Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappe haqida siz bilgan va bilmagan qiiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mbappe ushbu mavsumning eng ko‘p muhokama qilingan futbolchilardan biri hisoblanadi. OAV orqali Kilianga qiziqish bildiraayotgan jamoalar soni har kuni bittaga oshgani haqida xabar chiqaveradi. Mbappe aslida kim, bolaligi qanda o‘tgan? Hozir esa biz sizlar bilan mazkur futbolchi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.  

23. Mbappe 1998 yil 20 dekabrda Parij yaqinida joylashgan, 19-okrugda tug‘ilgan. Kilian sportchilar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi kamerunlik muhojir va futbol murabbiyi, onasi esa gandbolchi bo‘lgan. U yoshligidan futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan. Besh yoshli Mbappeni tez-tez otasi murabbiy bo‘lib ishlaydigan mahalliy havaskorlar jamoasi stadioniga borib turardi. Birinchi murabbiyi ham aynan otasi hisoblanadi. 6 yoshiga kelib, futbol bilan muntazam shug‘ullanishni boshlaga. U ko‘proq o‘zidan katta futbolchilar bilan to‘p tepishni yoqtirar edi.

22. Mbappeni qiziqtirgan yagona narsa futbol edi. Kilian kun bo‘yi o‘yin haqida gaplashishi ham mumkin, akasi, otasi va tengdoshlari bilan futbol uchrashuvlari haqida suhbat qurishni yaxshi ko‘rardi. Futbolchining o‘sishiga birinchi murabbiyi Rikardi katta rol o‘ynagan. U futbolga shu qadar mehr qo‘ygan ediki, mashg‘ulotlardan so‘ng, xonasida ham to‘p bilan shug‘ullanardi. Yotoqxonasidagi stol, divan kabi jihozlar darvoza vazifasini bajarib berardi.
Yosh futbolchining yana bir sevimli mashg‘uloti PlayStation o‘ynash bo‘lgan.

 

21. Kilianning hech qachon sevimli jamoasi bo‘lmagan, u futbolchilarning individual o‘yinini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi. Xonasida Mbappening bolalikdagi kumiri bo‘lgan Krishtianu Ronalduning ko‘plab suratlari osilgan edi.

20. Hujumchi dastlabki yillarini Fransiyaning «Klerfonten» nomli futbol akademiyasida ta’lim olgan. Ushbu akademiya juda mashhur bo‘lib, Terri Anri va Lilian Tyuram kabi futbolchilar ham, dastlab ushbu futbol maktabida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan.
«PSJ» hujumchisi har kuni mashg‘ulotlarga piyoda borib kelardi, chunki avtobus uchun unda pul bo‘lmasdi. Mbappe o‘n uch yoshida «Real» akademiyasida paydo bo‘lishi mumkin edi, chunki o‘sha paytda «Real» yoshlar jamoasining murabbiyi bo‘lgan Zinedin Zidanning o‘zi unga qiziqish bildirgan, ammo Kilian otasi bilan maslahatlashib, hali bunga tayyor emasligini aytib, rad javobini bergan.

19. Biroz vaqt o‘tgach, Mbappe birinchi professional shartnomasini imzolaydi. «Monako» ushbu futbolini qo‘lga kiritish uchun 650 ming yevro pul sarflagan.

18. 2016-yilda fransuz futbolchisi, yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempioni bo‘lishga erishgan. U beshta gol urib, musobaqaning ikkinchi to‘purarga aylangan. Chempionlikdan so‘ng, u Fransiya terma jamoasining bayramona ziyofatiga bormagan. Bu harakat bilan ko‘pchilikni hayron qoldirgan. Kilian «Monako» jamoasi bilan bo‘ladigan yig‘inga qadar, yaxshiroq dam olish uchun uyda qolishni afzal ko‘rgan.

17. Sportchi ilk marta 2015-yilda Fransiya chempionati uchrashuvida debyut qilgan. «Kann»ga qarshi uchrashuvning 88-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. Shundan so‘ng, Mbappe tez-tez «Monako» libosida maydonga paydo bo‘ladigan bo‘ldi. O‘sha mavsumda futbolchi 1 gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan. Natijada Kilian afsonaviy Terri Anrining rekordini yangiladi. Mbappe Fransiya chempionatida gol urgan eng yosh futbolchi nomiga sazovar bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay Mbappe «Monako» bilan yangi shartnoma imzoladi va qo‘shimchasiga 3 million yevro ishlab oldi.

16. 2016/17 yilgi mavsumda fransiyalik iqtidor 26ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Liga-1da «Monako» PSJ bilan raqobatlashib, uzoq kutilga chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘sha yili monakoliklar Chempionlar Ligasida ham ajoyib qatnashdi. Ular pley-off bosqichida «Manchester Siti» va «Borussiya Dortmund» kabi jamoalarni musobaqadan chiqarib yuborishgan.

15. Dunyoning eng yaxshi jamoalari o‘n sakkiz yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlab yuborishdi. Hujumchiga Germaniya, Ispaniya va Angliyadan takliflar tushgan edi, ammo Mbappe yana bir necha maysum vatanida qolishni afzal ko‘rdi va «PSJ» jamoasini tanladi. Parijliklar futbolchi uchun «Monako»ga 180 million yevro miqdoridagi pulni to‘lab berishdi. Kilian futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchiga aylandi. Uning narxi faqatgina jamoadoshi Neymarnikidan kamroq edi.

14. «PSJ»da 29-raqam ostida debyut qilgan fransuz, keyinchalik 7-raqam ostida to‘p surishni afzal deb bildi.

13. Mbappe Fransiya milliy terma jamoasidagi debyutini 2017-yilda amalga oshirgan. 2018-yilda esa mamlakat terma jamoasi bilan Rossiya maydonlaridagi Jahon chempionatida bosh sovringa ega chiqqan. Kilian mazkur chempionatda 7 marta maydonga tushib, 4 gol urishga erishgan.

12. Hujumchining asosiy ustunligi - bu uning ajoyib tezligidir. Uchrashuvlarning birida u soatiga 38 km tezlikda yugurgan.

11. Kilianda Jahon chempionligi bilan birga, to‘rtta Fransiya chempionligi, shuningdek uchta Fransiya superkubogi oltin medallari bor. Shaxsiy mukofotlaridan esa 2018 yilgi Jahon chempionatidagi eng yaxshi yosh futbolchi va 2017 yilgi Golden boy sovriniga ega chiqqan.

10. Futbolchi hozirgacha, hech bir qiz bilan jiddiy munosabatda bo‘lmagan. O‘zi esa bu savolga: «kim bilandir uchrashib yurishga vaqtim yo‘q.» deb javob bergan.

9. Mbappening Instagramdagi rasmiy akkauntiga 47 million kishilik obunachisi bor bo‘lgan. U o‘z sahifasida u tez-tez futbol uchrashuvlaridan, yoki shaxsiy hayotidagi suratlarni joylashtirib boradi.

8. Ayni paytda futbolchi Parijning nufuzli kishilari yashaydigan 16-okrugidagi ikki qavatli uyda yashaydi, uning derazalari Eyfel minorasiga qarab turadi.

7. Kilianning sochlari va ko‘zlari qora rangda, ammo futbolchi tez-tez sochlari rangini o‘zgartirib turishni xush ko‘radi.

6. Shu paytgacha u ikki marta qizil kartochkaga «loyiq ko‘rilgan». Qiziq tomoni ikkisi ham, Fransiya kubogi doirasidagi uchrashuvida ko‘rsatilgan.

5. Mbappe ko‘chada oddiy odamlardek yurolmasligidan biroz xafa bo‘ladi. Agar, u oddiy musqaymoq yeyish uchun ko‘chaga chiqsa, tezda uning atrofida 500ga yaqin odam to‘planadi.

4. Futbolchining onasining xam asli kelib chiqishi jazoyirlik.

3. Fransuz o‘z pullaridan turli xil fondlarga xayriya qilib turadi. Kilian taniqli afrikalik futbolchilar qatori Afrikada sportni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Mbappe ota-onasining kelib chiqishi afrikalik ekanligini hech qachon yodidan chiqarmaydi.

2. U asosan to‘pga zarbani o‘ng oyoqda beradi.

1. Kilianning suratlar kolleksiyasi ichida, Krishtianu Ronaldu va Terri Anri bilan tushgan suratlari bor.

Kiritildi: 18:14, 07.05.2021. O'qildi: 3704 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик