Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Yuventus 20 39
4 Napoli 19 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 19 21
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 19 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kashfiyotlar: Chili termasida ingliz yigiti...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Orada qatorasiga 2 marta Amerika kubogi g‘olibiga aylangan Chili milliy jamoasi bu safar KONBEMOL miqyosidagi bosh turnirda kutilgan darajada ishtirok etolmadi. Deylik, chililiklar guruh bosqichi doirasida birgina Boliviya termasini yengish hisobiga «pley-off»ga chiqishdi. Arturo Vidal yetakchiligidagi futbolchilarning ichki tartib-intizomni buzgan holda, mehmonxonada bazm-jamshid uyushtirganliklari esa hammasidan oshib tushdi. Ular shundan so‘ng 1|4 finalda mezbon - Braziliya termasiga qarshi bahsda mag‘lubiyatni tan olib, musobaqadan chiqib ketishdi. Chetdagi «hunar»larni bir chetga surib, bevosita yashil maydonda kuzatilgan voqealarga nazar tashlasak, ijobiy bahoga munosibi ham yo‘q emas. Deylik, Chili termasi bayrog‘i ostida maydonga tushgan angliyalik Ben Brirton Amerika kubogi-2021 kashfiyotlaridan biriga aylandi.

Football Manager«topilma»si

Benning onasi chililik, u 14 yoshida bilim olish maqsadida Angliyaga yo‘l olib, shu yurtda muqim yashab qolgan. Agar futbolchi 2018 yili «Blekbern» safiga o‘tganidan keyin bergan intervyusida bu haqda gapirmaganida, ko‘pchilik uning tarixini hali ham bilmasmidi? Keyinchalik Football Manager o‘yini menejeri Mark Xitch futbolchining tarjimai holiga ikkinchi vatanini ham qo‘shib qo‘ydi. O‘tgan yilning kuzida voqealar rivoji boshqacha sur’atda davom etdi. Chileantoon taxallusi bilan faoliyat yuritayotgan chililik Alvaro Peres o‘yinning yangi talqinida Brirtonni ko‘rib qoldi. «Football Manager ilovasidagi sevimli mash­g‘ulotim - Chili terma jamoasi uchun kelajagi porloq futbolchilarni qidirib topish. Benni ilk marta taxminan soat 5:00da ko‘rdim. Shu ondayoq uni butun mamlakatga tanishtirish g‘oyasi tug‘ildi», - degandi virtual o‘yinda yangi futbolchi kashf etgan Peres. U haligacha ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat milliy jamoasi uchun iqtidorli hujumchi topganini faxr bilan ta’kidlaydi va imzo o‘rnida Brirton suratidan foydalanadi. Chunonchi, aynan Alvaroning sa’y-harakati va kasbdoshlarining qo‘llab-quvvatlashlari natijasida xabar bir zumda butun Chiliga tarqaldi va Ben haqida ko‘plab maqolalar yozildi. To‘g‘ri, Brirtonning o‘zi bu borada boshqacha fikrda: «Meni aslida Peresdan ancha oldin kuzatuv ostiga olishgan. Bilishimcha, milliy jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Reynaldo Rueda skautlarga xorijdan avlodlari chililik bo‘lgan o‘yinchilarni topish haqida ko‘rsatma bergan ekan». Aytgancha, Brirtondan oldin Norvegiyada tug‘ilib-ulg‘aygan, shu mamlakatda istiqomat qilib, «Olessun» klubida o‘ynayotgan Niklas Kastro ham Chili terma jamoasi safiga jalb etilgandi. Demakki, Ben bu borada ikkinchi «topilma» hisoblanadi.

Stoklik Yevropa chempioni!

Ben Angliyaning mo‘’jaz shaharlaridan biri - Stok-on-Trent­da, polisiyachi Martin Brirton va asli chililik Andrea Dias oilasida dunyoga keldi. U futbolga «Stok Siti» akademiyasida qadam tashlagan bo‘lsada, ilk professional shartnomani «Nottingem Forest» bilan rasmiylashtirdi. E’tiborlisi, yigitchaning debyuti juda muvaffaqiyatli chiqdi. Aniqroq aytsak, Ben Chempionship-2016G‘2017ni mavsum kashfiyoti maqomida yakunladi. Shu tariqa Brirtonni Angliya yoshlar  terma jamoasiga jalb etishdi va u U-19 tarkibida muntazam o‘ynay boshladi. Asosiy fakt: yosh iqtidor yakunda Gruziya­dan Ris Jeyms, Meyson Maunt va Aaron Ramsdeyl kabi yigitlar qatori qit’a chempioni unvoni bilan qaytdi. Bu futbolchilar yaqindagina Yevro-2020da chakki taassurot qoddirishgani yo‘q. Darvoqe, Brirton o‘sha birinchilikda bo‘yniga oltin medal taqishdan tashqari, 3ta gol urgani evaziga turnirning eng yaxshi to‘p­urariga atalgan sovrinni ham o‘ziniki qilgandi. Biroq Ben ke­yinchalik o‘sha chempion jamoadagi ko‘plab iste’dodlar kabi mutasaddilar e’tiboridan chetda qoldi. Xullas, Angliya milliy jamoasidan taklif tushavermagach, 22 yoshida chililiklar chorloviga rozilik bildirdi. «Ha, ma’lum muddat Angliya yoshlar termasi sharafini himoya qildim. Endi bu masala yopiq. Tushuning, oilamning ikkinchi qismi xohishini rad etolmasdim. Onam va bobom men bilan chinakamiga faxr­lanadilar, ular Chili termasida o‘ynashimni eshitib, quvonch­dan ko‘z yoshlarini tiya olmadilar. Bu jamoa ajoyib, onamning asl vatani sharafini himoya qilish - sharaf» - Ben o‘z qarorini shunday izohlagandi. E’tiborli tomoni, Angliya futbolida toblangan yigit terma jamoa safiga qo‘shilish orqali onasi vataniga atigi ikkinchi marta qadam qo‘ydi.

 

Maradonaga atalgan qo‘shiq...

Brirtonning Chili milliy jamoasidagi debyuti Amerika kubogi-2021 guruh bosqichi doirasida Argentina termasiga qarshi kechgan start o‘yini (1:1)ga to‘g‘ri keldi. U o‘zi uchun ajratilgan 13 daqiqa ichida qandaydir karomat ko‘rsatolmagan bo‘lsada, maydonga tushgani sezilmay qolmadi. Xususan, uchrashuvdan keyin terma jamoaning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida Rodrigo Bueno tomonidan Diyego Maradonaga bag‘ishlab kuylangan mashhur La mano de Dios qo‘shig‘ining Benni sharaflovchi talqini paydo bo‘ldi. Tabiiyki, bu argentinalik muxlislarga umuman yoqmadi. Boliviya termasi darvozasiga urilgan g‘alaba golidan ke­yin esa,  angliyalik to‘purar butun Chili yoqimtoyiga aylandi. Xususan, hozirda teleboshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq hujumchi Maurisio Pinilya tug‘ilajak o‘g‘liga Ben ismini qo‘yishini ma’lum qildi. Qizig‘i shundaki, Brirton aynan shu hujumchi vorisiga aylanishi mumkin. Pinilya chililiklar safida eng oxirgi sof markaziy hujumchi sifatida gavdalangan edi. Hozirda bu pozisiya deyarli unutildi - «La Roxa»ning oldingi chizig‘ida ko‘pincha Aleksis Sanches - Eduardo Vargas dueti harakatlanmoqda. Faoliyatini aynan markaziy hujumchi rolini bajarish bilan boshlagan Brirtonning jismoniy ko‘rsatkichlari (185 sm. va 80 kg.) talablarga to‘la muvofiq keladi: «Himoyachilar orasida harakatlanish, qulay vaziyat yaratish va gol urishni yoqtiraman. Bu ish menga rohat bag‘ishlaydi». Qo‘shimchasiga, Ben universallik fazilatidan ham mosuvo emas. Deylik, u «Blekbern»da asosan qanotlarda o‘ynagan. Shuningdek, «Ikkinchi to‘lqin hujumchisi» rolini ham risoladagidek bajarish salohiyatiga ega. Terma jamoa bosh murabbiyi Martin Lasarte hozircha Brirtondan asosan chap qanotda,  jarohatlangan Aleksis Sanches o‘rnida foydalandi. Lekin u Amerika kubogi davomida hujumning barcha nuqtalarida harakatlanishga ulgurdi. Xususan, Urugvay termasiga qarshi kechgan bahs­da Vargas bilan juftlik hosil qilib, musobaqaning eng chiroyli gollaridan biri hammuallifiga aylandi - aldamchi harakati bilan Diyego Godinni jarima maydonidan olib chiqdi va to‘pni tovoni bilan bo‘sh hududda qolgan jamoadoshiga uzatdi.

 

«Kopa Amerika»da Brirton-Dias...

Chililiklar na ispan tilida so‘zlashadigan va na davlat madhiyasini biladigan ingliz yigitining terma jamoa safiga qo‘shilishi qonuniy ekanligini bildirish maqsadida Brirton libosi orqasiga onasining sharifini ham yozib qo‘ydilar. Benning o‘zi esa Maurisio Isla va Klaudio Bravo bilan ispan tilini o‘rganishga kirishdi. Aslida Diaslar oilasi ortiqcha dalilga muhtoj emasdi. Benning avlodlari Chiliga XX asr boshida Ispaniyadan ko‘chib borishgan, bobokaloni Xuan yonib ketgan kulolchilik ustaxonasini keyinchalik ulkan chinni buyumlari fabrikasiga aylantirgandi. Katta korxonani bir necha o‘n yillar davomida boshqargan oila mashhur Willow chinni likopchalarining yaratilishiga asos soldi. Benning bobosi Xenaro kulolchilik sohasi sirlarini o‘rganish maqsadida Angliyaga yo‘l olib, u yerda Blue Willow chinni buyumlari texnologiyasi bilan tanishadi va barchasini Chili an’analariga moslashtiradi. Chilining maftunkor manzaralari aks etgan moviy likopchalar mamlakatning har qaysi fuqarosi xonadonida bor va hozir ham avaylab asralmoqda. Benning onasi tug‘ilib-ulg‘aygan shahar ma’murlari endi idish-tovoqlar muzeyini tashkil etib, ochilish marosimiga hujumchini ham taklif qilishni rejalashtirmoqdalar. «Bu shahrimiz uchun unutilmas voqeaga aylanadi. Diaslar oilasi shahar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan», - dedi shahar meri Penko. Brirton esa hozir muhimroq ishlar bilan band. Ha, Chili termasi ilk «pley-off» bosqichidayoq kurashdan chiqdi, lekin futbolchi oldida Angliyaga qaytib, kuchli klublar oromini 

Muhammadsodiq tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 17.07.2021. O'qildi: 3415 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.