Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • 0:0
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • 2:0
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • 0:1
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • 2:1
      • Liverpul
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • -:-
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • Superliga
      • 04.03.2026 18:45
      •   Qo‘qon-1912
      • 0:2
      • Paxtakor
      • 04.03.2026 19:15
      •   Qizilqum
      • 1:0
      • Andijon
      • 05.03.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Buxoro
      • 05.03.2026 19:15
      • Mash’al
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 05.03.2026 19:30
      • Surxon
      • -:-
      • Neftchi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 29 64
2 Manchester Siti 28 59
3 Man. Yunayted 28 51
4 Aston Villa 28 51
5 Liverpul 29 48
6 Chelsi 28 45
7 Brentford 29 44
8 Everton 29 43
9 Bornmut 29 40
10 Fulhem 28 40
11 Sanderlend 29 40
12 Brayton 28 37
13 Nyukasl 28 36
14 Kristal Pelas 28 35
15 Lids 29 31
16 Tottenhem 28 29
17 Nottingem Forest 28 27
18 Vest Xem 28 25
19 Byornli 29 19
20 Vulverhempton 30 16

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

05/03/26 Aston Villa - Chelsi
05/03/26 Fulhem - Vest Xem
05/03/26 Brayton - Arsenal
05/03/26 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03/26 Nyukasl - Man. Yunayted
06/03/26 Tottenhem - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Siti"da Agueroning o‘rnini kim bosishi mumkin.

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Siti" jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak: Agueroning o‘rnini kim bosa oladi? Shu kunlarda barcha OAV "Manchester Siti" klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bilan xayrlashayotgani haqida yozishmoqda. Serxio Aguero "shaharliklar" lagerini 2020/21 mavsum oxirida tark etadi. Faxriy argentinalik futbolchi 384 o‘yinda 261 gol urgan va Manchesterda o‘tkazgan 10 yillik ajoyib mavsumida to‘rt marta ingliz tojini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Agueroni almashtirish oson ish emasligi aniq va "Siti" hozirda biror-bir nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘yishi ta’lab etiladi. "Shaharliklar" uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud: shayxlar har doim katta sarmoyalar kiritishga tayyor, ammo bunda ikkinchi savol tug‘iladi: ular foyda keltiradimi? - bu katta savol. Hozir biz sizlar bilan "Manchester Siti" kelayotgan yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Erling Holand

Hech kimga sir emaski, Holand kelayotgan yozda "Borussiya"ni tark etib, top-klublardan biriga o‘tishni kutmoqda. Erlingda bunga haqiqatan ham sabablar bor: chunki "arilar" keyingi yilda hatto Chempionlar Ligasida qatnashishi ham so‘roq ostida bo‘lib turibdi. Aslida Erling Dortmund klubini Bundesligada kuchli to‘rtlikkacha sudrab kelgan odam desak adashmaymiz, chamamizda. Norvegiyalik futbolchi joriy mavsumda ancha sermahsulligini namoyish etib kelmoqda. Holand Germaniya chempionatida hozirgacha 21 uchrashuvda, 21 gol urishni uddaladi(1ta penalti). To‘purarlar poygasida norvegiyalik Levandovskidan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi va yigitcha qat’iyat bilan to‘prar bo‘lishni maqsad qilgan.
Ko‘pgina nashrlar allaqachon "shaharliklar" 20 yoshli hujumchiga qiziqishi haqida xabar bergan. "Siti" esa yosh hujumchi uchun ajoyib taklif tayyorlamoqchiligi haqida aytmoqda. O‘sha yerda Erlingning otasi Alf-Inge Holand 2000 yildan 2003 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida yashagan va nega uning o‘g‘li ham Manchesterning moviy rang tomoniga bormasligi kerak. Bundan tashqari, Premyer-ligada - norvegiyalik bir necha bor o‘ynashni xohlashini aytgan edi va rivojlanish uchun APL eng qulay joy ekanligini ham ta’kidlab o‘tgandi.
Ammo, Holand kamida 120 million yevroga baholanmoqda va hujumchining transfer qilmoqchi bo‘lgan jamoalar ham talaygina: "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Real" va "Barselona" kabi jamoalar Erling uchun xaridor bo‘lmoqda. Ushbu xaridda "shaharliklar"ga jiddiy raqobat tug‘diradigan bitta jamoa bor. Bu - "Real Madrid". Futbolchining o‘zi ham "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilmoqchiligi haqidagi gapi, vaziyatni yanada chigallashtiradi. Ammo "Siti" eng yaxshi kelishuvni tuzishga va futbolchining agenti Mino Rayolani jalb qilishga qodir. Shunday ekan bu transferni amalga oshishi ehtimoldan yiroq emas.

Denni Ings

"Shaharliklar" Denni Ingsni tarkibiga qo‘shib olishi ancha oson kechishi mumkin. Forvard joriy mavsumda "Sautgemton"da o‘zini yorqin ko‘rsatdi. Futbolchi "avliyolar" safiga 2019 yilning yozida "Liverpul"dan ko‘chib o‘tgan edi. 2019/20 yilgi mavsum boshidan buyon ingliz futbolchisi 52 uchrashuvda 30 ta gol urib, terma jamoaga nomzod futbolchi ekanligi haqida eslatib qo‘ydi. Hozirda Ings APLning eng yaxshi futbolchilridan biri bo‘lib turibdi.
28 yoshli hujumchining shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haligacha noma’lumligicha qolmoqda. Chunki klub va Denni o‘rtasidagi shartnoma 2022 yil yozida yakuniga yetadi. Hozircha futbolchi yangi kelishuv haqida gaplashishni xohlamayapti. Chunki, angliyalik futbolchi Chempionlar Ligasida o‘ynashni xohlashi va shu sabab "Sautgemton" safidan ketishi mumkinligi haqida yashirmayapti. Agar, futbolchi haqiqatdan ham ketishni istasa, unda "avliyolar" Ingsni sotib yuborishga to‘g‘ri keladi. Sababi, 2022 yilda, klub futbolchini erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo Denni "Man Siti" safida Agueroning o‘rnini to‘liq bosa oladimi yoki yo‘qmi, bu dargumon.

Harri Keyn

Keyn o‘z gollari qatorini, sovrinlar bilan ham to‘ldiradigan vaqt kelganga o‘xshaydi. Sababi, angliyalik futbolchi deyarli har yili "Tottenxem" jamoasining to‘purari bo‘lib kelsa-da, sovrinlar javoni doimo bo‘sh qolaveradi. "Shaharliklar" tarkibiga qo‘shilish esa eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Yaqinda Harri "shporlar" safida butun umr qolmoqchi emasligini aytdi. Taniqli mutaxasis Roy Kin Harrini qudrat va kuchiga sha’ma qilib quyidagi fikrlarni aytib o‘tgandi: "Keyn muhim turnirlarda g‘olib bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishi kerak edi. U hech qachon "Tottenxem" bilan sovrin yuta olmaydi".

Matbuot bir necha yildan buyon Keynni "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqida aytib kelmoqda. Ammo hujumchining bu transferini amalga oshishida, qandaydir muammolar to‘sqinlik qiladi. Balki, bu yil ham ushbu holat ro‘y berishi mumkin. Lekin, Keynning "shporlar"ga bog‘lanib qolgan deyish juda noto‘g‘ri. Chunki, futbolchidagi kuboklarga nisbatan bo‘lgan chanqoqligi o‘z klubini o‘zgartirishiga sabab bo‘lishi mumkin.
"Shporlar" bu mavsumda Angliya Liga Kubogi finaligacha yetib kelishdi, ammo ushbu uchrashuvda aynan Pep shogirdlariga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. 

Romelu Lukaku

Agar, "Manchester Siti" Lukaku bilan shartnoma imzolasa, futbolchi birdaniga ikkala Manchester jamoasida ham o‘ynagan kam sonli futbolchilar qatorida bo‘lishi mumkin. Romelu Gvardiolaga qoyil qolishini, hamda ispaniyalik mutaxasisi bilan ishlash istagi borligini bildirgan. Bundan tashqari joriy mavsumda belgiyalik futbolchi, haqiqatdan ham A seriyada o‘z so‘zini ayta oldi. Ushbu mavsumdagi "Inter"ning chempion bo‘lishiga o‘zining gollari bilan hissasini qo‘shdi.
Lukaku ham Endi Koul va Karlos Tevesning izidan yurishi mumkin. Mazkur futbolchilarning ikkisi ham Manchesterning ikki jamoasida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. Romelu ham katta ehtimol bilan bu qatordan joy olishi mumkin. Belgiyalik futbolchi hozirgacha A seriyada muhim uchrashuvlarda maydonga tushib, muhim gollarni kiritgan.


Yoki hech qanday futbolchini sotib olmasligi kerakmi?

"Manchester Siti"da bu variant ham bor. Sababi, pandemiya sharoitida katta mablag‘ sarflashni hech kim xohlamaydi. Klubda o‘ynayotgan futbolchilar orasida Pepda ikkita asosiy variant bor - de Bryuyneni yashirin qurol sifatida hujumchi sifatida o‘ynatish, yoki Gabriel Jezusni haqiqiy yetakchi va "qotil"ga aylantirish. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi ushbu pozisiyada biroz vaqt o‘ynadi: ushbu holat yaxshi natija berdi, lekin juda ham mukammal emas. Braziliyalik varianti esa unchalik ishonchli emas. Sababi, Gabriel jarohat olishi, yoki maydonga tushgan uchrashuvlarini ham golsiz tark etishi mumkin.
Jezusning statistikasi umuman yomon emas. 2016/17 yilgi mavsumda "shaharliklar" safiga qo‘shilgan futbolchi, hozirgacha APL doirasida 48 gol urishni uddalagan. Ammo, 23 yoshli futbolchi doim ham hujumda ochilavermaydi. Qayerdadir hujumchida o‘ta xotirjamlik yuz bersa, ba’zan tajriba yetishmaydi. Lekin, hujumchiga ushbu pozisiyada raqobatdosh futbolchi bo‘lsa, zarar qilmaydi.

 

Kiritildi: 22:18, 20.05.2021. O'qildi: 2751 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 18
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 14
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
5 Челси Joao Pedro 11
6 Брайтон Denni Uelbek 11
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 10
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
9 Фулхэм Xarri Uilson 9
10 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.