Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • 1:0
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • 1:0
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • 3:6
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • 0:1
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • 0:0
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • 5:0
      • Buxoro
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Dinamo
      • -:-
      • Andijon
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
  • La-liga
      • 13.09.2025 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Elche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3878 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1626 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      08:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      10:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      14:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      16:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      18:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      20:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      22:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      00:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      02:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      04:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 11.09.2025

      05:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Гонка преследования.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 "География спорта". Йошкар-Ола.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 "Культовые".
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Финальный этап в Пестово, Россия.
      18:40 "Страна спортивная".
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 "Что за спорт?".
      21:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:15 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
      00:30 "Культовые".
      01:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка.
      03:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка.
  • MATCH-TV
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 6 на автодроме "Игора Драйв".
      07:00 Д/ф "Защита Валерия Васильева".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Амкал" (Москва) - "Салют" (Белгород). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Леон Сатурн" (Раменское) - "Broke Boys" (Одинцово). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:30 Смешанные единоборства. UFC 318 в Новом Орлеане, США. Макс Холлоуэй против Дастина Порье. Реванш 2.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:35 Специальный репортаж.
      03:55 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Финальный этап на трассе Монца, Италия. Гонка.
      07:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 3 в Праге, Чехия. Обзор.
      08:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      11:30 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      12:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      13:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      14:00 Конный спорт. "Большой шлем" в Калгари, Канада. Конкур.
      15:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      17:45 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      22:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      23:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 4 эп.
      23:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

La Liga qaytyapti

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Nufuz va miqyos tomonlama hisoblanganda yilning eng yirik turnirlari va e’tiborga molik musobaqalar ortda qoldi. Ko‘pchilik futbol ishqibozlari diqqatini bir nuqtaga qaratgan Yevro-2020, Kopa Amerika hamda Olimpiada bahslaridan so‘ng endi navbat yana milliy chempionat uchrashuvlariga! Barcha muxlislar o‘z suyukli jamoalarining o‘yinlarini intiqlik bilan kutishmoqda. Oylab nishonda yurgan futbolchilar yoki bo‘lmasa kursisi qimirlab qolgan murabbiylar allaqachon o‘z jamoalarini o‘zgartirishga ulgurishdi, transfer oynasini larzaga solgan shov-shuvli xaridlar ham amalga oshganidan barchaning xabari bor.

Biz esa bu safar kuchli beshlik chempionatlari ichida alohida o‘ringa ega bo‘lgan La Liga va undagi grand jamoalarga e’tiboringizni qaratamiz. Xo‘sh, katta o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan klublarda ahvol qanaqa? Chempionlik uchun kurashda bu gal kimning imkoniyatlari balandroq?

La Liganing boshqa klublaridan doim bir bosh ustun sanalgan «Real» hamda «Barselona» yaqin ikki-uch yil ichida jiddiy muammolar girdobiga tushib qolgani holda og‘ir davrlarni boshdan kechirmoqda. Tizgin borgan sari qo‘ldan chiqib ketishi oqibatida ortdagi jamoalarning ham saviyasi shuncha tez sur’atda yaqinlashib kelayotgani ham sir emas. Boshqa tomonda esa jiddiy xavf - tish-tirnog‘igacha qurollangan «Atletiko»ning ikkinchi yil ham chempionlik sari odimlashiga tasodif sifatida qaralmaydi. Zero, Simeonening yillar davomida sekinlik bilan shakllanib borgan kamtarona jamoasi bugungi kunda vahshiy armiyaga aylanib ulgurdi. «Matraschilar» endi katta matros yordamida Primyero g‘olibligi uchun rosmana favorit sifatida kurashadi. Zero, ular tasodifiy chempionlik tamg‘asini klub logotipidan butunlay olib tashlashni maqsad qilishgan. O‘z yetakchilari va asosiy liderlarini yo‘qotgan «Blaugrana» hamda Madridning katta jamoasi esa muxlislarga klub siyosati to‘g‘ri ketayotganligini isbotlashga urinib ko‘radi. Xullas, La Liganing yangi mavsumi uchun ortiqcha anons shart emas. Biz esa chempionlik uchun da’vogar asosiy klublarning mavjud imkoniyatlari haqida qisqacha to‘xtalamiz.

«Barselona»

Yuqorida ta’kidlangan og‘ir davrda eng qiyin ahvolga tushib qolgan jamoa bu shubhasiz, «Barselona» bo‘lsa kerak. Sababini esa barcha anglab turibdi. O‘zining ko‘pyillik yetakchisi va lideridan ayrilgan jamoani tezda yana chempionlik yo‘liga qo‘shilib olishi qiyin bo‘ladi albatta. Butun mavsum davomida tarkibda Messi yo‘q degani bu kamida 30 ta gol ham mavjud emas deganidir. Alternativ hujumchilarning qay tartibda hoziru nozir bo‘lishlari bu umuman boshqa masala. Biroq shu vaziyat ayonki, klub tepasida turgan rahbarlarning o‘z manfaatlari yo‘lida ish tutishi ko‘plab qurbonliklarga olib keladi. Buning birgina misoli Messi obrazida sahnaga chiqib keldi va bu umumiy senariyning boshlanishi va oxirgisi ham bo‘lishi mumkin. Chunki joriy prezident Laporta Bartameu singari ish tutmaydi. Ammo shu asnoda cho‘michga chiqib qolgan dog‘lardan also ko‘z yumish mumkin emas. Leoni klubni tark etishga majbur qilgan moliyaviy qarzlar u ketgach ham silliq yopilib ketmasligi aniq. Keltirilgan statistikalar shuni ko‘rsatadiki, Messisiz ham yangi mavsumda futbolchilarga ajratiladigan maoshlar miqdori klub umumiy daromadining 90%idan ham oshiqroq. Yangi rahbariyat bu kemtikni yopish yo‘lida jiddiy missiyani yo‘lga qo‘ymasa Leo kabi jamoa suyanchiqlaridan birma-bir ayrilishda davom etaveradi. Ha, Kataloniyadagi vaziyat shu darajada chigalki, buni 6-7 oy davomida to‘la hal etib bo‘lmaydi. Yillar davomida o‘rab-chirmab tashlangan arqonning uchini topishda hali Kumanning boshida qanaqa kaltaklar sinishi mumkinligini tasavvur qilish mushkul. Uning o‘zi shu yo‘lni tanladimi, o‘zi alanga olgan olovga kirishga ahd qildimi, demak, vazifani oxiriga yetkazmas ekan «Barsa» muxlislarining azaliy ta’nayu malomatlariga duchor bo‘laveradi. Biroq Kumanning tajribasi va mahoratini hammamiz yaxshi bilamiz. U bunga o‘xshash og‘ir pallalarda mas’uliyatni qanday his qilishni juda yaxshi o‘zlashtirgan. Qolaversa, bir yil davomida o‘zini qiynab kelgan Messi to‘g‘oni endi jamoada yo‘q.

U o‘zi ishongan va iqtidorini payqagan o‘yinchilardan yayrab foydalanish imkoniyatiga ega. Qolaversa, yangi mavsum oldidan ancha ishonchli va sermahsul xaridlar amalga oshirildi. Mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘zini oqlamoqda. Ketma-ket qozonilayotgan g‘alabalar va yangi futbolchilarning bir-biriga bo‘lgan ishonchi - bularning bari jamoada muhit yaxshiligidan darak beradi. Mana, Kumanga rahbariyat tomonidan deyarli barcha sharoitlar yaratib berilgan. Xo‘sh u yangi mavsumga qanday rejalar o‘ylab topgan bo‘lishi mumkin? Tan olish kerak, niderlandiyalik mutaxassis tarkib tanlashda ba’zi kamchiliklarga duch kelishi tabiiy hol. Nechadir yillar mobaynida birgina futbolchiga qurib kelingan uslubdan yangi stilga chiqib olish oson bo‘lmaydi. Buning ustiga «Barselona»ning 12 yillar Gvardiola tomonidan asos solingan o‘zagidan oxirgi ildiz ham sug‘urib olindi. Yangi novdani esa ulkan va mevali daraxtga aylantirish uchun g‘alvirni uzoq suvga tashlab qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Kuman o‘tgan yili jamoada turli xil taktik sxemalarni qo‘llab ko‘rdi. 4-3-3dan tortib, 4-2-3-1 gacha. Biroq Messi bilan bo‘lsa ham muhim o‘yinlarda bu ish bermagan holatlar ko‘p bo‘ldi. Demak umumiy opsiya ancha rang-barang. Biroq birinchi tarkibning yaxlit hujum chizig‘i to‘la shakllantirilmagan. Yangi mavsumdachi? La Masiyaning iqtidorli o‘spirinlari bilan yangi qo‘shilgan qariyalardan qanaqa garmoniya tuzsa bo‘ladi? Bu galgi tarkibda yangi transferlar: Garsiya, Emerson, Depay hamda Aguerolarga muqim joy qanchalik kafolatlangan? Jarohatdan qaytayotgan Dembele hamda Fatilarning taklif etadigan sog‘lom raqobati oqibatida biz hali super «Barselona»ni ham ko‘rishimiz mumkin. Shu tariqa bu jamoa haqida gap ketsa tanganing har ikki tarafi ham dumaloqdek tasavvur uyg‘otaveradi, oldindan hech narsani aniq aytish imkonsiz. Birgina yo‘l qo‘yilgan kichik xatoni deb butun bir jamoa relsdan chiqib ketishi hech gap emas. Demak, qiziqarli La Liganing sirli jamoasida foydalaniladigan taxminiy tarkibni e’tiboringizga havola etamiz: Ter Shtegen; Langle, Garsiya, Alba, Dest; Buskets, De Yong, Pedri; Grizmann, Depay, Dembele. Albatta, bular shunchaki taxminlar xolos. Ammo, Kumanning tanlayotgan har bir tarkibi bundan buyog‘iga asosiy qolipni yaratib boraveradi.

«Real» Madrid

«Real»ning ham mavsumoldi muammolari azaliy raqiblarinikidan qolishmaydi. Ko‘p bo‘lsa ko‘pki, sira ham kam emas. «Qirollik klubi» o‘tgan mavsum uchun ikkita katta va shu bilan birga jiddiy yo‘qotishni boshdan kechirdi. Jamoaning ko‘pyillik yuragi bo‘lgan Serxio Ramos shov-shuvli tarzda «PSJ»ga o‘tganligini e’lon qilgan bo‘lsa, rahbariyat qo‘ygan talablarni bajara olmadi deya tosh otilgan Zidan ham iste’foga chiqarildi. Bu esa qattiqqo‘l Peresning ayovsiz qarorlari sifatida muxlislar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Bu yo‘lda ko‘pchilikning fikri Peresga qarshi qaratilgan albatta. Yo‘l qo‘yilgan katta xato sifatida fransiyalik murabbiyning klubdan haydalishi tilga olinmoqda. Mayli, u balki «Real»ni chempion qilish vazifasini uddalay olmagandir, aynan uning davrida balki futbolchilarning noo‘rin jarohatlari keskin ko‘payib ketgandir. Biroq aynan shu Peresning o‘zi emasmidi jamoaning og‘ir ahvolga tushib qolgan paytida Zidanga murojaat qilgan? Zinedin esa o‘zi kelgan yarim mavsumdan boshlaboq jiddiy missiyaga kirishib ketdi. O‘ta minimum imkoniyatlardan ham maksimal foydalangan holda «Real»ni Ronaldu ketgandan beri ilk marta qayta taxtga olib chiqdi. Tasavvur qilyapsizmi yarim yil ichidaya! Keyingi mavsumdan esa muammolar keskin ko‘paydi, futbolchilar orasidagi tanlov qiyinlashdi. Ketma-ket jarohatlar, hatto Zidanning o‘zi ham jarohat orttirib oldi. Vaziyat shu darajaga keldiki, 11 taga yetmay qolgan chala tarkib Kastilya o‘spirinlari bilan to‘ldirildi. Chuqur pandemiya va iqtisodiy inqiroz paytida ham oqsoqlangan «Real»ni Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqqan murabbiyga to‘g‘risi, yetarli ehtirom ko‘rsatilmadi. Jamoa yakunda chempion «Atletiko»dan atigi 2 ochkoga ortda qoldi. Bu yerda bizningcha Zidanni umuman aybi yo‘q. Uning o‘rnida boshqa murabbiy bo‘lganida balki klubni bundan battarroq ahvolga olib kelardi, jarning eng tubiga tashlab qo‘yishi ham mumkin edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham tarkibda endi Zidan va Ramos nomlari yo‘q.

Yangi murabbiy yangi sardor va yangicha uslubda qaytadan jamoa quradi. El-klasiko uchun ham yangi avlodning qaynoq raqobati tufayli umidli nomlar ajralib chiqadi va bu albatta qiziq jarayon. Shuningdek, «Real»ni tark etganlar safida Varan nomi ham bor. Ko‘rinib turganidek, markaziy himoya zonasida kutilganidan ko‘proq adaptasiya jarayonlari kechsa ajab emas.

Shu o‘rinda jamoa transferini amalga oshirgan ba’zi xaridlarga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Xususan, birinchi galda bosh murabbiy Anchelottiga. Karlo ota hech bir madridlikka begona emas. Italiyalik mutaxassis «qaymoqrang» yigitlarni 2014 yilgi mavsumda Yevropada tengsiz qilgan edi. O‘shanda qo‘lga kiritilgan 10-ECHL tituli barcha muxlislar tomonidan ancha iliq kutib olinib, uzoq yillar yodda qoladigan bo‘ldi. Biroq Anchelottining qarashlari Zidannikidan tubdan farq qiladi. U rahbariyatga yirik transferlar va’jidan bahona tayyorlaydigan murabbiy emas. Albatta, bu yerda Zidanni bu xarkaterga ega demoqchi emasmiz, biroq Karloda yangi nomlarga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lmaydi. U o‘tgan mavsumdagi qurollardan yangi mavsumda ham samarali foydalanishni niyat qilgan. U markaziy himoya zonasida birgina Alabaning transferini yetarli deb hisobladi. Shuningdek, ijaradagi Garet Beyl va Martin Edegorlarni ham ortga qaytardi. Xullas, biz Anchelottidan eski tarkib bilan ham kutilmagan syurprizlar kutishimiz mumkin. Borgan sari ochilib kelayotgan Benzemadan murabbiyning umidi katta. Uning zimmasida endi nafaqat La Liga to‘purarligi, balki uzoq kutilgan YECHL sovrini uchun ham mas’uliyat turibdi. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

«Atletiko» Madrid

«Atletiko»dan doim ham mukammal kutilmalarni talab qilish xato bo‘ladi. Jamoa tejamkor va tajribali murabbiy orqali eng maksimal natijalarga erishishni o‘z oldiga qo‘yadi. Shu sababli yuqoridagi ikki «tagi bor» klublarga qaraganda bu jamoaning nazariy imkoniyatlarini tahlil va taxmin qilish mushkul emas. Buning ustiga bu yil ham tarkibda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmadi. Transferlar xususida to‘xtalsak, birgina o‘sha 35 millionga xarid qilingan Rodrigo de Paul haqida gapirish mumkin xolos. Darhaqiqat, De Paul o‘tgan mavsum A Seriyani super tempda o‘tkazdi. 27 yoshli hujumchi mavsum davomida 9 gol va 12 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. O‘rtamiyona darajadagi «Udineze» uchun bu yomon natija emas albatta. Rodrigo hozir faoliyatining o‘rta qismidan o‘tib boryapti. Endi u o‘zini yanada sayqallashi uchun «Atletiko» eng optimal variant. Mussa Dembele hamda Lukas Torreyralarning ham taqdiri hal bo‘lgan, Saulniki esa so‘roq ostida. Demak, yangi mavsumda Simeone katta ehtimol jamoani De Paul atrofida shakllantiradi. Uning Suares bilan tandemi «Real» va «Barselona»ga chempionlik yo‘lida haqiqiy boshog‘riq bo‘lishi turgan gap.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi.

Kiritildi: 18:32, 12.08.2021. O'qildi: 1639 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.