Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Peres tuzgan eng qimmat Galaktikos

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Florentino Peres "Real Madrid" uchun juda muhim shaxsdir. U klubda va undan tashqarida sodir bo‘ladigan barcha narsalarni shaxsan o‘zi nazorat qiladigan prezidentlardan biri hisoblanadi. Florentino asrlar davomida "qaymoqranglilar"ni boshqarib kelmoqda. Peres ilk marta Qirollik klubi boshqaruviga 2000 yilda kelgan va jamoada 2006 yilgacha Prezident bo‘lib ishlagan. Keyinchalik, 2009 yilda yana qaytadan ushbu lavozimga saylangan. Florentino shu kungacha "Real"da ishlab kelmoqda. Peresning asosiy maqsadlaridan biri har doim dunyoning eng yaxshi futbolchilari "qaymoqranglilar" safida o‘ynashlarini ta’minlash edi. Ushbu maqsadga erishish uchun haligacha vaqt, kuch va pulni ayamaydi. Hozir esa biz sizlar bilan Florentino Peres prezdentlik davrida amalga oshirgan eng qimmat 10ta transferi haqida suhbatlashamiz.

Ferlan Mendi (2019 yil. 48 million yevro)

Mendi "Real" safiga 2019 yilning iyulida kelib qo‘shilgandi. "Qaymoqranglilar" fransuz uchun "Lion"ga 48 million yevro to‘lashdi. Qirollik klubi ustozi Zinedin Zidan zudlik bilan Serxio Regilonni zaxira futbolchisiga aylantirib, vatandoshini "Real Madrid" chap qanot himoyasida sinab ko‘rishni boshladi. Madrid klubi avval Regilonni "Sevilya"ga ijaraga berib yubordi, so‘ngra "Tottenxem"ga to‘liq sotishga majbur bo‘ldi. Ammo Mendi o‘z mehnati evaziga murabbiy ishonchini oqladi. Ferlan hozirda Qirollik klubining asosiy chap qanot himoyachisiga aylandi. Uni Marselo bilan kechgan raqobatda yutib chiqdi desak ham bo‘ladi. Mazkur transfer ham Peresning eng omadli xaridlaridan biri sifatida qaralmoqda.

Eder Militao (2019 yil. 50 million yevro)

"Real Madrid" doimo iste’dodli braziliyalik futbolchilarni qidirib yuradi. "Qaymoqranglilar" bu kabi transferlarni amalga oshirishda unchalik qiyinchilikka uchrashmaydi. Xuddi shunday xaridlardan biri Militao hisoblanadi. Eder o‘zining vatani "San-Paulu" jamoasini tark etgach, "Portu"ga ko‘chib o‘tdi. Himoyachi Portugaliyada atigi 1 yil o‘ynadi, shundan so‘ng Militao 50 million yevro evaziga Qirollik klubi safiga o‘tdi. Braziliyalik hozirda "Real" safida o‘zining ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Ayni paytda himoyachi "qaymoqranglilar" safida yaxshi harakat qilmoqda deb ayta olmaymiz, chunki Eder ko‘p hollarda zaxiradan maydonga qo‘shiladi. Chunki, Rafael Varan va Serxio Ramos juftligining biri ustidan raqobatda g‘olib chiqishi juda qiyin. Qachonki, "Real" markaziy himoyachilarining biri jarohat olsagina, braziliyalik futbolchi maydonga tushishi mumkin.

Luish Figu (2000 yil. 60 million yevro)

Peres ilk marta "Real" boshqaruviga kelgandan so‘ng, amalga oshirgan dastlabki transferlaridan biri aynan Figu hisoblanadi. Aynan Figuning transferi Florentinoning saylovlarda g‘alaba qozonishiga, "qaymoqranglilar" bilan Chempionlar Ligasida ikki marta g‘olib chiqqan Prezident Lorenso Sans ustidan g‘alaba qozonishga yordam bergan. Butun Ispaniya portugaliyalik futbolchini Peres va’da qilganidek, haqiqatan ham "Barselona"dan "Real"ga o‘tadimi yoki yo‘qligini bilmoqchi edilar. Luish "qaymoqranglilar" bilan birgalikda chempionlikni va Ispaniya Superkubogini 2 marta yutgan, shuningdek Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi va qit’alararo kubokda 1 marta g‘olib chiqqan. Ispaniyadagi sarguzashtlarini yakunlagach, portugaliyalik Italiyaga yo‘l olishdi va "Inter" jamoasida faoliyatini yakunlaydi.

Luka Yovich (2019 yil. 63 million yevro)

Yovich 2 yil oldin "Real"ga 63 million yevro evaziga Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasidan o‘tgan edi, ammo uning kelajagi hali ham noaniq. Serb futbolchisi Qirollik klubi safida 32ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, ushbu uchrashuvlarda 2ta gol urgan va 2ta golli pas bergan. Bu natija markaziy hujumchi uchun juda kam ko‘rsatkich. Yovich ijara asosida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasiga qaytdi. Hozirda Frankfurtda serbiyalik futbolchining ishlari ancha yaxshi (Bundesliganing 10 uchrashuvida 3 gol va 1 golli pas). Hujumchi kelasi mavsumda qayerda o‘ynashi hali ma’lum emas. Futbolchining o‘zi "Ayntraxt"da qolish imkoniyati yuqoriroq, ammo "Real"ga qaytish ehtimoli ham bor.

Kaka (2009 yil. 67 million yevro)

Kakaning "Real"ga o‘tishi Peresning ikkinchi prezidentlik saylovidan so‘ng amalga oshgan. Braziliyalik futbolchi Florentino "Real"ga qaytgach, sotib olgan birinchi o‘yinchilaridan biri edi. "Qaymoqranglilar" futbolchi uchun "Milan"ga 67 million yevro to‘lashdi. Kaka 4 yilni Qirollik klubi safida o‘tkazdi. Biroq Kaka "Real" safida Italiyadagi kabi o‘yin namoyish eta olmadi. "Qaymoqranglilar" yarim himoyachisi bilan birgalikda 1 marta La Liga chempionligi va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. keyinchalik braziliyalik Milan shahri jamoasi safiga qaytdi, lekin u yerda ham oldingi kabi harakat qilmadi. Aytgancha, Kaka Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi davrlari boshlanishidan oldin "Oltin to‘p"ni olgan so‘nggi futbolchi edi.

Xames Rodriges (2014 yil 75 million yevro)

Xames Karlo Anchelotti talabiga binoan "Real" bilan shartnoma imzoladi. "Qaymoqranglilar" hujumkor yarim himoyachi uchun "Monako"ga 75 million yevro to‘lashdi. Italiyalik mutaxasisning qo‘l ostida kolumbiyalik futbolchi yaxshi harakat qildi. Ammo Anchelotti ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, Rodrigez maydonda juda kam ko‘rinish berishni boshladi. Asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilardi. Dastlabki daqiqalarda maydonga tushsa ikkinchi taymda almashtirilardi. Xames keyinchalik "Bavariya"da ikki mavsumni ijara asosida o‘tkazdi. Madridga qaytgandan so‘ng, klub unga ortiqcha ishonmasligi va munosib nomzod chiqsa boshqa jamoaga transfer qilishi mumkinligi haqida aytishdi. Joriy mavsum avvalida esa, kolumbiyalik futbolchi "Everton" safiga qo‘shildi. Yaqinda Anchelotti yana "Real"ga qaytdi. Ehtimol, Madrid klubi yana kolumbiyalikni ortga qaytarar.

Zinedin Zidan (2001 yil. 77,5 million yevro)

Madridning sobiq murabbiyi 2001 yil yozida "Yuventus" dan 77,5 million yevro evaziga "Qirollik klubi" ga o‘tgan edi. Fransuz Madridga tajribali futbolchi sifatida sayohat qilayotgan edi. Keyin, 5 yil ichida "Real Madrid" a’zosi sifatida ZiZu Ispaniya Superkubogini ikki marta yutdi, shuningdek, bir marta La Liga, Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi, Qit’alararo kubok kabi sovrinlsrni boshi uzra ko‘tardi. Murabbiylikda ham Zidanning hikoyasi hammaga yaxshi ma’lum. Fransiyalik futbolchi tarixda ketma-ket uch marta bitta klub bilan Chempionlar Ligasini yutgan birinchi mutaxassisga aylandi. So‘nggi paytlarda Zidan osmonidan bulutlar vaqti-vaqti bilan aylanib yuribdi, lekin hozirda uning natijalari yaxshiligini hisobga olsak, hammasi o‘tkichi.


Krishtianu Ronaldu (2009 yil. 94 million yevro)

Ronalduning transferi "Real" uchun Peres davrida eng muvaffaqiyatli xaridlardan biri hisoblanadi. Krishtianu nafaqat Madridda gol urish mashinasi, balki "qirollik klubi"ga qo‘shimcha millionlar olib keladigan brend ham edi. Ispaniya poytaxtida portugal futbolchisi o‘zini har tomonlama namoyish etdi. U La Liga doirasida bir mavsum davomida 40, 46 va hatto 48 ta gol urganini alohida aytib o‘tish zarur. "Real Madrid" va Ronaldu o‘rtasidagi to‘qqiz yillik hamkorlikdan so‘ng, futbolchi va jamoa yo‘llari o‘zaro ajralishdi. 2018 yilning yozida Ronaldu "Yuventus" safiga o‘tadi. "Qaymoqranglilar" hozirgacha o‘z hujumchisiga munosib o‘rinbosar topa olmadilar. Yaqinda chiqqan xabarlarga ko‘ra, Ronaldu kelayotgan yozda yana madridliklar safiga qaytishi mumkin. Kuzatamiz.


Garet Beyl (2013 yil. 101 million yevro)

Beyl uchun "Real Madrid" 101 million yevro to‘lagan. Bu narx o‘sha paytdagi eng katta transfer sifatida aytilgandi. Dastlabki yillarada Garetning Madriddagi ishlari ancha yaxshi edi. So‘nggi yillarda uyelslik futbolchi va "qirollik klubi" o‘rtasidagi vaziyat biroz yomonlashdi. Qolaversa Beyl jarohat olishga moyil futbolchiga aylanib qoldi. Garet muhim uchrashuvlarda, jumladan, Chempionlar Ligasi finalidagi ajoyib golini eslamaslikning iloji yo‘q. Hozirada futbolchi "Tottenxem" a’zosi sifatida harakat qilmoqda. London jamoasi Garetni "Real Madrid"dan 1 mavsumga ijara asosida jamoaga jalb qilgan edi. Bir necha oy avval "Real" ustozligiga qaytgan Anchelotti yana Beylga ishonch bildirmoqchi. Vaziyat qanday bo‘ladi? Kuzatamiz...

Eden Azar (2019 yil. 115 million yevro)

Azar - "Real" tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. Ammo Eden Madridga kelganidan keyin, asosiy ishi jarohatlarini tiklash bo‘lib qolmoqda. Sababi Azar "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilgandan so‘ng, naq 10 marta jarohat oldi. Belgiyalik futbolchi Qirollik klubiga o‘tganidan so‘ng 1,5 yil ichida barcha turnirlarda atigi 36 uchrashuv o‘tkazib, 4 gol va 7 golli pas berishga erishgan. Zidan qo‘lidan kelgancha futbolchisini qo‘llab-quvvatlamoqda. Madrid jamoasining barcha muxlislari singari, ko‘pchilik mutaxasislar ham avvalgi Azarni ko‘rishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 22:22, 17.07.2021. O'qildi: 7669 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик