Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • 2:1
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 13.09.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 13.09.2025 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Neftchi
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Mash’al 21 21
13 Xorazm 20 19
14 Qo‘qon-1912 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro
21-тур Mash’al 2-1 Sho‘rtan

Navbatdagi o'yinlar.

12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3946 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1663 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo futbolini yaxshi bilgan Katanesning O‘zbekistondagi istiqboli qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ayni dam butun futbol ishqibozlarining e’tibori kuchli beshlik chempionatlarida start olgan qiziqarli uchrashuvlarga qaratilgan bo‘lsa ajab emas. Ammo yakuniga yetgan haftada o‘zbek futboli atrofida ham bir muhim voqelik sodir bo‘ldiki, unga to‘xtalmay iloj yo‘q. Nihoyat, muxlis va ekspertlar talabi ko‘rib chiqilib milliy terma jamoamiz bosh murabbiylik postiga xorijlik mutaxassis jalb etildi. O‘FA bergan bayonotga ko‘ra endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi sloveniyalik murabbiy Srechko Katenes qo‘l ostida faoliyat olib boradi. Manbaga ko‘ra hozircha mutaxassis bilan og‘zaki kelishuvga erishilgan. Uning termamiz safidagi dastlabki debyuti 5 sentyabr sanasida Shvesiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida amalga oshishi kutilmoqda.

Ushbu voqeadan so‘ng barcha muxlislar tomonidan turli xil savollar paydo bo‘la boshladi - Katanes o‘zi qay darajadagi murabbiy? U rahbariyat talab qilgan vazifalarga qanchalik tayyor? Uning o‘yin uslubi milliy futbolimizga mos keladimi, futbolchilarimizni sirtdan bo‘lsada qanchalik taniydi? Albatta, ayni dam bu kabi savollarning barchasi o‘rinli. Keling, dastlab o‘z taxminlarimizni bildirishdan avval Katanesning umumiy faoliyatiga oid ayrim jihatlarini yodga olamiz.

Qahramonimiz Yugoslaviyada 1963 yil 16 iyul kuni tug‘ilgan.
U futbolchilik faoliyatini mahalliy «Lyublyana» klubida boshlab, 1981-1988 yillar oralig‘ida «Olimpiya», «Dinamo» va «Partizan» klublarida faoliyat ishlagan. Keyinchalik bir muddat Bundesligaga ham ko‘chib o‘tgan Srechko 1988 yilda «Shtutgart» safida bir mavsum o‘ynaydi. Ushbu klub safida u UYEFA Kubogi finaliga chiqqan. Katanes bundan bir yil o‘tib Italiyaning «Sampdoriya» klubiga yo‘l oldi va bu jamoa safida u Italiya chempioniligini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga Kubok egalari kubogi g‘olibi ham bo‘lganini e’tirof etish joiz. 1991/1992 yilgi mavsumda Katanes «Sampdoriya» bilan birga Yevropa Chempionlar kubogiining finaligacha yetib bordi, biroq jamoa «Barselona» to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Srechkoning faoliyatiga nazar tashlasak u 1983-1990 yillar davomida Yugoslaviya terma jamoasi safida 31ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Katanes murabbiylik faoliyatini 1996 yildan boshlagan. U dastlab Sloveniya U-21 terma jamoasida ishlagan. Keyinroq mamlakat milliy terma jamoasidan taklif tushgan va 2000 yil Sloveniyani o‘z tarixida ilk bor Yevropa chempionatiga olib chiqqan. Ikki yildan so‘ng aynan Katanes qo‘l ostida Sloveniya o‘z tarixida birinchi marta Jahon chempionatida ham o‘ynadi. Biroq JCH Srechko uchun ancha muvaffaqiyatsiz yakunlandi. U mundialning uchala o‘yinida ham imkoniyatni boy berdi va natijada iste’foga chiqarildi.

Shundan so‘ng murabbiy «Olimpiakos» klubi va Makedoniya milliy terma jamoasida ham ishlagan. 2009 yildan esa Katanesga Osiyo qit’asidan taklif kelib tushdi. Unga BAA milliy terma jamoasi bosh murabbiyligi ishonib topshirildi. Arablar bilan Qatardagi Osiyo kubogi final bosqichiga chiqqan Katanes 2011 yil kuziga qadar shu yerda ishladi. Aynan OK-2011 saralashida Katanes ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi bilan to‘qnash kelgan. Toshkentda Katanes boshchiligidagi BAA esingizda bo‘lsa so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga zafar quchgandi. Arab diyoridagi safardan so‘ng qahramonimiz yana Sloveniya terma jamoasi boshqaruviga qaytdi. Biroq bu safargi natijalar qoniqarli tus olmadi. Sloveniya JCH-2014ga ham, Yevro-2016ga ham chiqa olmagach Katanes 2017 yil so‘nggida terma jamoani tark etdi. 2018 yilning 4 sentyabr kuni u Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va 2021 yil iyul oyiga qadar terma jamoani boshqardi. Iroq ushbu murabbiy qo‘l ostida Osiyo Kubogida nimchorak finalga qadar yetib borganidan xabaringiz bor.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ham bilish mumkinki, Katanes ayni pallada O‘zbekiston milliy terma jamoasi darajasiga mos tushadigan murabbiy. Albatta, bu bilan uni eng qimmat va tajribali mutaxassis deyish fikridan yiroqmiz. Biroq u Osiyo mavqeyi nuqtayi nazaridan qaralsa, anchagina o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shaxs. “Hamma ko‘rpasiga qarab oyoq uzatishi kerak“ degan qabilda bizning ham qurbimiz yetgan variant hozircha shu bo‘lib turganini unutmaslik kerak. Bu yerda albatta, asriy orzularimiz va muxlislarning uzluksiz qo‘yayotgan talablaridan kelib chiqib barcha vaziyat murabbiyning o‘zigagina bog‘liq bo‘lmaydi.

Qaysi tipdagi mutaxassis bo‘lishidan qat’i nazar avvalo rahbariyat uning ishlariga ortiqcha aralashmasligi talab etiladi. Zero, buni barcha anglab turibdi. Ayni pallada Jahon chempionati kvalifikasiyasining 3-bosqichiga ham o‘ta olmayotgan bir paytimizda mutasaddilar va rahbariyatdan biroz sabrliroq siyosatni kutib qolgan bo‘lardik. Jahon chempionati yoki Osiyo kubogi bahslari har yili o‘tkaziladigan musobaqalar emas. Bu yo‘lda to‘kilayotgan har bir ter, qilinayotgan jamiki mashqqatlar salmog‘ini tasavvur etish mushkul. Bu yerda hech kimga oson bo‘lmasligi aniq. Shunday ekan bir insonga ishonch bildirildimi, endi arqonni uzun tashlab ko‘rish ham kerak. Uning imkoniyatlariga chuqur yondashib fikrlar almashinilishi lozim. Bildirilayotgan ishonch esa qisqa muddatli bo‘lmasligi shart. Xo‘sh, u inson o‘z futboli bilan nima demoqchi va nimani isbotlay oladi? Qarichlari qayergacha borishi mumkin, potensialini namoyish etishga qulay muhit yaratib berildimi? Bularning barchasi aytilishidan oddiy, lekin amalda o‘ta jiddiy bo‘lgan savol va xulosalar. Biroq Kuper davrida bu kabi holatlarga zid prinsip yuritilgani ham barchaga sir emas. Ko‘p hollarda uning uslubi keskin qoralangan vaziyatlar ham bo‘ldi. Aslida u butun o‘yin sxemamizni bir boshidan isloh qilmoqchi edi. Tabiiyki, dastlabki ish himoya chizig‘idan boshlangan. Biroq oxirigacha yetmay qolgan missiyada argentinalik mutaxassis eski uslub tarafdori ekanlikda tanqid qilindi. Shu o‘rinda savol yuzaga keladi, bizning uslub aslida hujumkorlik tarafdorimi? - katta ehtimol shunday hamdir. Biroq buning samarasini barcha to‘liq shohidi bo‘ldi, ortiqcha izohga hojat yo‘q. Abramovning bir ikkita o‘rtamiyona jamoalar bilan bahslarda ko‘rsatgan hujumkor o‘yini bilan qo‘lga kiritilgan natijalarimiz deyarli ahamiyatsiz. Hujumkor futbol aslida hujumkor jamoalar bilan uchrashuvlarda sinovdan o‘tadi. Tepadan qaralganda juda oddiydek ko‘ringan ikkinchi saralashga qaytsak, u yerda bizga duch kelgan yagona jiddiy raqib Saudiya bilan o‘yinda bosh murabbiyning tanlagan va sodiq qolgan uslubi rosmana elakdan o‘tdi. Hatto Abramovning o‘zi ham qaysidir ma’noda kerakli futbolchilar rotasiyasi orqali baribir o‘sha himoyamizga e’tiborni oshirdi. Natijada biz xush ko‘rgan hujumkor futbol maydonda shunchaki yo‘q bo‘lib ketdi desak yangilishmaymiz.

Biz bu yerda Katanesning ushbu kamchiliklardan yiroq inson demoqchi emasmiz. Biroq u o‘zbek futboli bilan ancha tanish bo‘lgan shaxs. Biz bilan bo‘lgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan. Hatto biz uchun noqulay hisoblangan Eronni ham JCH saralashida mag‘lub etganini barcha ko‘rdi. Buning ustiga turli mutaxassislar tomonidan ham uning uslubida o‘ziga xos qat’iyat va jur’at borligi aytilmoqda. Bu albatta, hal qiluvchi bellashuvlarda biz uchun muhim faktor hisoblanadi. Iroq terma jamoasi safidan ketganining sababi ham katta ehtimol shunga bog‘liq. Katanes o‘ziga yaratib beriladigan qulay sharoit ichida yayrab ishlaydigan murabbiylar sirasidan. Uning va butun terma jamoaning hozircha eng yaqin bekati bir yarim yildan so‘ng start oladigan Osiyo chempionati musobaqasi bo‘lib turibdi. Biz esa yaqinlashib kelayotgan o‘rtoqlik va saralash bahslarida u va uning bo‘lajak shtabiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi.

Kiritildi: 19:43, 16.08.2021. O'qildi: 3199 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.