Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Yunayted", "Real", "Inter" Mayami ... Ronaldu qaysi jamoaga borishi mumkin?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ko‘pchilik jamoalar singari "Yuventus" ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va rahbariyat pulni qanday tejash haqida jiddiy bosh qotirishmoqda. Klubning asosiy yulduzi hisoblangan Krishtianu Ronalduning ham  36 yoshdaligini hisobga olsak, uning olayotgan maoshiga arzirli o‘yin namoyish eta olmoqdami?! Ko‘pchilik muxlislar hamda mutaxasislar tomonidan, portugaliyalik yulduz uchun to‘lanayotgan pulni boshqa biror yoshroq va iqtidorliroq futbolchiga ajratish kerakligi haqida aytilmoqda. Shuningdek mavsum so‘ngida Ronalduni boshqa jamoaga qo‘yib yuborish haqidagi gaplar ham tarqalmoqda. Bu kabi holatlarning hammasi "Yuve" Chempionlar Ligasidan sharmandali tarzda chiqib ketganidan so‘ng boshlandi. Musobaqani tark etishda, Ronalduning aybi qanchalik katta ekanligi haqidagi taxminlar hali ancha davom etishi mumkin. Lekin kelayotgan yozda Turin jamoasi Krishtianuni sotib yubormoqchi bo‘lsa, portugaliyalik futbolchi qaysi jamoalar tarkibiga qo‘shilishi mumkin?! Hozir biz sizlar bilan shu haqida biroz fikr yuritib ko‘ramiz.

"Manchester Yunayted"

Ronalduga hozirda ko‘plab grand jamoalar qiziqish bildirmoqda, lekin ular orasidagi eng yaxshi variant "Old Trafford"ga qaytish bo‘ladi. Garchi Ole-Gunnar Sulsher yosh futbolchilarni jamoada o‘ynatishni afzal ko‘rsa-da, ammo so‘nggi 15 yillikdagi eng yaxshi o‘yinchidan bosh tortmasa kerak.
Ushbu qarorni ko‘pchilik qo‘llab quvvatlasa kerak. Negaki, bunga bir nechta sabablar topiladi. Birinchidan, Ronaldu 2003 yildan, to 2009 yilga qadar "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilganligi, hamda klub bilan bir nechta sovrinlarga ega chiqqanligi bo‘lsa, ikkinchidan, Sulsher tanlagan taktikaning juda sodda ekanligidir. "Qizil iblislar" har qanday musobaqada deyarli bir xil 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanib keladi. Qolaversa hech qanday pozision almashishlar va ayyor g‘oyalar yo‘q. Sulsher jamoasi tarkibida individual harakat qiladigan futbolchilar ham talaygina topiladi va o‘yinchilar hujumda to‘liq erkinlikka ega. Krishtianuda ham bu kabi xislatlar borligini hisobga olsak, jamoaga tezda kirishib ketishini taxmin qilish mumkin.
Ushbu mavsumda "Manchester Yunayted" jamoasiniing natijalari yomon emas. Hozirgi paytda APL turnir jadvalida 57 ochko bilan 2-o‘rinda ketmoqda. Agarda, qolgan uchrashuvlarda "Tottenxem", "Liverpul", "Lester" va "Vulverxemton" kabi yetakchi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ochko yo‘qotishmasa, mavsumni bemalol Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini taqdim etadigan o‘rinlarda yakunlashi mumkin.

"Real Madrid"

Hozirgi "Real Madrid" jamoasi yetakchi futbolchiga juda muhtoj. 2019 yilda "Chelsi"dan ne umidlar bilan xarid qilingan Eden Azar jarohatlar bilan bog‘liq muammodan boshi chiqmayapti. Ammo Portugal futbolchisi "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilsada, avvalgi kabi liderligini qanchalar ko‘rsata olishi mumkin?! Zinedin Zidan qiyin taktikalarni muxlisi emasligini hisobga olsak, Ronalduni o‘zi yaxshi biladigan tarkibga ideal tarzda joylashtirishiga shubha qilmaymiz. Ammo bu maqbul variantmi? "Real" rahbariyati 36 yoshli futbolchi uchun juda katta summani berib yuborishiga ishonish qiyin. Chunki ularda hozir pandemiya sabab, mablag‘ borasida biroz cheklovlar mavjud. Qolaversa, Qirollik klubi safida 30 yoshdan oshgan "qariyalar" yetarlicha topiladi. Zidanga esa yosh va iqtidorli futbolchi kerak, Ronaldu esa bunga mos kelmasligi aniq. Ammo "qaymoqranglilar"ga Krishtianuning ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynashi, hamda individual mahorati evaziga bir necha yillar yordam bera olsa kerak.
Yangi yildan so‘ng, "Real Madrid" jamoasida jarohatlar bilan bog‘liq muammolar chiqib, ichki chempionatda kerakli ochkolarni yo‘qotishdi, shuningdek Ispaniya kubogini ham juda erta tark etishdi. Ammo hozirda bu kabi muammolar biroz chekingandek va jamoa hozirda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda.

"PSJ"

"PSJ"da hozirda ikkita yetakchi futbolchi mavjud. Bular Neymar va Mbappe. Lekin yozda Kilian jamoadan ketishni xohlayotganini hisobga olsak, Parij jamoasiga yana bitta yetakchi o‘yinchi zarar qilmaydi. Fransuz klubi "Yuventus"dan Ronalduni osonlikcha sotib olishi mumkin. Bunga ularda mablag‘ yetarlicha topiladi. Ammo "PSJ" murabbiyi Maurisio Pochchettino ko‘proq yosh futbolchilar bilan ishlashini hisobga olsak, parijliklar bu kabi tavakkalga unchalik shoshilmasa kerak. Joriy mavsum boshlanishidan avval "PSJ" Krishtianuning transferini amalga oshirish uchun harakat qilib ko‘rgandi, biroq Turin klubi yana bir mavsum futbolchini jamoada olib qolmoqchi bo‘lishdi. Ayni paytda Liga-1 musobaqasi juda qiziqarli bo‘lmoqda. Parij jamoasi turnir jadvalida 63 ochko bilan 1-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, "Lill" ham xuddi shuncha ochko bilan 2-pog‘onada joy olgan. Agar, Ronaldu mazkur chempionatga qo‘shiladigan bo‘lsa, Liga-1 ning nufuzi yanada oshishi tayin.

"Inter" Mayami

Ronaldu uchun eng ehtimoliy variant - David Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter" Mayami jamoasi hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz MLSga o‘tadimi, yoki yo‘qmi bu noma’lum, ammo Bekxemning o‘zi jamoasida Messi yoki Ronalduni ko‘rishidan xursand bo‘lishini ta’kidlagan.

Mayamida taktika unchalik katta ahamiyatga ega emas: Ular shunchaki, katta nomlar evaziga klubni kuchaytirishni maqsad qilishgan. "Inter" o‘tgan yili Sharqiy konferensiyada o‘ninchi o‘rinni egallagan edi. Yangi murabbiy Fil Nevill esa, ayniqsa, novatorlik taktikasi bilan deyarli tanilgani yo‘q. U "Inter"da ham, Angliya termasidagi (ayollar) kabi to‘pni egallab turish orqali o‘yinni tashkil qilmoqda.
Ronaldu AQSHga borishni xohlaydimi? Aniq emas. Chunki, u hali ham futbolda yuqori darajada o‘yin ko‘rsata oladi, nazarimizda. Lekin, ehtimol qulay iqlim va Gollivudning jozibasi bir paytlar Bekxemni o‘ziga tortganidek, Ronalduni ham o‘ziga jalb qilishi mumkin. Kuzatamiz.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:39, 22.03.2021. O'qildi: 9163 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.