Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«MYU»da homiy o‘zgardi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / moliyaviy hisobotlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2014 yildan buyon «Manchester Yunayted»ga Chevrolet titul homiy vazifasini o‘tadi. Deyarli 7 yillik hamkorlik mobaynida klub mazkur kelishuvdan 385 mln. funt ishladi. Endi «qizil iblislar» yangi titul homiy nomini e’lon qilishdi - Teamviewer. Jamoa 10ta nomzod bilan muzokaralar o‘tkazib, aynan shu kompaniyani tanladi.

Aloqalar uzilishi - avtomobil kompaniyasi qarori

Chevrolet «Manchester Yunayted» bilan 2012 yildan buyon hamkorlik qilib keladi, 2014 yildan esa titul homiyga aylandi. Dastlab tomonlar 450 mln. funt sterling miqdoridagi to‘lov nazarda tutilgan kelishuvga imzo chekishgandi. Chevrolet titul homiylik uchun yiliga 53 mln. funt to‘lashi talab etilardi - The Telegraph nashrida yozilishicha, jamoaning ishtiroki shartnomaga ta’sir o‘tkazmasligi belgilangan.

Shundan keyin «MYU»ning APL­dagi ko‘rsatkichlari:

Mavsum-2014|2015 - 4-o‘rin.
Mavsum-2015|2016 - 5-o‘rin.
Mavsum-2016|2017 - 6-o‘rin.
Mavsum-2017|2018 - 2-o‘rin.
Mavsum-2018|2019 - 6-o‘rin.

Faqat 5 mavsumdagi statistika qayd etilgani bejiz emas, chunki 2019 yili The Times nashri diqqatga molik ma’lumotni taqdim etdi: Chevrolet vakillari hamkorlikdan qoniqmayaptilar. Titul homiylik boshlanganidan buyon klub atigi uch marta kuchli uchlikdan joy oldi, bir martadan Angliya kubogi, Liga kubogi, mamlakat Superkubogi va Yevropa Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi - bu esa Chevrolet kompaniyasini qanoatlantirmadi.

«Manchester Yunayted» rahbariyati hamkorlik foydasini quyidagicha izohlashdi: jamoaning butun dunyodagi muxlislik bazasi 1,1 mlrd. kishigacha oshdi. Ammo bu Chevrolet vakillariga ma’qul emasdi. 2012 yili General Motors mutasaddilari klub bilan shartnomaga mas’ul bo‘lgan marketing bo‘yicha menejer Joel Evanikni ishdan bo‘shatishdi - kelishuv ziyon keltiruvchi deb hisoblandi.

2019-2020 yillarda Chevrolet (aniqrog‘i, General Motors) rahbarlari «MYU» bilan amaldagi bitimni uzaytirishmadi.

Teamviewer nima, klub homiyligidan unga  qanday naf bor?

Teamviewer - Germaniyaning kompyuterlarni masofadan turib boshqaradigan dasturlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnologik kompaniyasi. Unga 2005 yili asos solingan. Tashkilot Uxingen shahrida joylashgan. 16 yillik faoliyati davomida IT sohasida gigantga aylanishga ulgurmadi. Shunga qaramay:

a) barcha qit’alardagi bozorlarga chiqdi;

b) 2019 yil yakunlariga ko‘ra, sof daromadni 390,2 mln. yevroga, 2020 yilda 455 mln.gacha ko‘tarishga erishdi. Kompaniya aktivlari shu vaqt mobaynida 1 mlrd. yevrodan oshdi.

Dunyoning turli nuqtalarida Teamviewer kompaniyasiga tegishli bo‘limlarda mingdan ortiq kishi ishlaydi. 2018 yildan buyon muassasa bosh direktori vazifasini bajarayotgan Oliver Steyl esa bir yil avval shunday degandi: «Teamviewer o‘z ta’sir doirasini kengaytirish va butun jahondagi odamlarni birlashtirish uchun boshqa tarmoqlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatishga e’tibor qaratadi».

«Manchester Yunayted» bilan hamkorlik masalasida esa Steyl quyidagicha fikr bildirdi: «Ushbu kelishuvni imzolaganimizdan bag‘oyat xursandmiz. Bu bitim brendimiz nufuzini oshirishda asqotadi, mijozlarimiz auditoriyasi kengayishida muhim o‘rin tutadi».

«MYU» nomidan esa klub boshqaruv direktori Richard Arnold chiqish qildi: «Teamviewer bilan ish boshlashni intiqib kutyapmiz. Odamlar va tashkilotlar aloqalarining oqilona uslublariga asoslangan sherikligimizni hayotga tatbiq etmoqchimiz».

Darvoqe, Teamviewer logotipi aslida moviy rangda, ammo «Manchester Yunayted» liboslarida u oq tusda bo‘ladi - bunga «Manchester Siti» bilan o‘rtadagi raqobat sababdir.

«MYU» shartnomadagi homiylik to‘lovlari kamayishiga rozi

Teamviewer «Manchester Yunayted» tarixida Sharp, vodafone AIG, AON va Chevrolet kompaniyalaridan keyingi oltinchi titul homiyga aylandi. Chevrolet bilan hamkorlik (titul homiy sifatida) futbol tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. «MYU» bu shartnomadan har yili 53 mln. funt olardi.

Teamviewer bilan tuzilgan bitimdagi summa ozroq bo‘ladi - bir mavsum uchun 47 mln. funt. Keyingi besh yil mobaynida ushbu tartib saqlanib qoladi.

O‘z navbatida, «Manchester Yunayted» homiylardan olinadigan boshqa summalarda ham pasayish kuzatilgani haqida xabar berdi. U bir yil mobaynida 627 mln. yevrodan 509 mln. yevrogacha tushib ketdi. Qo‘shimchasiga, mavsum oxirida AON bilan tuzilgan yirik kelishuv muddati ham yakunlanadi: ushbu kompaniya dastlab klubning titul homiysi bo‘lgan, keyinchalik esa mashg‘ulotlar libosida reklamasini joylagan.

«Manchester Yunayted» va Teamviewer o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ushbu yo‘qotish o‘rnini qoplay olmaydi, uni qisman yopishi mumkin, xolos.

O.ATABOYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:38, 12.04.2021. O'qildi: 6631 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик