Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yangi chaqiriq: Alaba «Real»da o‘ynay oladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu yilgi asosiy transfer voqeyliklaridan biri yaqinlashayotganga o‘xshaydi.Atrofida yangi klubi haqida ko‘p mish-mishlar  aylanib yurgan, to‘liq ism-sharif bilan chaqirilganda Devid Olatukunbo Alaba yozda «Real»ga ko‘chib o‘tishi, ko‘p ehtimol. Quyida, avstriyalikning «qirollik klubi» tarkibidagi istiqbollarini muhokama qilamiz.

Alaba «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida ma’lumot paydo bo‘lganida, ko‘plab ommaviy axborot vositalari darhol futbolchini «Real»ga moslashtira boshladilar. Ha, ispan grandi bilan birga «Chelsi», «PSJ», «Yuventus» va hattoki «Barselona» kabi «kattakon» klublarning nomlari ham matbuotda paydo bo‘la boshladi, ammo ularning qiziqishi Madrid jamoasiniki singari jiddiy emas edi. Qanday bo‘lmasin, barcha mish-mishlar haqiqat bo‘lib chiqdi - eng nufuzli transfer insayderlaridan biri Fabrisio Romano barcha taxminlarni quyidagicha tasdiqladi: Alaba tez orada «Qirollik klubi» futbolchisiga aylanadi.

Shunisi e’tiborliki, 28 yoshli futbolchining ushbu transferdan keyingi maoshi o‘zgarishsiz qoladi. Ya’ni, har mavsum uchun 12 million yevro. Ammo aynan shu maosh Alabaning «Bavariya»dan ketishni istashi uchun asosiy sabab hisoblangan. Bu shuni anglatadiki, biz kelishimiz mumkin bo‘lgan xulosa ma’lum bir xulosa – avstriyalik haqiqatan ham yangi chaqiruvga javob berishni xohlaydi va bu o‘tish uning uchun yangi sinovga aylanadi. Ammo bunday tanlov qanday tugashi mumkin? Keling, Alabaning Madridda qanday pozisiyalar kutib turganiyu Zidan futbolchidan qayerda maksimal samaradorlik bilan foydalanishi mumkinligini tushunishga harakat qilamiz.

Alabaning asli pozisiyasi chap qanot himoyachisi ekanligi sir emas. Aynan shu rolda u Myunxen klubida asosiy yulduz o‘yinchiga aylangan. So‘nggi yillarda turli xil kadrlar muammosi tufayli Xansi Flik Deviddan markaziy himoyachi sifatida foydalandi. Bu esa taxsinga sazovor. Boisi, u o‘ziga yuklatilgan vazifani shunchaki qoyillatdi. Zarur bo‘lganda, avstriyalik himoyadan yarim himoya hududiga ham ko‘tarildi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ushbu futbolchi «Bavariya» tarkibida eng muhim bo‘lgan ko‘p qirrali jangovar birlik edi. Axir, agar bunday bo‘lmaganida, Myunxen jamoasi raqiblarini tom ma’noda oyoq osti qilib tashlamas ediku.

Markaziy yarim himoyachi.

Ehtimol Alaba «Bavariya»da aynan shu pozisiyada ko‘proq o‘ynashni xohlagan. Shuning uchun ham bu, futbolchining «Bavariya»dan ketishiga sabab bo‘lganligi bejiz aytilmagan edi. Go‘yoki Flik Devidning yarim himoyada o‘ynash talabini qondira olmadi. «Real Madrid»ga kelsak, avstriyalik bu pozisiyada o‘z o‘rnini egallashi va asosiy futbolchiga aylanishi mumkin emas. Sababi oddiy - unga maydon markazida ish yo‘q.

Bu nuqtada «Real» kadrlar etishmasligidan aziyat chekmaydi: Kroos, Modrich, Kasemiro, Valverde. Alabani esa har qanaqasiga bu futbolchilardan bir bosh ustun deb bo‘lmaydi. Aynan shu jumlani o‘qib, «qamoqranglilar» muxlislari zabonidan «Iye Iskochi?» degan xitob yangragan bo‘lsa, ajab emas.

Ha, hujumga yaqinroq hududda «texnar»lik qiladigan Ispaniyalik futbolchini ham unutmaslik kerak. Bundan xulosa qilish mumkinki, yangi mavsumda Alabaning yarim himoyada, aniqrog‘i «Real» yarim himoyasida paydo bo‘lishi ehtimoli juda past, basharti «qirollik klubi» yozgi transfer oynasida asosiy futbolchilaridan biri sotmasa, yoki bu pozisiyadagi bir qator futbolchilar jarohat olishmasa.

Endi, Devid uchun maqbul pozisiya - tayanch yarimhimoya. Bu pozisiya «Real»da mutlaqo o‘zgarmas bo‘lib tuyuladi. Bunday fikr bejiz emaski, yaqin kelajakda Kazemironing o‘rnini bosa oladigan futbolchini topish yetarlicha mushkulot. O‘z navbatida braziliyalik, o‘zi uchun qulay joydan hech qayoqqa ketmoqchi ham emas. Demak, Kazemiro «qirollik klubi»ning tayanch yarim himoyasida yana bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida beminnat xizmat qilishga qodir.

Mudofaa. Chap qanot.

Alabani himoyan zonasida lateral holatda ko‘rish ehtimoli ancha yuqori. Marseloga yillar va uning yoshi o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda va bu so‘nggi o‘yinlarda juda aniq ko‘rinib turibdi. «Chelsi»ga qarshi o‘yinda braziliyalik tezkor raqiblariga g‘ov bo‘la olmadi bu esa «Real» himoyasida katta muammoga aylandi. Afsuski, tan olish kerak, Marselo endi avvalgi saviyasini saqlab qola olmayapti, shu sababli Ferlan Mendi yo‘qligida «qaymoqranglilar» himoyada joiz bo‘lsa, yirik bo‘shlikni his etmoqlar.

Bu pozisiya Alaba uchun xosdir, shuning uchun moslashishda hech qanday personal muammolar bo‘lmasligi aniq. Ammo u chapdagi birinchi o‘yinchiga aylanadimi? Yoki u shunchaki Marseloning o‘rnini bosadimi? Bu savol juda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mendi allaqachon asosiy tarkibda o‘ziga ishongan o‘yinchiga aylanib ulgurgan va o‘yindan-o‘yinga ilgarilamoqda, shu sababli Alabani asosiy tarkibda tanlagani aniq bo‘ladi deb bo‘lmaydi.

Mudofaa. Markaziy.

Bu variant bir qarashda Devid uchun eng maqbul va istiqbolli ko‘rinadi. So‘nggi ikki mavsumda «Bavariya»da buni isbotlagan Alaba ushbu pozisiyada chakki emas. Ustiga-ustak, «Real»ning hozirgi asosiy markaziy himoyachilari va ularning barqarorligi haqida gapirgandan ko‘ra, ertangi ob-havoni tahmin qilish nisbatan asosliroq. Rafael Varanning ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Emishki, u «Manchester Yunayted» tomon oshiqmoqda. TOP futbolchi TOP klub safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Demakki, bu transferda g‘ayritabiiy narsa yo‘q. Bundan tashqari, «qaymoqranglilar» sardori Serxio Ramos hali klub bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q. Bu yerda biroz kelishmovchilik bor. Serxio maoshining kamayishi evaziga bo‘lsa ham «Real»dan ikki yillik shartnoma talab qilmoqda. Klub esa uning darajasiga shubha bilan qarashni boshlagan chog‘i, faqatgina bir yillik bitim bilan Ramosni rozi qilmoqchi.

Ehtimol, «Real Madrid» rahbarlari ushbu futbolchilarning kelajagini allaqachon tahmin qilib ulgurishgan va shu boisdan, bor e’tibor Devid Alabaga qaratilgan. O‘z navbatida shuni ham hisobga olish kerakki, agar, avstriyalik transferi amalga oshsa, uning unga jamoadagi yaqin raqobatchilar - Nacho va Militaodan kuchliroq ekanligi inkor etilmaydi.

Alaba yangi klubda nima qila olishi va qayerda iloji boricha foydali bo‘lishi mumkinligi transfer amalga oshib, futbolchi qaymoqrang libos bilan «Real» tarkibida ko‘rinish bergandagina yaqqol namoyon bo‘ladi. Lekin shuni aniq aytish mumkinki, agar Zidan Madridda qolsa, unga jamoadan joy topa oladi va biz avstriyalik futbolchining faoliyatidagi yangi bosqichni qiziqish bilan kuzatamiz. Har holda, Devid ulkan tajriba va salohiyatga ega futbolchi, u har qanday holatda ham Madrid klubida ortiqcha bo‘lib qolmaydi.

 

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:45, 18.05.2021. O'qildi: 5774 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик