Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ana, xolos! Kroyffning antiqa irimi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Afsonaviy Yoxan Kroyff ham vaqtida bitta irimga qat’iy amal qilgan: jamoasi o‘yinidan oldin har safar darvozabon qorniga musht tushirgan va og‘zidagi saqichni tupurib tashlagan. Aytishlaricha, u bu ishni bir marta unutgan va «Ayaks» yevrokuboklar finalida mag‘lubiyatga uchragan. Mashhur Rinus Mixels vaqtida Kroyffning xarakteriga alohida to‘xtalgan edi: «Shubhasiz, men bilan ishlagan eng buyuk futbolchi - bu Yoxan. Ammo barcha buyuklar kabi Kroyffda ham o‘ziga xos xarekteri bor edi. U g‘alabadan boshqasini sira tan olmasdi. Deylik, kubok turniri doirasidagi oddiyroq o‘yinga zaxira tarkibini tanlaganimda, Yoxan darhol ofisga bostirib kirib, hattoki, baqirardi: «Hoy, nega bunday qilyapsiz, axir g‘alaba qozonishimiz kerak-ku...». Ajoyib yigit. Ammo futbol masalasiga kelganda, u biroz g‘alati bo‘lib qolardi. Ba’zan tanlangan taktikaga past ovozda e’tiroz bildirib, o‘zini shaylantirardi, go‘yo. Shuningdek, Yoxonda o‘ziga xos irimlar ro‘yxati ham yo‘q emasdi».

Yoxan Kroyff irimlaridan biri ayniqsa, darvozabonlarga og‘ir botgandir. Chunki u saqichni tupurib tashlab, kiperning qorniga musht tushirardi. Shunchaki emas, jiddiy qiyofada, yana kuch bilan. Yoxan Kroyffning o‘zi 1972 yili bu borada alohida gapirib bergandi: «Ha, bu g‘alati odat, lekin men uchun kichik irim. Barchasini, ya’ni shunday amal menga omad keltirishini tasodifan payqadim. Shunday qilsam, jamoam ko‘pincha g‘alaba qozonadi».Reja oddiy: Kroyff o‘yindan oldin maydonni bir aylanib chiqardi. U bu vaqtda og‘zidagi saqichni rosa chaynardi va yakunda raqib jamoa darvozasi tomon tupurardi. Aniqrog‘i, raqib muxlislariga ajratilgan tribuna ro‘parasidagi darvoza tomon (safar o‘yini bo‘lsa, chaynalgan saqich mezbonlar tribunalari tomon «uchardi»). Kroyff shundan keyin kiyinish xonasiga qaytib, asosiy darvozabon bilan biroz suhbatlashar va uning qorniga zarba berardi. Futbolchi ba’zan saqich tupurishni ancha cho‘zardi. Ya’ni hakamning start hushtagi yangrashi arafasigacha sabr qilardi. Albatta, raqib jamoaning birinchi bo‘limda maydonning qaysi yarmidan joy olishi ma’lum bo‘lishiga qadar.

Kroyff ushbu irimini «Ayaks» ishtirokidagi ko‘plab o‘yinlarda takrorlagan. Eng e’tiborli jihati, muxlislar jamoa sardori o‘ylab topgan antiqa «hunar»ni olqishlashar, qolaversa, barcha futbolchilar unga so‘zsiz bo‘ysunishardi. Biroq kulguli xurofotdan darvozabonlar qattiq aziyat chekishgan, ayniqsa, Gert Bals. U bir safar hammasini ro‘y-rost aytgandi ham: «To‘g‘risi, Yoxandan necha martalab qornimga qattiq urmasligini so‘radim. U esa o‘zini tushungandek ko‘rsatar va ohista zarba berardi. Ammo qattiq tegardi, baribir, har holda, bu jarayon yoqimli emasdi. Eng qizig‘i, uning o‘zi bir gal yuzimga yengil tarsaki berishini aytdi va bunga qarshilik qilolmadim. O‘shanda muhim ochko yo‘qotdik - durang. Uchrashuvdan keyin Yoxan menga qarab o‘shqirdi: «Bas, tarsaki ish bermadi, bilib qo‘y, keyingi safar yana qorningga musht tushiraman».

Murabbiy Rinus Mixels bu udumdan yaxshi xabardor edi, ammo Kroyffga taqiq qo‘ymagan. Balki u ham Yoxanning irimi «Ayaks»ga omad keltirishiga ishongan yoki shunchaki, yetakchi futbolchi ra’yiga qarshi borishni istamagandir. Kroyff o‘yinlardan biri arafasida saqich tupurishni unutadi va «Ayaks» yutqazadi, yana yevrokuboklar finalida. Aniqroq aytsak, Amsterdam jamoasi 1968|1969 yillar mavsumida Yevropa miqyosidagi turnirning hal qiluvchi o‘yiniga chiqadi. Bunga qadar Niderlandiya klublari yevroturnir finalini ko‘rgan emasdi. Xullas, «Ayaks» 1969 yili Yevropa Chempionlar kubogini yutish uchun «Milan»ga qarshi maydonga tushadi. Kroyff o‘sha uchrashuv oldidan ham o‘z irimini takrorlashga shaylanadi. Ya’ni hakamning dast­labki hushtagidan oldin jamoani sardorlik bog‘ichi ostida maydonga boshlab tushgan darvozabon Bals yoniga yuguradi va uning qorniga musht tushiradi. Keyin saqich sotib olishni unutganini fahmlab, birdan seskanib tushadi. Kroyffning o‘zi finaldan keyin o‘sha omadsizlikni shunga bog‘lagandi: «Saqich olishni unutganimdan rosa asabiylashdim. Boz ustiga, bu men uchun birinchi katta final edi. Eh, shunday o‘yinda saqichni unutsam-a... To‘g‘ri, tan olishim kerak, «Milan» juda kuchli bo‘lgani tufayli yutqazdik. Ammo kichik xatom ham uchrashuv natijasiga ta’sir qilgani tayin. Aslida o‘yin payti bu haqda o‘ylaganim yo‘q, lekin taqdirlash marosimida barchasini tushundim va o‘zimni koyidim: «Yoxan, agar bugun ham la’nati saqichni tupurganingda, o‘yin mutlaqo boshqacha ssenariy ostida kechishi hech gap emasdi». Ma’lumot uchun, «Milan» o‘sha uchrashuvda to‘liq ustunlikka erishib, «Ayaks»ni shunchaki, «parchalab» tashlagandi - 4:1.

Kroyff oradan yana 2 yil o‘tib, yevrokuboklarda g‘alaba nashidasini suradi. Keyin 1971|1972 va 1972|1973 yillar mavsumlarida yana yevrokuboklarning bosh sov­riniga ega chiqadi. Shundan so‘ng «Barselona» safiga qo‘shilgan afsona antiqa irimini kamroq o‘tkazishga odatlanadi. Deylik, darvozabon Salvador Sadurni niderlandiyalik yulduzga ijobiy munosabatda bo‘lsada, undan jamoadoshlariga hurmat bilan qarashni talab qiladi va qorniga musht tushirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:13, 18.04.2021. O'qildi: 3750 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик