Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Belgiya: «oltin avlod» o‘z intihosini topdimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Terma jamoalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ikkita Jahon va Yevro chempionatlarida yorqin ishtirok etgan Belgiyaning «oltin avlod»i hech qanday sovrinlarsiz yo‘q bo‘lib ketadimi? Keling, ularning natijalarini tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz.

Belgiya terma jamoasining ko‘p a’zolari endi orzu qilingan kubokni yutish imkoniyatini qo‘lga kirita olmaydi. Vinsent Kompani hozirda murabbiy bo‘lib «Anderlext»ni boshqarmoqda. Musa Dembele va Maruan Fellayni Xitoyda kunini o‘tkazgani uchun yuqori maosh olishmoqda. Boshqalar uchun esa Yevro-2020 so‘nggi katta turnir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda Yaponiya chempionatida o‘ynayotgan Tomas Vermalen 35 yoshda. Yan Vertongen va Dris Mertens 34ga kirgan va nafaqaga chiqishni o‘ylamoqda. 32 yoshli Tobi Alderveyreld va Aksel Vitsellarning ham kelajagi haqida hech nima deb bo‘lmaydi.

Tibo Kurtua, Kevin De Bryuyne, Eden Azar va Romelu Lukaku singari yulduzlar uchun 2022 yilda o‘tadigan Jahon chempionati sovrin yutish uchun so‘nggi imkon bo‘lishi mumkin. Ammo doimiy jarohatlar tufayli «Real»da zo‘rg‘a o‘ynaydigan Azar sog‘lig‘ini saqlash uchun terma jamoadagi faoliyatini qurbon qilishi ham ehtimoldan yiroq emas.

Jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallab, Yevro-2020da nisbatan erta turnirni tark etgan murabbiy Roberto Martinesning kelajagi haqida bir nima deyish qiyin. Uning shartnomasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yakunlangandan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi. U klubdagi faoliyatini sog‘ingan bo‘lishi ham mumkin. Martines 2020 yilgi chempionatdan keyin ketishi kutilgandi, ammo barcha rejalar bir yilga o‘zgarib ketdi.

Yevro-2020 yakunlangandan so‘ng, Belgiyaning qudratli va kuchli «oltin avlod»ini hamma omadsiz yulduzlar fabrikasi, deya atay boshladi.

Bu vaziyatda kimni ayblash kerak? Buni an’anaviy ravishda omadga bog‘lash to‘g‘rimi? Deyarli har bir uchrashuvda Belgiya terma jamoasi jarohatlar tufayli eng kuchli tarkibini maydonga tushira olmadi. Jamoada ko‘plab yetakchi futbolchilar bor, lekin ular har safar ham bir tarkibda maydonda ko‘rinish bermadi. Ko‘pincha muammolar himoya chizig‘ida kuzatildi. 2014 yilgi Jahon chempionatida Alderveyreld va Vertongen qanotlarda o‘zlariga begona pozisiyada o‘ynashga majbur bo‘ldilar. Romelu Lukakuning ukasi Jordan Lukaku esa Yevro-2016da terma jamoa darajasidagi futbolchi emasligi hammaga ma’lum bo‘lgandi.

2016 yil chorak finalda Uelsga qarshi mag‘lubiyat sharmandali edi, ammo tarkibga qarab «qizil iblislar»ning har doim muammolar bilan o‘ynaganini ko‘rib olsa bo‘ladi. Vertongen va Kompani o‘sha Uels bilan o‘yinni jarohati tufayli o‘tkazib yuborishdi. Ularning o‘rnini «Sanderlend» bilan birga APLdan tushib ketgan Jeyson Denayer va Jordan Lukaku egallashgandi. De Bryuyne hali «Man Siti»da hozirgi potensialini ko‘rsatib ulgurmagan, Lukaka esa «Everton» futbolchisi bo‘lib yurgan paytlar.

Azarning eng yaxshi formasi Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatiga to‘g‘ri keldi, ammo 2018 yilda Belgiya shunchaki o‘zidan bir bosh ustun bo‘lgan Fransiyaga to‘g‘ri kelib qoldi. Dembele Kante va Pol Pogba darajasidagi futbolchi emasligi o‘sha uchrashuvda ko‘rinib qoldi. Maruan Fellayni o‘zidan bir bosh balandga sakray olmasligini angladi.

Siz va bizga tanish nom degani yulduz futbolchi, degani emas. Ko‘plab kelajakda porlashi kutilgan futbolchilar hech qachon cho‘qqiga chiqa olmadilar. Kristian Benteke, Divok Origi va Mishi Batshuai barqaror hujumchilarga aylanishmadi va kelajakda yangi Ronaldu bo‘lishi kutilgan Adnan Yanuzay ham yulduzlik kasalliga erta chalinib top darajadagi futbolchiga aylana olmadi.

Belgiya termasi 2000 yillarning boshlaridagi Fransiya yoki so‘nggi 15 yil ichidagi Ispaniya va Germaniya kabi barcha pozisiyalarda bir tekisda kuchga ega futbolchilarga ega emasdi. Bu muvaffaqiyatsizlik uchun bahona bo‘lolmaydi. Lekin jamoa tarkibiga qarar ekansiz, doim qaysidir pozisiyada boshqa ko‘plab yaxshi natijalarni erishgan terma jamoalardagi kabi raqobatni kuzatmaysiz.

2016 yilda Belgiya futbol federasiyasi Ralf Rangnik va Lui van Gal bilan muzokaralar olib borgan, ammo oxir-oqibat Martinesni tanlangan. Angliya terma jamoasi misolida ma’lum bo‘lganidek, muvaffaqiyat omillari juda ko‘p: murabbiy, futbolchilarning iqtidori, ommaviy axborot vositalarining munosabati, kiyim almashtirish xonasida hamjihatlik... Angliyaning «oltin avlod»i o‘ynagan payt ham xuddi shunday jihatlar zarur edi. Ammo Ferdinand, Terri, Koul, Bekxem, Lempard, Jerrard, Skoulz, Ouen va Runi Martinesning jamoasi yetgan cho‘qqilarga yaqinlashmagan ham.

Yevro-2020 turnirining bir yilga kechikishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoa ham aynan Belgiya bo‘lib chiqdi. Jamoa tarkibidagi futbolchilarning o‘rtacha yoshi turnirdagi eng qarisi bo‘lib chiqmoqda. Portugaliyaga qarshi o‘yinda jamoaning boshlang‘ich tarkibi o‘rtacha 30 yosh 148 kunni tashkil qilgan.

Shubhasiz, o‘yinlar jadvali ham Belgiyaga qattiq ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Ular Sankt-Peterburgdagi Finlyandiyaga qarshi o‘yin oldidan guruh bosqichida Rossiya va Daniyaga qarshi safar o‘yinlarini o‘tkazdilar. Belgiya keyinchalik Sevilyada Portugaliyani mag‘lubiyatga uchratib, chorak final uchun Myunxenga yo‘l oldi. Ushbu o‘yinlar jadvalini butun guruh bosqichini o‘z uyida Rimda o‘tkazgan Italiya yoki birgina safar uchrashuvini o‘tkazgan holda finalga chiqqan Angliya bilan taqqoslang.

Jarohatlar Belgiya jamoasi o‘yiniga eng kuchli ta’sir o‘tkazgan jihat. Aytish joizki, mamlakatning eng iqtidorli futbolchisi bo‘lgan Azar o‘tgan mavsumda birorta uchrashuvda «Real» tarkibida 90 daqiqa o‘ynamadi, Yevro-2020da esa o‘yinning dastlabki daqiqalaridan atigi ikki marta maydonga tushdi. U Italiyaga qarshi o‘yinda kuchsiz edi, birinchi ikki uchrashuvni jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan, so‘ngra Portugaliyaga qarshi o‘yinda to‘pig‘i yorilib ketgan De Bryuyne ham Myunxendagi uchrashuvni bir amallab o‘tkazdi. Vitsel yanvarda tovonidan jiddiy jarohat olganidan beri klubida o‘ynamaganiga qaramay ketma-ket uch uchrashuvda 90 daqiqa o‘yin o‘tkazdi.

Martines g‘alaba qozonish uchun futbolchilar «qalblari va jonlari»ni berganini va har bir muxlis ular bilan faxrlanishi kerakligini aytdi. U, shuningdek, Qatarga albatta boradigan 19 yoshli Jeremi Dokuning harakatlaridan ilhomlanganini ta’kidladi. Lekin unga kimlar sheriklik qilishi so‘roq ostida qolmoqda.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 13:51, 14.07.2021. O'qildi: 4067 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.