibida olgan bo‘lsada, futboldagi asosiy sir-asrorlarni «Dinamo» klubida o‘rgangan. Tajribali xorvat 2002 - yildan, 2008 - yilgacha zagrebliklar safida to‘p surgan va uning harakatlari ham skautlar nazaridan chetda qolmagan. 2008 - yilning o‘zida Londonning «Tottenxem» klubi futbolchiga xaridor bo‘ldi. Luka «shporlar» safida 4 yil davomida ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Shundan keyin, unga yanada kattaroq jamoalardan takliflar tusha boshladi. Ular orasidan Modrichga eng yoqqani «Real Madrid»ning taklifi bo‘ldi va xorvat madridliklar safiga borib qo‘shildi. Hozirgacha «qaymoqranglilar» safida juda ko‘p sovrinlarga ega chiqishga ulgurgan. Xususan, Chempionlar Ligasi, Super kubogi, klublar o‘rtasidagi JCH, shuningdek Ispaniya chempionligi, Kubogi va Super kubogi kabi musobaqalar olti medali Modrichning sovrinlar javonidan joy olgan. Qolaversa, Luka yetakchiligidagi Xorvatiya milliy terma jamoasi ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda va 2018 - yilgi kumush medallarni qo‘lga kiritishda ham, aynan Modrichning xizmatlari katta.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:42, 05.03.2021. O'qildi: 6891 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.