Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ga kim yetishmayapti?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Madridning “Real” klubi yakuniga yetayotgan mavsumda juda muhim o‘yin yoki o‘yinlar arafasida turibdi. “Yoki” deb ajratishimizga sababi Toshkent vaqti bilan aytilsa, 14 may soat 01:00da boshlanadigan “Granada”ga qarshi o‘yinning natijasi keyingi uchrashuvlarning qiymatini belgilaydi. G‘alaba kurashning faol tarzda davom etishini anglatsa, ochko yo‘qotilishi “Atletiko”ning chempionligiga yarim qadam qoldi, degani bo‘ladi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham mavsumning oxirida turibmiz. Nazdimda, ba’zi birlamchi tahliliy xulosalarimizni qilsak bo‘ladi. Xususan, Zidan jamoasiga butun mavsum davomida nima ko‘proq muammo keltirdi? Birinchi bo‘lib xayolga keladigani bu shubhasiz – JAROHATLAR! Ularning soni koronavirus yo‘qotishlarini hisoblamaganda – 53 ta. Ko‘p. Ancha ko‘p.

Tahlillar jarohatlarning aksari jismoniy tayyorgarlikdagi xatolar va yuklamaning noto‘g‘ri taqsimlanishi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqda. Bunday vaqtda jismoniy tayyorgarlik murabbiyi bosh javobgarga aylanadi. “Real”da esa bu lavozimda 2019 yil yozidan buyon Gregori Dyupon ishlab kelmoqda. Undan avvalgi uch mavsumda esa – Antonio Pintus Ronaldu yetakchiligidagi klubning jismoniy holatiga mas’ul edi. Pintus Madriddan so‘ng Milanga ko‘chib o‘tib, “Inter” bilan joriy mavsum Italiya chempioniga aylanib ulgurdi. Ammo “Real”da ishlar aynan shu jabhada keskin oqsay boshladi.

Eden Azar bilan bog‘liq holatni misol keltirib o‘tirmayman. Buni hammamiz shundog‘am yaxshi ko‘rib turibmiz. Serxio Ramos, Lukas Vaskez, Ferland Mendi, Federiko Valverde, Isko va Karvaxal kabi futbolchilarning surunkali jarohat-u asoratlar ta’sirida yurishi Dyuponni eng kamida o‘ylantirishi lozim. Qo‘shimchasiga jarohatlar soni bo‘yicha chempionlik kurashidagi raqobatchilari bilan solishtirib chiqilsa “Real” eng kamida 10+ ko‘rinishida oldinda borayotganini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Albatta shu holatda ham klubning YECHL ½ finaliga borgani, La Ligada birinchilik uchun kurashayotgani yomon natija emas, biroq “Qirollik klubi” muxlislariga bu kamlik qilishini hammamiz yaxshi tushunamiz.

Adolat o‘rnida jamoa tarkibidagi asosiy futbolchilarning yoshi o‘tib borayotganini eslatib o‘tish zarur. Ya’ni, “Real” umumiy avlodlar almashinuviga muhtoj. Madridda bunday jarayon boshqa joylardagi kabi akademiya vakillari bilan emas, yirik transferlar bilan amalga oshadi. Yoz esa yaqin. Peres futbolchilar bilan birga jismoniy tayyorgarlik murabbiyi lavozimini ham bir yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak menimcha.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 21:00, 13.05.2021. O'qildi: 9888 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик