Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      •   Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 8 21
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 8 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro - Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

22/04/26 Buxoro - Paxtakor
23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Baxtiyor Ashurmatov: ""So‘g‘diyona" juda yaxshi shakllangan jamoa"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Juda ham murakkab o‘yin bo‘ldi. "So‘g‘diyona" juda yaxshi shakllangan jamoa. Tan olish kerak birinchi taymda raqib bizdan ustunlik qildi va himoyadagi xatolarimizdan foydalanishdi. Tezkor gol urganimizga qaramay ketma-ket uchta gol o‘tkazib yubordik.


Ikkinchi taymda vaziyatlar yaratdik, oxirigacha kurashdik, afsuski futbol shunday beshafqat. Ikkinchi taymdagi o‘yinimiz orqali hech bo‘lmasa durangga loyiq edik. Yigitlarimiz oxirgacha kurashishgani uchun muxlislarimiz ularni olqishlab qo‘yishdi.

Asosiy darvozabonimiz Muzaffar Abdullayev jarohat olganidan keyin har o‘yinda turli darvozabonlar tushmoqda. Birinchi davradan keyin Islomjon Abdullayevni qaytarish imkoniyati bor, yoki Asilbek Amonov yil boshida bizning jamoaga kelishi mumkin edi. Biroq uch darvozabon bilan shartnoma tuzib bo‘lgandik. Yozda balki uning variantini yana ko‘rib chiqarmiz.

Bobur Akbarov zaxiraga olinganidan keyin jahli chiqdi? O‘zim ham futbolchi bo‘lganman, birinchi taymda zaxiraga olinish hech kimga yoqmaydi. Lekin 1:3 hisobida yutqazayotgandik va tavakkal qilishimiz kerak edi. O‘zgarishlar o‘zini oqladi, hujumkorlik ortdi, Abduhamidovning o‘zida ikkita vaziyat bo‘lgandi. Bitta yoqmagan jihat bu raqib futbolchilarining maydonga yotib olishlari bo‘ldi, mayli bu vaziyatga to‘xtalib o‘tishni xohlamayman. Mag‘lub bo‘ldik va ayb o‘zimizda.

Andrey Sidorovning potensiali yuqori, lekin so‘nggi yillarda o‘yinida pasayish bo‘ldi. Uni mana shu "chuqurlik"dan olib chiqib ketsak juda yaxshi o‘yinlar namoyish etishi aniq.

FIFA kunlari munosabati bilan taxminan 1 oylik tanaffus bo‘ladi. Bundan unumli foydalanishimiz kerak. Rejalarimizda "Turon" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bor. Keyingi rejalar tasdiqlangach bu borada alohida xabar beramiz", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.

Kiritildi: 22:11, 18.05.2021. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик