Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 31 70
3 Vilyarreal 30 58
4 Atletiko 31 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 31 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Jirona 31 38
13 Rayo Valyekano 30 35
14 Valensiya 31 35
15 Sevilya 31 34
16 Alaves 31 33
17 Elche 31 32
18 Malyorka 30 31
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

31-тур Real Madrid 1-1 Jirona
31-тур Real Sosyedad 3-3 Alaves
31-тур Elche 1-0 Valensiya
31-тур Barselona 4-1 Espanyol
31-тур Sevilya 2-1 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

12/04/26 Osasuna - Betis
12/04/26 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04/26 Selta - Real Ovyedo
13/04/26 Atletik Bilbao - Vilyarreal
14/04/26 Levante - Xetafe

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stanislav Cherchesov: "Igor Akinfeev tarixi yopiq..."

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Rossiya milliy termasi bosh murabbiyi birinchilardan bo‘lib, Yevro-2020 uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Rejaga muvofiq, Cherchesov jamoasi 21 may kuni 30 nafar futbolchi bilan Avstriyaning Noyshtift shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishadi. Zaxira ro‘yxatida 7 nafar futbolchi bor. Eslatma, 1 iyun kuni tasdiqlanadigan yakuniy tarkibga 26 nafar futbolchi kiradi. Stanislav Cherchesov Mos­kvadagi Futbol uyida jurnalistlar bilan uchrashib, o‘z tanloviga atroflicha izoh berdi.

- Tarkib tuzishda qaysi futbolchilarning koronavirusga qarshi antitanacha hosil qilishgani ham e’tiborga olindimi? Qolganlarga ham vaksina olishni tavsiya etasizmi?

- Kimlarda antitanacha borligini aniq aytmayman, bu jamoa bosh shifokoriga tegishli savol. Umuman, tarkib tanlashda ushbu omilga qaraganimiz yo‘q. Vaksina masalasiga kelsak, endi kech, axir emlashlar orasida bir necha hafta o‘tishi kerak. Ijobiy holat shuki, bizda ko‘pchilik koronavirusga chalinib, undan tuzalishga ulgurdi.

- Golovin, Miranchuk va Cherishev xuddi oxirgi yig‘inda kuzatilgani kabi Yevropa mamlakatlaridan kelish borasida muammoga uchrashmaydimi?

- Bu muammo emas, balki tabiiy jarayon. Barchasini ularning klublari bilan muhokama qilish kerak. Menimcha, bu safar ortiqcha qiyinchilik tug‘ilmasa kerak. Axir milliy chempionatlar tugamoqda va hamma futbolchilarni oldinda qanday turnir kutayotganini yaxshi biladi. Qolaversa, Golovin ham, Miranchuk va Cherishev ham xastalik sinovidan o‘tib bo‘lishdi.

- Endi bevosita tarkib haqidagi asosiy savol: Smolov nega yo‘q? Har holda, ko‘pchilik uni munosib nomzod o‘rnida ko‘rayotgan edi.

- Ha, Smolov restartdan keyin chiroyli gollar urdi, biroq oxirgi o‘yinlarda avvalgidek yorqin ko‘rinmadi. Ixtiyorimizda 3 nafar hujumchi bor - Dzyuba, Sobolev, Zabolotniy. Ular Rossiya chempionatida muntazam gol urib, klublariga naf keltirishmoqda. Eng muhimi, ma’lum vaqt davomida terma jamoada birga bo‘ldilar. Qisqasi, shakllangan ko‘nikmani buzishni istamadik. Ba’zilar o‘ylagandek, ular bir xil toifaga mansub emaslar. Ha, bo‘ylari deyarli teng, ammo maydonda butunlay boshqa-boshqa funksiyalarni bajaradilar. Umid qilamanki, ushbu tanlovimiz o‘zini oqlaydi. Bordiyu, qandaydir kutilmagan holat yuz bersa, unda zaxiramizda Smolov bor.

- «Lokomotiv» vakillari - Anton Miranchuk va Gilyerme ham chetda qolishdi...

- Anton ikkinchi davrada deyarli o‘ynamadi. Atigi bir necha marta zaxiradan maydonga tushdi. Shuning uchun «zayavka»ga kiritilmadi. Gilyerme? U terma jamoaning oxirgi o‘yinlarida ishonchli uncha oqlamadi. To‘g‘ri, chempionatning yakuniy qismida ancha yaxshi ko‘rindi, ammo «Zenit»ga qarshi bahsda darvozasini talab darajasida qo‘riqlay olgani yo‘q. Qisqasi, Gilyerme eng muhim pallalarda o‘ziga o‘xshamadi. Aytishim joiz, uzoq vaqt uni real nomzod sifatida alohida kuzatdik, biroq...

- Agar «Lokomotiv» Sankt-Peterburgda 1:6 hisobida yut­qazmaganida, Gilyerme tarkibga kirarmidi?

- Ishonchim komil emas. Har holda, muayyan 1ta o‘yin emas, umumiy kartinaga qarab, xulosa chiqardik.

- Akinfeevning Yevro-2020ga chaqirish masalasi 1 yildan ko‘proq vaqt davomida muhokama qilinmoqda. Bu tarix qanday xotima topdi, u bilan gaplashdingizmi?

- Ha, albatta. 9 may kuni qo‘ng‘iroqlashdik. Hozirgi holat shundayki, Igor jamoaga yordam berishga tayyor emas. Shuning uchun bu masala yopildi.

- Safonov jarohatdan endigina qutuldi. Qolaversa, bahorgi o‘yinlarda bir qator qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Amalda uni zaxiraga emas, darhol kengaytirilgan ro‘yxatga qo‘shdingiz? Nima, Safonov deylik, Maksimenkodan yaqqol kuchlimi?

- Tushuntiraman: birinchidan, Safonov yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash bos­qichi davomida jamoa ixtiyorida shug‘ullandi, garchi o‘yinlarda maydonga tushmagan bo‘lsada. Ikkinchidan, u bosh jamoaning bir necha o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida chakki ishlamadi. Ha, bahorda o‘yinida xatoliklar kuzatilgani rost, ammo boshqa kiperlarda ham shu holat. Jumladan, Maksimenko ham xatolardan xoli emas. Kimgadir alohida imtiyoz yo‘q. Sobiq darvozabon sifatida aytaman, bu pozisiya vakillarini to‘liq anglash uchun vaqt kerak. Ishoning, ayni shu masalada eng to‘g‘ri qarorda to‘xtashni bilaman.

- Zaxira ro‘yxatidan joy olgan 7 nafar futbolchi qanday shug‘ullanadi? Alohidami?

- Yo‘q, alohida emas. Futbolchilar bilishlari kerak - kimlar terma jamoaga chaqirildiyu, kimlar chaqirilishlari mumkin. Ha, ikkinchi guruh vakillari uchun vaziyat noqulay, hattoki, yoqimsiz. Ammo professional yondashuv kerak, baribir: ular bugun zaxirada, oldin boshqalar shunday maqomda bo‘lishgan.

- Cherishev uzoq vaqt o‘ynamadi. U qanday holatda?

- Muntazam aloqadamiz. Denis oxirgi o‘yinda maydonga tushib, golga assistentlik qildi, asosiysi, doimiy mashg‘ulotlarda. Uning umumiy holatini bilish chindan ham, muhim. Tushunarliki, Cherishev jarohat, murabbiy va o‘yin tizimi o‘zgarishi tufayli muayyan muammolarga duch keldi. Asosiysi, ayni payt mashg‘ulotlarda qatnashyapti, o‘ynayapti va kayfiyati yaxshi.

- Golovinda ham o‘yin amaliyo­ti yetarli emas. Miranchuk haqida esa, Italiyada allaqachon hazil qarash shakllandi: o‘yinidan ko‘ra, goli ko‘proq...

- Golovin haqidagi fikr biroz noto‘g‘ri. U xastalikka chalinishidan oldin  asosiy tarkib a’zosi edi, gollar urdi. Ammo orada koronavirus tufayli 2ta o‘yinni o‘tkazib yubordi, oxirgi bahsda esa zaxiradan maydonga tushdi. Unda xastalik kuchli alomatlarsiz kechgani va salomatligi yaxshi ekanligidan mamnunmiz. Miranchukga kelsak, ishonch bilan aytaman: uning «Atalanta» safiga qo‘shilganining o‘zi - katta gap. Futbolchi ortda qolgan vaqt davomida yaqqol yaxshi tomonga o‘zgardi, yetuklashdi. Muhimi, o‘ziga berilgan qisqa o‘yin vaqtini qadrlab, bundan samara chiqarmoqda. Endi bizning vazifamiz - uning yaxshi fazilatlaridan unumli foydalanish.

- 17 yoshli Zaxaryanning jalb etish - bu iste’dodini tan olishmi?

- Yosh faktoriga qaramaymiz, aksincha, futbolchining qanday o‘ynayotgani va o‘sish istiqbolini inobatga olamiz. Zaxaryan bir necha pozisiyada birdek o‘ynashi mumkin, shuningdek u yoshlar o‘rtasidagi Yevro-2020da o‘z salohiyatini to‘liq namoyish etdi. Zaxaryanni jalb qilishdan maqsad - unga terma jamoa muhitida ishlash imkoniyatini berish. Yig‘inda birga ishlaymiz, yigitcha bilan yaqindan tanishamiz va yakuniy to‘xtamga kelamiz.

- Milliy jamoa bosh murabbiyi sifatida aytingchi, «Ze­nit»ning qatorasiga 3-chempionligi yaxshilik nishonasimi?

- Shuni alohida aytishim kerak, nomzodlar o‘yinini har doim ortiqcha hissiyotlarsiz, tarafkashliksiz kuzatamiz. Muhimi, chempio­natda raqobat yo‘q emas. «Zenit»ning ketma-ket 3-marta g‘olib chiqqanida yomon tarafi yo‘q. Qarang, Germaniyada 1ta klub 9 yildan beri taxtdan tushmayapti. Italiyada esa «Yuve» gegemonligi shu yil to‘xtatildi. Yana «PSJ»ni misol keltirish mumkin, «Ayaks»ni ham. Xullas, faqat bizdagina shunday emas.

- Ertami-kech bitta savol birinchi o‘ringa chiqadi: terma jamoaning Yevro-2020dagi maqsadi nima?

- Mana, hozircha birinchi vazifani hal qildik - kengaytirilgan tarkib aniq. Oldinda o‘quv-mash­g‘ulotlar, nazorat o‘yinlari, guruh raundi. Qisqasi, hammasi bosqichma-bosqich...

- Kiprda Yevro-2020da g‘alaba qozonishni istashingizni aytgandingiz. O‘sha so‘zlaringizdan qaytmaysizmi?

- Shunday deganmidim?

- Boshqa jamoalar qatori yakuniy g‘alabani ko‘zlashingiz haqida gapirgansiz.

- Albatta, g‘alaba qozonishni istaymiz, jahon chempionatidan oldin ham shu gapni aytganman. Vaholanki, o‘shanda favorit emasdik, hozir ham shunday. Keling, hozircha oddiyroq javob beraman: vazifamiz - maksimal maqsadga erishish uchun yigitlarni munosib tayyorlash.

Rossiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi

 

Darvozabonlar: Yuriy Dyupin («Rubin»), Andrey Lunev («Zenit»), Matvey Safonov («Krasnodar»), Anton Shunin («Dinamo» M.)

Himoyachilar: Georgiy Jikiya («Spartak»), Igor Diveev (SSKA), Mario Fernandes (SSKA), Roman Yevgenyev («Dinamo» M.), Yuriy Jirkov («Zenit»), Vyacheslav Karavayev («Zenit»), Fyodor Kudryashov («Antaliyaspor»), Ilya Samoshnikov («Rubin»), Andrey Semyonov («Axmat»)

Yarim himoyachilar: Dmitriy Barinov («Lokomotiv»), Rifat Jemaletdinov («Lokomotiv»), Maksim Muxin («Lokomotiv»), Aleksandr Golovin («Monako»), Arsen Zaxaryan («Dinamo» M.), Daniil Fomin («Dinamo» M.), Roman Zobnin («Spartak»), Aleksey Ionov («Krasnodar»), Daler Kuzyayev («Zenit»), Andrey Mostovoy («Zenit»), Magomed Ozdoyev («Zenit»), Denis Makarov («Rubin»), Aleksey Miranchuk («Atalanta»), Denis Cherishev («Valensiya»)

Hujumchilar: Artyom Dzyuba («Zenit»), Anton Zabolotniy («Sochi»), Aleksandr Sobolev («Spartak»)

Zaxira

Darvozabon: Aleksandr Maksimenko («Spartak»)

Himoyachilar: Igor Smolnikov («Krasnodar»), Dmitriy Chistyakov («Zenit»)

Yarim himoyachilar: Yuriy Gazinskiy («Krasnodar»), Daniil Lesovoy («Dinamo» M.), Reziuan Mirzov («Ximki»)

Hujumchi: Fyodor Smolov («Lokomotiv»)

 

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:00, 21.05.2021. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 15
4 Осасуна Ante Budimir 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Барселона Rafinya 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик